ANDIJON VILOYATI MARHAMAT TUMANI HOKIMINING
QARORI
Marhamat tumani hokimining 2026-yil 10-martdagi “Marhamat tumanida umumiy oʻrta taʼlim maktablariga mikrohududlarni biriktirish toʻgʻrisida”gi 34-1-24-Q/26-son qarori 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunlarining ijrosini hamda tumandagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga oʻquvchilarni qabul qilishni yanada takomillashtirish, aholi punktlarining hududiy joylashuvi, demografik oʻzgarishlar va taʼlim muassasalari quvvatidan oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Marhamat tumani hokimining 2026-yil 10-martdagi “Marhamat tumanida umumiy oʻrta taʼlim maktablariga mikrohududlarni biriktirish toʻgʻrisida”gi 34-1-24-Q/26-son qarori 1-ilovasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Qarorning 1-ilovasida:
a) 40-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga hamda 47-IDUMga biriktirilgan mikrohududlarning ayrim qismlari ushbu maktablardan chiqarilib, 2026-2027 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim maktabi sifatida faoliyat yuritishi rejalashtirilgan 44-, 45-umumiy oʻrta taʼlim maktablariga biriktirilsin;
b) 1-ilova yangi tahrirda ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Marhamat tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi:
a) mazkur qarorga muvofiq oʻquvchilarni hududiy prinsip asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish ishlarini tashkil etsin;
b) qaror mazmunini umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda mahallalar kesimida aholiga yetkazish choralarini koʻrsin.
4. Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Marhamat tumani boʻlimi:
tumandagi barcha mahalla fuqarolari yigʻinlari bilan hamkorlikda mazkur qaror mazmun-mohiyati haqida aholi oʻrtasida keng tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borsin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A. Maxamatov zimmasiga yuklatilsin.
Marhamat tumani hokimi I. UMRZAQOV
Andijon viloyati, Marhamat tumani,
2026-yil 30-iyul,
207-1-24-Q/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.