07.08.2026 yildagi 137-4-209-Q/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QASHQADARYO VILOYATI SHAHRISABZ SHAHAR HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl belgilarini oʻrnatishga ruxsat berish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvarda “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-900-sonli Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi 377-son “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2022-yil 12-apreldagi 172-son “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Shahrisabz shahar, Sohibqiron mahallasidan oʻtuvchi mahalliy ahamiyatdagi 70V020 “Shahrisabz shahrini aylanib oʼtish” avtomobil yoʻlining 5 km, Shahrisabz davlat pedagogika instituti old qismidagi yoʻlda yoʻl-transport hodisalari va favqulodda vaziyatlar roʻy berishining oldini olish, yoʻl harakati xavfsizligini nazorat qilish, samaradorligini oshirish, yoʻllarni saqlash maqsadida Shahrisabz shahar Ichki ishlar boʻlimining 2026-yil 22-apreldagi 54-2876-sonli aloqa xatini koʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shahrisabz shahar Ichki ishlar boʻlimining 2026-yil 22-apreldagi 54-2876-sonli aloqa xati inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shahrisabz shahar, “Sohibqiron” MFY hududidan oʻtuvchi mahalliy ahamiyatdagi 70V020 “Shahrisabz shahrini aylanib oʻtish” avtomobil yoʻlining 5 kmda, Shahrisabz davlat pedagogika instituti roʻparasida yoʻlning oʻng va chap tomonida 2 dona “3.27. “Toʻxtash taqiqlangan” (Transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishi taqiqlanadi) va 2 dona 7.2.2 “Taʼsir oraligʻi” yoʻl belgilari oʻrnatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yoʻl belgisini oʻrnatish ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirish shahar Ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi D. Toshpulatov hamda tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi M. Xusanov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shahar hokimligi matbuot xizmati U. Normuradov mazkur qarorni hokimlikning rasmiy veb-saytida joylashtirilishi hamda qaror rasman kuchga kirishi bilan ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi N. Meyliyev, Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi D. Toshpulatov yuqorida qayd etilgan manzilda “3.27. “Toʻxtash taqiqlangan” (Transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishi taqiqlanadi) taqiqlovchi yoʻl belgisi oʻrnatilgach, ushbu yoʻl belgisiga qatʼiy rioya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari U. Abdusalimov va shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi N. Meyliyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahrisabz shahar hokimi SH. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 7-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137-4-209-Q/26-son