30.12.2025 yildagi VII-17-119-12-180-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI URGANCH SHAHAR KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Urganch shahri boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari uchun yer soligʻi stavkalarini, suv resurslaridan foydalanganlik uchun va noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) stavkalarini belgilash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 ва 437-moddalari, Urganch shahar soliq inspeksiyasining 2025-yil 9-dekabrdagi P-22068-sonli xati hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 ва 437-moddalari, Urganch shahar soliq inspeksiyasining 2025-yil 9-dekabrdagi P-22068-sonli xati rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahallalar iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab, 2026-yil 1-yanvardan yuridik va jismoniy shaxslar uchun belgilangan yer soligʻi bazaviy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,3 gacha qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yer soligʻining amaldagi stavkalari 1,27 baravarga indeksatsiya qilinishi inobatga olinsin hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari keyingi yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozi doirasidan kelib chiqqan holda kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllash maqsadga muvofiq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror “Yangi Urganch” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining 2025-yil 4-yanvardagi VII-4-1-12-180-K/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Sh.Xalimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi B. RADJAPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati, Urganch sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-17-119-12-180-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.