OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 17-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3943]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-sentabr,
32-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 17-sentabrdagi 32-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 2-martdagi 53-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2333, 2012-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatori 21.02.00.00 "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Prezident Administratsiyasi Rahbarining hujjatlari;
21.02.00.00 koddan keyin quyidagi kodlar bilan toʻldirilsin:
“21.02.01.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
21.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3686, 2025-yil 9-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 10/25/3686/0927-son) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarida:
1) 4-bandda:
birinchi xatboshi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari” degan soʻzlardan keyin “,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlariga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari,” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlariga,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 5-bandning uchinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari,” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 25-bandning ikkinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari” degan soʻzlardan keyin “,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 101-bandning uchinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari” degan soʻzlardan keyin “,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2026 y., 10/26/3943/0954-son)