XALQ DEPUTATLARI ASAKA TUMANI KENGASHINING
Qarori
Xalq deputatlari Asaka tuman Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-15-121-1-17-K/25-sonli qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-15-121-1-17-K/25-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1-va 2-ilovalariga Asaka tumani soliq inspeksiyasining 2026-yil 06-yanvardagi 16-00019-sonli xatini inobatga olib, qaror ilovasiga oʻzgartirish kiritish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 8-yanvar kungi OʻRQ-457-sonli “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunining 59-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan, Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi I.Raximovning 2026-yil 06-yanvardagi 16-00019-sonli xati asos uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-15-121-1-17-K/25-sonli qarorining 1-va 2-ilovalari tegishli ravishda yangi tahrirdagi 1 va 2-ilovalarga oʻzgartirilsin.
3. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-15-121-1-17-K/25-sonli qarorning qolgan ilovalari oʻzgarishsiz qoldirilsin.
4. Mazkur qaror ijrosining nazorati Xalq deputatlari tuman Kengashi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi QOSIMOV QOBILJON QOSIMOVICH
Andijon viloyati, Asaka tumani,
2026-yil 7-yanvar,
VII-15-1-1-17-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.