08.09.2026 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Serbiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anglashuv memorandumi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmatsevtika va biotexnologiya sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Serbiya Respublikasi Hukumati (keyingi oʻrinlarda “Ishtirokchilar” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar va kengayib borayotgan iqtisodiy hamkorlikni yanada tasdiqlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika ishlab chiqarish, biotexnologiya va tabiiy fanlarning aholi salomatligi, innovatsiya va barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun strategik ahamiyatini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalarini yaratish, ishlab chiqarish va tartibga solishni belgilovchi xalqaro standartlarni, shu jumladan, Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP), Yaxshi klinik amaliyot (GCP) va Yaxshi laboratoriya amaliyoti (GLP) tamoyillarini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikki mamlakatning farmatsevtika sanoati, tartibga soluvchi organlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikning oshib borayotgan salohiyatini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari, biotexnologiya mahsulotlari va tibbiy buyumlarni qoʻshma tadqiq etish, yaratish va ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi oʻzaro anglashuvga erishdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Maqsad va amal qilish doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Memorandumning maqsadi farmatsevtika, biotexnologiya va tibbiy texnologiyalar sohalarida Ishtirokchilar oʻrtasidagi hamkorlik uchun keng qamrovli asos yaratishdan iborat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Memorandum doirasidagi hamkorlik quyidagilarga qaratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika va biotexnologiya sohalarida qoʻshma tadqiqot, ishlanma va innovatsiyalarni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikki mamlakatda farmatsevtika sanoatining ishlab chiqarish quvvatlarini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika ishlab chiqarishda investitsiya va sanoat sherikligini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologiyalar transferi va ilmiy bilim almashinuviga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solish sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish va xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan sifat va xavfsizlik standartlariga muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Memorandum farmatsevtika va biotexnologiya sohalarida faoliyat yurituvchi vakolatli davlat organlari, tartibga soluvchi idoralar, ilmiy muassasalar, universitetlar va xususiy sektor subyektlari oʻrtasidagi hamkorlikka nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Memorandum doirasidagi hamkorlikni amalga oshirish Ishtirokchilarning milliy qonunchiligiga va amaldagi xalqaro majburiyatlariga, shuningdek, Serbiya Respublikasiga nisbatan Yevropa Ittifoqiga aʼzolik jarayonidan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishtirokchilar quyidagi ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni ragʻbatlantiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) dori vositalari, vaksinalar va biotexnologiyaga asoslangan terapiyalarni tadqiq etish va ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) generik dori vositalari, biosimilyarlar va biologik mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) tibbiy vositalar va diagnostika texnologiyalarini tadqiq etish va ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) farmatsevtika xomashyosi va faol farmatsevtika ingrediyentlari (API);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tibbiyot, aholi salomatligi va farmatsevtika ishlab chiqarilishida biotexnologiyaning qoʻllanilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishtirokchilar ilmiy va texnologik innovatsiyalarni ragʻbatlantirish maqsadida universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, biotexnologiya kompaniyalari va farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishtirokchilar, biotexnologiyaning rivojlanib borayotgan sohalarida, shu jumladan, genomik tibbiyot, shaxsga yoʻnaltirilgan tibbiyot va ilgʻor terapevtik texnologiyalarda ham hamkorlik qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Tartibga solish sohasidagi hamkorlik va sifat kafolati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishtirokchilar dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun ruxsat etish, ularni nazorat qilish va kuzatish uchun masʼul boʻlgan vakolatli tartibga soluvchi organlari oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday hamkorlik quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:

farmatsevtika qonunchiligiga oid tartibga solish axboroti va ilgʻor amaliyotlar almashinuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartib-taomillarida hamkorlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik monitoringi va farmakonazorat tizimlari boʻyicha maʼlumotlar almashinuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya sinovlari va sifat nazorati mexanizmlari boʻyicha hamkorlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishtirokchilar tartibga solish standartlarini xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan koʻrsatmalarga, shu jumladan, quyidagilarga muvofiqlashtirishni ragʻbatlantiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaxshi ishlab chiqarish (GMP);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaxshi klinik amaliyot (GCP);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaxshi laboratoriya amaliyoti (GLP);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning tegishli koʻrsatmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishtirokchilar quyidagi sohalarda hamkorlik mexanizmlarini yaratishni koʻrib chiqishlari mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika ishlab chiqarish obyektlarini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirish tartib-taomillari boʻyicha axborot almashinuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solish salohiyatini oshirishda oʻzaro yordam.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Klinik sinovlar va biotibbiy tadqiqotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishtirokchilar farmatsevtika va biotexnologiya mahsulotlariga oid biotibbiy tadqiqotlar va klinik sinovlar sohasidagi hamkorlikni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday hamkorlik quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaksinalar, biologik preparatlar va innovatsion terapiyalar boʻyicha qoʻshma tadqiqot loyihalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biosimilyar dori vositalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
epidemiologik va biotibbiy tadqiqotlarda hamkorlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Memorandum doirasida oʻtkaziladigan klinik sinovlar quyidagilarga muvofiq boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilarning milliy qonunchiligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan axloqiy standartlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinik tadqiqotlarga oid amaldagi xalqaro koʻrsatmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishtirokchilar yangi dori vositalarini yaratish va baholashga koʻmaklashish maqsadida shifoxonalar, ilmiy-tadqiqot institutlari va farmatsevtika kompaniyalari oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Sanoat hamkorligi va texnologiyalar transferi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishtirokchilar sanoat ishlab chiqarish quvvatlarini mustahkamlash maqsadida ikki mamlakatning farmatsevtika va biotexnologiya kompaniyalari oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday hamkorlik quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika va biotexnologiya mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun qoʻshma korxonalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika ishlab chiqarish obyektlarini qurish yoki modernizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika ishlab chiqarishga oid texnologiyalar va nou-xautransferi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishtirokchilar quyidagilarni ishlab chiqarishda hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
generik dori vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaksinalar va biologik mahsulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biosimilyarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy diagnostika uskunalari va biotexnologiya mahsulotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishtirokchilar sanoat sherikligiga tegishli mexanizmlar, shu jumladan, quyidagilar orqali koʻmaklashadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyaviy hamkorlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot muassasalari va sanoat korxonalari oʻrtasidagi hamkorlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnologiyalar transferi sohasidagi hamkorlik Ishtirokchilarning milliy qonunchiligi va tegishli xalqaro bitimlarga muvofiq intellektual mulk huquqlarini himoya qilishga rioya etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Taʼlim, kadrlar tayyorlash va salohiyatni oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilar farmatsevtika fanlari va biotexnologiya sohasida taʼlim va kasbiy tayyorgarlik boʻyicha hamkorlikni, shu jumladan, quyidagilarni ragʻbatlantiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotchilar, olimlar va ekspertlar almashinuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma akademik dasturlar va oʻquv kurslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solish boʻyicha mutaxassislar va laboratoriya xodimlari uchun amaliyot oʻtash va malaka oshirish dasturlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Moliyaviy masalalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Memorandum doirasidagi hamkorlik faoliyatini amalga oshirish Ishtirokchilarning milliy qonunchiligiga muvofiq va moliyaviy resurslar mavjudligiga bogʻliq holda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishtirokchilar mazkur Memorandum doirasida amalga oshiriladigan loyihalarda xalqaro tashkilotlar, taraqqiyot banklari va boshqa moliya institutlarining ishtirokini ragʻbatlantirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Maqomi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Memorandum faqat Ishtirokchilarning niyatlarini qayd etadi. U xalqaro shartnoma hisoblanmaydi va xalqaro yoki milliy huquqqa muvofiq hech qanday huquq yoki majburiyatlar yaratmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Memorandum Oʻzbekiston Respublikasi va Serbiya Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalar boʻyicha huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Memorandumni talqin qilish yoki amalga oshirishga oid har qanday nizo Ishtirokchilar oʻrtasida diplomatik kanallar orqali maslahatlashuvlar va muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Memorandumga Ishtirokchilarning oʻzaro yozma roziligi bilan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Oʻzgartirishlar mazkur Memorandumning 11-moddasida belgilangan tartibga muvofiq amal qila boshlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Amal qilishi, muddati va toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Memorandum imzolangan sanadan eʼtiboran amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Memorandum besh (5) yil davomida amalda boʻladi va, basharti Ishtirokchilardan biri uning amal qilish muddati tugashiga kamida olti oy oldin boshqa Ishtirokchini mazkur Memorandumni toʻxtatish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilmasa, oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatlarga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Memorandumning toʻxtatilishi uning doirasida boshlangan joriy loyihalarning amalga oshirilishiga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgrad shahrida, 2026-yil 8-sentabrda, ikki asl nusxada, oʻzbek, serb va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir. Talqin qilishda tafovut yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)