08.09.2026 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Serbiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ahdlashuv deklaratsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin savdo bitimi boʻyicha muzokaralar oʻtkazish imkoniyati yuzasidan Ishchi guruh tuzish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Serbiya Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda alohida “Ishtirokchi” va birgalikda “Ishtirokchilar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasida mavjud boʻlgan doʻstona munosabatlar va oʻzaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashni istab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish uchun asos sifatida savdo-iqtisodiy aloqalarning muhimligini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro savdoni liberallashtirish, jumladan, tarif va notarif toʻsiqlarni qisqartirish va bartaraf etish ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning kengayishiga hissa qoʻshishiga ishonch hosil qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Serbiya Respublikasi oʻrtasida erkin savdo rejimini oʻrnatish imkoniyatini oʻrganishni istab, quyidagi anglashuvga erishdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-paragraf
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqsad

Ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Serbiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida Erkin savdo bitimi (keyingi oʻrinlarda “Bitim” deb ataluvchi) boʻyicha muzokaralar oʻtkazish imkoniyatini koʻrib chiqish va oʻrganish maqsadida Qoʻshma ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda “Ishchi guruh” deb ataluvchi) tuzish niyatni bildiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim, xususan, quyidagi sohalarni qamrab olishi koʻzda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar savdosi, shu jumladan, tariflarni liberallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib chiqish qoidalari va bojxona tartib-taomillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdodagi texnik toʻsiqlar hamda sanitariya va fitosanitariya choralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo himoya choralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro kelishilgan hollarda xizmatlar savdosi va investitsiyalar; hamda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
institutsional, maʼmuriy va nizolarni hal etish qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi sohalar roʻyxati toʻliq hisoblanmaydi hamda Ishchi guruh faoliyati davomida Ishtirokchilarning oʻzaro roziligi bilan toʻldirilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-paragraf
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhning tarkibi va faoliyat tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Har bir Ishtirokchi mazkur Qoʻshma ahdlashuv deklaratsiyasi imzolangan sanadan boshlab oʻttiz (30) kun ichida diplomatik kanallar orqali Ishchi guruhdagi oʻz vakillarini tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Ishchi guruh Ishtirokchilar tomonidan oʻzaro kelishiladigan vaqt va joyda, navbatma-navbat Oʻzbekiston Respublikasi va Serbiya Respublikasida yoki oʻzaro kelishuvga koʻra videokonferensaloqa orqali muntazam ravishda yigʻiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Ishchi guruh zarur boʻlganda ikki davlatning boshqa tegishli davlat idoralari va muassasalari vakillarini oʻz majlislarida ishtirok etishga taklif qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-paragraf
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoʻshma ahdlashuv deklaratsiyasi maqsadlarini amalga oshirish uchun Ishchi guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar va xizmatlar boʻyicha muzokaralar tartibini muhokama qiladi va kelishib oladi; hamda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilar tomonidan koʻrib chiqilishi va maʼqullanishi uchun Bitim matnining qamrovi va koʻlamini kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyingi aloqa uchun masʼul shaxslarni belgilash orqali muzokaralarni tashkil etishni kelishib oladi; hamda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoʻshma ahdlashuv deklaratsiyasi maqsadiga oid axborot, tajriba va ilgʻor amaliyotlar bilan almashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-paragraf
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muloqot tili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti Ishtirokchilar tomonidan boshqacha qaror qabul qilinmasa, Ishtirokchilar muloqot tili sifatida ingliz tilidan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-paragraf
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti Ishtirokchilar tomonidan har bir aniq holatda boshqacha kelishilmagan boʻlsa, har bir Ishtirokchi mazkur Qoʻshma ahdlashuv deklaratsiyasi doirasida amalga oshiriladigan faoliyatdan kelib chiqadigan oʻz xarajatlarini oʻzi qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-paragraf
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxfiylik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh faoliyati davomida Ishtirokchi tomonidan olingan tijorat jihatdan nozik yoki maxfiy tavsifdagi har qanday axborot uni taqdim etgan Ishtirokchining oldindan yozma roziligisiz uchinchi tomonlarga oshkor qilinmaydi va qabul qiluvchi Ishtirokchi davlatining milliy qonunchiligiga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-paragraf
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoʻshma ahdlashuv deklaratsiyasini talqin qilish yoki qoʻllash bilan bogʻliq har qanday nizo Ishtirokchilar oʻrtasida maslahatlashuvlar va muzokaralar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-paragraf
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Mazkur Qoʻshma ahdlashuv deklaratsiyasi imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Mazkur Qoʻshma ahdlashuv deklaratsiyasiga Ishtirokchilarning oʻzaro yozma roziligi bilan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Oʻzgartirishlar mazkur paragrafning 1-bandida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Mazkur Qoʻshma ahdlashuv deklaratsiyasi har qanday Ishtirokchi tarafidan, koʻzda tutilgan tugatish sanasidan kamida olti (6) oy oldin boshqa Ishtirokchiga diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yuborish yoʻli bilan istalgan vaqtda tugatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Mazkur Qoʻshma ahdlashuv deklaratsiyasi xalqaro shartnoma hisoblanmaydi va xalqaro huquqqa muvofiq hech qanday huquq yoki majburiyatlar yuzaga keltirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgrad shahrida, 2026-yil 8-sentabrda, ikki asl nusxada, oʻzbek, serb va ingliz tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar teng autentikdir. Talqin qilishda har qanday tafovut yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matndan foydalaniladi.

(imzolar)