29.12.2025 yildagi VII-15-121-1-17-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Asaka tumani Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asaka tumanida 2026-yil uchun yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun bazaviy soliq stavkalarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412, 422, 429, 437 va 445-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-son Farmonining 1-bandiga hamda xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining 2025-yil 26-dekabrdagi VII-15-297-1-0-K/25-sonli “Andijon viloyati boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Asaka tuman soliq inspeksiyasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar” boʻyicha kiritgan takliflarini muhokama etib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Asaka tuman soliq inspeksiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 429 va 437-moddalariga asosan, Asaka tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soligʻi, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari tasdiqlash yuzasidan bergan 2025-yil 11-dekabr kunidagi 16-11851-sonli xati va xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining 2025-yil 26-dekabrdagi VII-15-297-1-0-K/25-sonli “Andijon viloyati boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash haqida”gi qarori asos uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman Kengashiga belgilangan yer soligʻi stavkalariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun, tuman hududida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish huquqi berilganligi alohida koʻrsatib oʻtilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asaka tumanida yuridik shaxslar uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkasi 1 gektar uchun mutlaq oʻlchamda 41 140 000 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi (bundan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar mustasno) bazaviy soliq stavkasi 1 kv.m. uchun mutlaq oʻlchamda 368, 05 soʻm miqdorida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2026-yil uchun Asaka tumani boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun ilovalarda koʻrsatilgan miqdorlar tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi I. Raximovga elektr uzatish liniyalari, umumdavlat aloqa liniyalari, umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, elektr taʼminoti qurilmalari, magistral neft va gaz quvurlari hamda shunga oʻxshash inshootlar band etgan yerlar uchun har bir mahalla uchun oʻrtacha soliq stavkasi asosida yer uchastkasi joylashgan joyidagi soliq organlari tomonidan belgilanishi va belgilangan muddatlarda soliq toʻlovchilarga yetkazilishini taʼminlash soʻralsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Asaka tuman hokimligi Asaka tumani soliq inspeksiyasi bilan birgalikda ilovalarga muvofiq soliq stavkalarini soliq toʻlovchilarga belgilangan muddatlarda yetkazilishini, soliq solish tartiblari hamda boshqa maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari Asaka tuman Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-2-015-1-17-K/24-sonli qarorining 4-5-ilovalari 2026-yil 1-yanvar kunidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror tuman hokimligi matbuot xizmatida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror bilan belgilangan soliq stavkalari 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Asaka tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi Q. QOSIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati, Asaka tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-15-121-1-17-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.