14.08.2026 yildagi O‘RQ-1166-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 6-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 7-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining (bundan buyon matnda Administratsiya deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Administratsiya toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya toʻgʻrisidagi qonunchilik Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Konstitutsiyaviy Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Administratsiyaning huquqiy maqomi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshligʻi sifatida davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini va hamkorligini taʼminlashiga koʻmaklashadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlarini amalga oshirishni tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan taʼminlaydigan davlat organidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosi doirasida davlat organlarining va tashkilotlarining, davlat ishtirokidagi korxonalarning (bundan buyon matnda davlat organlari va tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtiradi, mazkur hujjatlarning ijrosini monitoring qiladi va nazoratini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va unga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya yuridik shaxs hisoblanadi, u Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Administratsiya faoliyatining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya faoliyatining asosiy prinsiplari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi, inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligi, xolislik, mustaqillik, ochiqlik hamda shaffoflikdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Administratsiyani shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Administratsiya Rahbari boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan asosiy yoʻnalishlar doirasida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Rahbari va uning shartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi, Administratsiya Rahbarining oʻrinbosarlari, Administratsiya Rahbari kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, ularning birinchi oʻrinbosarlari va oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakillari, Administratsiya tarkibiy boʻlinmalarining boshliqlari hamda ularning birinchi oʻrinbosarlari va oʻrinbosarlari Administratsiyaning mansabdor shaxslari (bundan buyon matnda Administratsiyaning mansabdor shaxslari deb yuritiladi) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya boshqaruv va xizmatchi xodimlarining lavozimlari roʻyxati Administratsiya toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat organlari va tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Administratsiya toʻgʻrisidagi nizom, Administratsiya huzuridagi davlat organlari va tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizomlar, Administratsiya tarkibiy boʻlinmalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va Administratsiya xodimlarining shtatlar jadvali Administratsiya Rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar, Administratsiya xodimlarining funksional vazifalari va Administratsiya tarkibiy boʻlinmalarining tuzilmalari Administratsiya tarkibiy boʻlinmalarining boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Administratsiyaning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining faoliyatini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi holatini tahlil qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan taʼminlash hamda yangi muhim tashabbuslarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda qonuniylikni va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquq va erkinliklariga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishini taʼminlashga hamda sud-huquq tizimini isloh qilishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, kuch ishlatishga vakolatli tuzilmalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita boʻysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari, mansabdor shaxslar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ichki va tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlari, Oʻzbekiston Respublikasining suverenitetini himoya qilish, uning xavfsizligini va hududiy yaxlitligini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq va toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni tashkil etish hamda xalq farovonligini yuksaltirish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilish huquqlari amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati vakillik organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishda ularning rolini kuchaytirishga qaratilgan samarali hamkorlikni tashkil etish, umummilliy hamjihatlikni mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona davlat kadrlar siyosati amalga oshirilishini va davlat xizmati ishlarining boshqarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Administratsiya huzuridagi davlat organlari va tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlarini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi maslahat-kengash organlarining faoliyatini tashkil etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muvofiqlashtirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik siyosati sohasidagi vakolatlari amalga oshirilishini tashkil etish va taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining inson huquqlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga rioya etilishining kafili sifatidagi, davlat suverenitetini, xavfsizligini va hududiy yaxlitligini taʼminlash vakolatlari amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini va hamkorligini taʼminlash boʻyicha vakolatlari amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xalqaro munosabatlar bilan bogʻliq faoliyatiga oid vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqi amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolik va siyosiy boshpana berish, amnistiya va sudlar tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etishga oid masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Administratsiya Rahbari farmoyishlari va topshiriqlarining ijro etilishini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Administratsiyaning faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Administratsiyaning asosiy vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi asosiy vakolatlarga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaga belgilangan tartibda kiritilgan qonunchilik hujjatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari loyihalarini yakuniy ishlab chiqishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Administratsiya Rahbarining farmoyishlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini mustaqil ravishda ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning dolzarb yoʻnalishlarini oʻrganish hamda takliflar ishlab chiqish uchun davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari, shu jumladan hokimlar boshchiligida ishchi komissiyalar va ishchi guruhlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur materiallar va maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan soʻrash hamda olish, shu jumladan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda doimiy asosda olish, barcha davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlaridan, maʼlumotlar bazalaridan, axborot-maʼlumot qaydlaridan, arxivlaridan, maʼlumotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimlaridan hamda boshqa axborot resurslaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita boʻysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Administratsiya huzuridagi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar hamda topshiriqlar berish, ularning bajarilishi va natijalari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarini, Administratsiya Rahbarining farmoyishlari va topshiriqlarini amalga oshirish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻrganish, shuningdek oʻrganish natijalari boʻyicha materiallarni aniqlangan qoidabuzarliklarni va kamchiliklarni bartaraf etish uchun ushbu davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlariga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari faoliyati samaradorligini, ular tomonidan qonunlarning va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Administratsiya Rahbari farmoyishlari va topshiriqlarining ijrosini taʼminlash holatini baholash, shuningdek bu borada oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun ushbu mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan masala yuzasidan tashabbus koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi va ularga biriktirilgan tarmoq (soha) boʻyicha aniq natijalarga erishishning borishini koʻrib chiqish hamda muhokama qilish maqsadida navbatdan tashqari hayʼatlarni (yigʻilishlarni) chaqirish yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-tahliliy materiallarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash doirasida davlat organlari va tashkilotlarining, shuningdek boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini va mutaxassislarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini tashkil etish hamda qonunchilik hujjatlari bilan ushbu tuzilmalar zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ular tomonidan amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaga ishga qabul qilish uchun nomzodlarni davlat organlaridan va tashkilotlaridan mustaqil ravishda tanlab olishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning Administratsiyaga kelib tushadigan murojaatlari koʻrib chiqilishini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi tomonidan koʻrib chiqilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan mukofotlash, koʻkrak nishonlari bilan taqdirlash uchun nomzodlarning oʻrganilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini taʼminlash sohasidagi davlat sirlarini tashkil etuvchi arxiv maʼlumotlarini hamda boshqa maʼlumotlarni saqlash, rasmiylashtirish, ulardan foydalanish va ularni berishning alohida tartibini belgilash, zarur axborot tizimlarini yaratish, shuningdek maxfiylik rejimini mustaqil ravishda taʼminlash, unga rioya etilishini nazorat qilish hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarning talablari bajarilishini tekshirish tadbirlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Administratsiya Rahbarining huquqiy maqomi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning faoliyati mazkur Konstitutsiyaviy Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Administratsiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarga va asosiy yoʻnalishlarga muvofiq Administratsiya Rahbari tomonidan tashkil etiladi hamda muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlarini, shu jumladan davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini va hamkorligini taʼminlashga oid vakolatlarini amalga oshirishni tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan taʼminlashni tashkil etish uchun masʼul mansabdor shaxs hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Administratsiya Rahbarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Rahbari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshligʻi sifatida davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini taʼminlashga oid faoliyatini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan taʼminlashga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muvofiqlashtiruvida Administratsiya faoliyatiga rahbarlik qiladi, Administratsiya tarkibiy boʻlinmalarining tizimli faoliyatini taʼminlaydi, Administratsiyaning faoliyatini tashkil etishga doir farmoyishlar chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning tashkiliy tuzilmasiga qoʻshimcha shtat birliklarini kiritadi va qisqartiradi, tegishli sohalar va tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha loyiha ofislarini tashkil etadi hamda tugatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari (bundan buyon matnda Oliy Majlis palatalari deb yuritiladi), sud hokimiyati hamda sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorligini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan taʼminlash choralarini koʻradi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar hamda kuch ishlatishga vakolatli tuzilmalar faoliyatiga oid vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlash choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita boʻysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari faoliyatini nazorat qiladi, muvofiqlashtiradi hamda uning natijadorligini baholashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita boʻysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga oʻz vakolatlari doirasida topshiriqlar beradi hamda ularning ijrosini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti uchun axborot-tahliliy va tashkiliy materiallarni tayyorlashni tashkil etadi, jamiyat va davlat hayoti uchun muhim boʻlgan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tahliliy axborot kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengash organlari faoliyatini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik tashabbusi huquqlari amalga oshirilishini taʼminlash choralarini koʻradi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy tusdagi va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlashni muvofiqlashtiradi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan qonun loyihalarini Oliy Majlis palatalarida koʻrib chiqish jarayonlarida oʻz vakillari orqali ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida maʼmuriy islohotlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, shuningdek davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishishi talab etiladigan masalalarni koʻrib chiqishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtiradi va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holatini monitoring qiladi, shuningdek hududlarni rivojlantirishdagi tizimli muammolarni hal etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarini qabul qiladi, ularni lozim darajada bajarmagan mansabdor shaxslarga nisbatan lavozimdan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy taʼsir choralarini qoʻllashni tashkil etadi, ushbu masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari uchun asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari tizimining joriy etilishiga va amal qilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalarining huquqiy, moliyaviy, korrupsiyaga qarshi hamda boshqa turdagi ekspertizalarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga kelib tushgan murojaatlariga oid masalalar bilan bogʻliq ishlarning, shuningdek davlat siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha jamoatchilik fikri monitoringining amalga oshirilishini, aholi va tadbirkorlik subyektlarining dolzarb muammolari oʻrganilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga koʻra mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti manfaatlarini ifoda etadi, xalqaro muzokaralar va tadbirlarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning davlat organlari va tashkilotlari bilan bogʻliq faoliyatini tartibga solishga hamda bu borada ularning faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjat tusiga ega farmoyishlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha hamda ushbu lavozimdagi rahbarlarni ozod etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslarini lavozimga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi, shuningdek davlat kadrlar siyosati amalga oshirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan masalalar boʻyicha xalqaro majburiyatlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartib asosida davlat organlari va tashkilotlarida komplayens nazorati xizmati tuzilmalarini, shuningdek ular rahbarlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari (maslahatchi) lavozimlarini joriy etadi va tugatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya majlislarida raislik qiladi, ularda koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan topshiriqlarning bayonnomalarini imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning mansabdor shaxslarini, boshqaruv va xizmatchi xodimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda xorijiy davlatlarga xizmat safarlariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Rahbari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Rahbari oʻziga taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, takliflar tayyorlashda, Administratsiya Rahbarining topshiriqlari amalga oshirilishini tashkil etish va ijrosini nazorat qilib borishda, Administratsiya faoliyatining markazlashgan holda boshqarilishini taʼminlashda hamda boshqa vazifalarni amalga oshirishda koʻmaklashish uchun shartnoma asosida mustaqil maslahatchilarni jalb qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Administratsiyaning tarkibiy boʻlinmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Rahbarining kotibiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qabulxonasi, Administratsiya Rahbarining oʻrinbosarlari boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari va vakillari boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti protokoli, Administratsiya departamentlari, Komplayens xizmati, Ishlar boshqarmasi va Administratsiyaning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi boshqa boʻlinmalar Administratsiyaning tarkibiy boʻlinmalaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya tarkibiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari, faoliyati yoʻnalishlari va ish tartibi Administratsiya Rahbari tomonidan tasdiqlanadigan Administratsiya toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya tarkibiy boʻlinmalarining maqsadli ish faoliyati har yili Administratsiya Rahbari tomonidan tasdiqlanadigan hamda Administratsiyaning tarkibiy boʻlinmalari uchun choraklik, yarim yillik va yillik amaliy natijalarni oʻzida aks ettiradigan Administratsiyaning faoliyat dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyada ish yuritish Administratsiya Rahbari tomonidan tasdiqlanadigan Hujjatlar bilan ishlash qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Administratsiya huzurida tegishli sohalar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Administratsiyaning mansabdor shaxslarini, boshqaruv va xizmatchi xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi, Administratsiya Rahbarining oʻrinbosarlari, Administratsiya Rahbari kotibiyatining mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakillari, Administratsiyaning boshqa tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hamda ularning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartib asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining birinchi oʻrinbosarini va oʻrinbosarlarini hamda Administratsiya tarkibiy boʻlinmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarini va oʻrinbosarlarini, Komplayens xizmati boshligʻini, Kanselyariya mudirini hamda Administratsiyaning boshqaruv va xizmatchi xodimlarini, shuningdek Administratsiya huzuridagi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarini hamda ularning oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Administratsiya Rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning mansabdor shaxslariga, boshqaruv va xizmatchi xodimlariga Administratsiya reglamentida belgilangan tartibda xizmat guvohnomasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat guvohnomasi xodimning Administratsiyaga mansubligini, uning shaxsini va lavozimini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat guvohnomasi Administratsiya xodimining ushbu Konstitutsiyaviy Qonunda koʻrsatilgan huquqlarga ega ekanligini va vakolatlardan foydalanishini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya huzuridagi davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ushbu tashkilotlar rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Rahbari bilan kelishilgan holda Administratsiya huzuridagi davlat organlari va tashkilotlaridagi lavozimlarga tayinlangan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning, harbiy boʻlinmalarning harbiy xizmatchilari (xodimlari) ushbu idoralarda harbiy xizmatda qoldirilishi (kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritilishi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Administratsiya hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlari va tashabbuslari ijrosini tashkil etish maqsadida, shuningdek Administratsiya Rahbarining vakolatlariga oid masalalar boʻyicha va qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan farmoyishlar yoki topshiriqlar chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Rahbarining farmoyishlari, agar ularning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiya Rahbarining farmoyishlari va topshiriqlarini toʻxtatib turishi, bekor qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Rahbari oʻzi qabul qilgan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratni bevosita, Administratsiya tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari yoki respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari orqali amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Rahbarining farmoyishlari va topshiriqlarini ishlab chiqish, kelishish va Administratsiya Rahbariga imzolash uchun kiritish hamda Administratsiya Rahbarining farmoyishlarini eʼlon qilish tartibi Administratsiyaning reglamentida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining ijrosini tashkil etish hamda monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalari qonunchilik hujjatlarining ijrosi yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Administratsiya Rahbarining topshirigʻiga koʻra, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining tashabbusi boʻyicha, ushbu organlar va tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalarini mustaqil ravishda ishlab chiqishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalarini tayyorlash, koʻrib chiqish, imzolash hamda eʼlon qilish Administratsiyaning reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalarini vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqish, kelishish hamda Administratsiyaga kiritish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish, nazorat qilish hamda bajarish yuzasidan ijro intizomining holatini tizimli ravishda va tanqidiy jihatdan tahlil qilish qonunchilik hujjatlariga hamda Administratsiyaning reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Administratsiya Rahbari farmoyishlari va topshiriqlarining ijrosini taʼminlash boʻyicha ishlarni bevosita nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish maqsadida Administratsiya Rahbari barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik muassasalarida Administratsiya Rahbarining vakili lavozimini zaruratga koʻra joriy etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Rahbarining vakillari Administratsiya Rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, kuch ishlatishga vakolatli tuzilmalar hamda harbiy tuzilmalar, shuningdek tashqi ishlar siyosati uchun masʼul idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi tarkibiga kiritiladi hamda mazkur kengash ularning asosiy faoliyatini maqsadli boshqaruvchi va uygʻunlikdagi hamkorligini taʼminlovchi oliy muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining raisi hisoblanadi hamda unga boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi raisining oʻrinbosari hisoblanadi hamda ushbu kengash aʼzolarining faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining ishchi organi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qurolli Kuchlarga, mudofaaga, safarbarlikka, xavfsizlikka va favqulodda vaziyatlarga oid konstitutsiyaviy vakolatlarini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ustuvor yoki strategik deb belgilangan investitsiya, infratuzilma, sanoat, energetika, transport boʻyicha loyihalarning, ijtimoiy va boshqa loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, monitoring va nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ustuvor yoki strategik deb belgilangan investitsiya, infratuzilma, sanoat, energetika, transport boʻyicha loyihalarning, ijtimoiy va boshqa loyihalarning oʻz vaqtida, sifatli hamda natijali tarzda amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi, monitoring va nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ustuvor yoki strategik deb belgilangan investitsiya, infratuzilma, sanoat, energetika, transport boʻyicha loyihalarning, ijtimoiy va boshqa loyihalarning roʻyxati, ularning maqsadli koʻrsatkichlari, asosiy bosqichlari hamda yakuniy muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, qarorlariga, farmoyishlariga yoki topshirigʻiga asosan Administratsiya Rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Administratsiyaning Oliy Majlis palatalari bilan hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Oliy Majlis palatalari bilan hamkorlik doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis palatalari bilan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha doimiy muloqotni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik tashabbusi huquqi amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis palatalariga kiritiladigan dasturiy hujjatlarni va boshqa masalalarni tayyorlashni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishliligi boʻyicha Oliy Majlis palatalariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdim etadigan lavozimlarga nomzodlar hamda boshqa masalalar boʻyicha vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuborilgan qonunlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun taqdim etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qonunni oʻz eʼtirozlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga oid huquqi amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning Oliy Majlis palatalari bilan hamkorligi qonunchilik hujjatlarida va Administratsiyaning reglamentida nazarda tutilgan boshqa masalalar boʻyicha ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Administratsiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning boʻysunuvidagi davlat organlari hamda tashkilotlari bilan aloqalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi) va uning boʻysunuvidagi davlat organlari hamda tashkilotlari bilan aloqalari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining ijrosini tashkil etish doirasida Vazirlar Mahkamasi hamda uning boʻysunuvidagi davlat organlari va tashkilotlarining idoralararo hamkorligini muvofiqlashtiradi, mazkur hujjatlarning ijrosini monitoring qiladi va nazoratini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga murojaatnomasida bayon etilgan topshiriqlarning Vazirlar Mahkamasi va uning boʻysunuvidagi davlat organlari hamda tashkilotlari tomonidan samarali ijro etilishini taʼminlash chora-tadbirlarining monitoringini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish, ularning rahbarlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hujjatlarini toʻxtatish, bekor qilish boʻyicha vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy rivojlanish strategiyalari, davlat dasturlari va milliy loyihalarning respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshirilishi boʻyicha monitoringni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning boʻysunuvidagi davlat organlari hamda tashkilotlari faoliyati samaradorligini tahlil qilishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga oid yigʻilishlar va muhokamalarning tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan kadrlar siyosatiga oid takliflarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdim etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Rahbari yoki Administratsiyaning vakolat berilgan mansabdor shaxsi Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati, komissiyalari, kengashlari, davlat organlari va tashkilotlarining hayʼatlari hamda boshqa kollegial organlari majlislarida oʻz fikr va mulohazalari bilan ishtirok etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning Vazirlar Mahkamasi bilan aloqalari qonunchilik hujjatlarida va Administratsiyaning reglamentida nazarda tutilgan boshqa masalalar boʻyicha ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Administratsiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan aloqalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash hamda davlat siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi faoliyatiga koʻmaklashadi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyatini muvofiqlashtiradi, monitoring va nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining hududlarda ijro etilishi yuzasidan monitoringni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlash hamda lavozimidan ozod etish, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, qonunlarini buzgan yoki hokimning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan xatti-harakatlar sodir etgan tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod etish, hokimlarning hujjatlarini toʻxtatish, bekor qilish boʻyicha vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatini monitoring qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning iqtisodiy, ijtimoiy, infratuzilmaviy va ekologik rivojlanish holati, aholining turmush darajasi hamda hududlar oʻrtasidagi tafovutlar tizimli ravishda tahlil qilinishini taʼminlaydi, aniqlangan muammolarning yechimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir tashriflari, yigʻilishlari va qarorlarini tayyorlashni, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi hamkorlikni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyatiga oid vakolatlarini tashkil etish hamda taʼminlashga oid boshqa masalalar qonunchilik hujjatlarida va Administratsiyaning reglamentida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Administratsiyaning sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hamkorlikka oid masalalar boʻyicha takliflar va tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorligiga oid vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-huquq sohasidagi islohotlarni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tizimini isloh qilishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar va sudyalar hamjamiyati organlari faoliyati uchun zarur tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlarni yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa masalalar boʻyicha ham sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlikni amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Administratsiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita boʻysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari bilan aloqalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita boʻysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlarining, mansabdor shaxslarning faoliyatini qonunchilik hujjatlariga binoan muvofiqlashtirish va uning natijadorligini baholashni tashkil etish Administratsiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita boʻysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlarining, mansabdor shaxslarning faoliyatini muvofiqlashtirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita boʻysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlarining, mansabdor shaxslarning faoliyati samaradorligini tahlil qiladi, sohalarga oid davlat siyosatini amalga oshirish monitoringini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita boʻysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqadi, ularning faoliyatini baholaydi va uning samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita boʻysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlarining, mansabdor shaxslarning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita boʻysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlarining, mansabdor shaxslarning faoliyatini qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Administratsiyaning davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari bilan aloqalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, manfaatlar toʻqnashuvining hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish choralarini kuchaytirish maqsadida tashkil etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati Administratsiyaning Komplayens xizmati tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosarlari (maslahatchilari) Administratsiya Rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda ular oʻz faoliyati davomida Administratsiyaning vakili maqomiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya Komplayens xizmatining davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari bilan aloqalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Administratsiyaning mansabdor shaxslari, boshqaruv va xizmatchi xodimlari faoliyatining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Administratsiyaning mansabdor shaxslarini, boshqaruv va xizmatchi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya mansabdor shaxslarining, boshqaruv va xizmatchi xodimlarining ish haqi lavozim maoshidan hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning mansabdor shaxslarini, boshqaruv va xizmatchi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Administratsiya mansabdor shaxslarining, boshqaruv va xizmatchi xodimlarining ijtimoiy taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning mansabdor shaxslariga, boshqaruv va xizmatchi xodimlariga haq toʻlanadigan yillik taʼtillar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning ishlash uchun boshqa hududlardan taklif qilingan hamda Toshkent shahrida uy-joyga ega boʻlmagan mansabdor shaxslariga, boshqaruv va xizmatchi xodimlariga lavozimda boʻlish vaqtida zaruratga koʻra, ularning arizasiga binoan xizmat uy-joyi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning mansabdor shaxslarini, boshqaruv va xizmatchi xodimlarini ijtimoiy himoya qilish tizimi kafolatlangan tibbiy yordamdan hamda sanatoriy-sogʻlomlashtirish xizmatlaridan ushbu mansabdor shaxslar, xodimlar va ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, farzandlari va ota-onasi) tomonidan foydalanish hamda boshqa ijtimoiy yordam koʻrsatish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning mansabdor shaxslari, boshqaruv va xizmatchi xodimlari uchun avvalgi ish joyida berilgan harbiy va maxsus unvonlar (martaba (malaka) darajalari, malaka toifalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun berilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya mansabdor shaxslarining, boshqaruv va xizmatchi xodimlarining Administratsiyadagi uzoq muddatli xizmatlari uchun qoʻshimcha ustamalar belgilashda ularning boshqa organlar, tashkilotlar va muassasalardagi ish staji (xizmat davri) inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning mansabdor shaxslari, boshqaruv va xizmatchi xodimlari avvalgi ish joyi boʻyicha xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya choralaridan Administratsiya tarkibiy boʻlinmalarida amalda boʻlgan mehnat sharoitlari hisobga olingan holda hamda lavozim maoshi va boshqa toʻlovlar miqdorlari saqlangan holda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning tarkibiy boʻlinmalarida ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni (martaba (malaka) darajalarini, malaka toifalarini, diplomatik darajalarni va boshqalarni) olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq Administratsiyaning mansabdor shaxslari, boshqaruv va xizmatchi xodimlari uchun qoʻshimcha ijtimoiy taʼminot choralari belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Administratsiyaning mansabdor shaxslarini va boshqaruv xodimlarini huquqiy jihatdan himoya qilish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning mansabdor shaxslari va boshqaruv xodimlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi chogʻida davlat himoyasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya mansabdor shaxslarining va boshqaruv xodimlarining oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishiga monelik qilish, ularning shaʼni va qadr-qimmatini haqorat qilish, ularga nisbatan tahdid yoki zoʻrlik qilish, oʻz faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan ularning hayotiga, sogʻligʻiga va mol-mulkiga tajovuz qilish qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning mansabdor shaxslariga va ularning oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻiga, farzandlariga va ota-onasiga) umrbod, Administratsiyaning boshqaruv xodimlariga Administratsiyadagi faoliyati davriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda biometrik diplomatik pasportlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning mansabdor shaxslari va boshqaruv xodimlari hamda ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, farzandlari va ota-onasi) xavfsizligini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Administratsiya mansabdor shaxslarining va boshqaruv xodimlarining daxlsizlik kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning mansabdor shaxslari va boshqaruv xodimlari daxlsizlikka hamda immunitetga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya mansabdor shaxslarining va boshqaruv xodimlarining daxlsizligi ularning va ular oila aʼzolarining (turmush oʻrtogʻining, farzandlarining va ota-onasining) shaxsiy hayotiga, turar joyiga, xizmat xonasiga, ular foydalanadigan shaxsiy va xizmat transport vositasiga hamda aloqa va kommunikatsiya vositasiga, xat-xabarlariga, yozishmalariga, elektron maʼlumotlariga, ularga tegishli ashyolar va hujjatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatishga, ularni jinoiy javobgarlikka tortishga, ularning huquqlari va erkinliklarini cheklaydigan boshqa har qanday protsessual majburlov choralarini qoʻllashga, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishga, surishtiruv, tergov harakatlari oʻtkazishga yoki maʼmuriy qamoq jazo chorasini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning boshqaruv xodimlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish hamda vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holda qabul qilgan qarorlari, sodir etgan harakatlari yoki harakatsizligi, bildirgan fikrlari va bergan koʻrsatmalari uchun jinoiy, maʼmuriy yoki fuqaroviy javobgarlikka tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyada oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish hamda vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakat yoki harakatsizlik uchun Administratsiyaning boshqaruv xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligisiz jinoyat ishini qoʻzgʻatish, ularni jinoiy javobgarlikka tortish, ularning huquqlari va erkinliklarini cheklaydigan boshqa har qanday protsessual majburlov choralarini qoʻllash, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, surishtiruv, tergov harakatlari oʻtkazish yoki sud tartibida maʼmuriy jazo va huquqiy taʼsir choralarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning boshqaruv xodimi Administratsiyada ishlab turganida va (yoki) ishdan boʻshatilganidan keyin unga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning boshqaruv xodimiga nisbatan Administratsiyada ishlab turganida va (yoki) ishdan boʻshatilganidan keyin qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning mansabdor shaxslari, boshqaruv va xizmatchi xodimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari tomonidan maxfiylik asosida hamkorlikka jalb qilinishi, shu jumladan Administratsiyadan boʻshatilganidan keyin ham jalb qilinishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning mansabdor shaxslari ushbu Konstitutsiyaviy Qonunda belgilangan daxlsizlik va immunitetni Administratsiyadan boʻshatilganidan keyin umrbod, boshqaruv xodimlari esa Administratsiyadan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada belgilangan qoidalarni buzgan holda olingan dalillar qonun hujjatlarini buzgan holda olingan deb hisoblanadi va nomaqbul dalillar deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlariga ushbu moddada nazarda tutilgan daxlsizlikka oid qoidalarni bekor qilishga, ogʻirlashtirishga yoki daxlsizlik qoʻllaniladigan shaxslarning holatini yomonlashtirishga olib keladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda, bunday oʻzgartirishlar Administratsiyaning ushbu Konstitutsiyaviy Qonunda belgilangan qoidalar qoʻllaniladigan mansabdor shaxslariga va boshqaruv xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, shu jumladan ular Administratsiyadan boʻshatilganidan keyin ham tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Administratsiyaning mansabdor shaxslarini va boshqaruv xodimlarini ishga joylashtirish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning mansabdor shaxslari va boshqaruv xodimlari Administratsiyadagi lavozimidan ozod etilgan hollarda ularga Administratsiyaga ishga kelguniga qadar egallab turgan avvalgi lavozimidan kamida bir pogʻona yuqori darajadagi lavozim beriladi, avvalgi lavozimidan yuqori lavozim mavjud (boʻsh) boʻlmaganda esa avvalgi lavozimiga teng lavozimi yoki ularning mutaxassisligi hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va tashkilotlaridagi kamida bir pogʻona yuqori yoki teng darajadagi lavozim birinchi navbatda beriladi, bundan saylanadigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari bilan tayinlanadigan lavozimlardan Administratsiyaga ishga oʻtganlik, mehnat intizomini buzganlik uchun ishdan boʻshatilish hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Administratsiyaning faoliyatini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari, shuningdek qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyada budjetdan tashqari jamgʻarmalar tuzilishi mumkin, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantiriladigan xizmat uy-joy fondiga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun axborot-kommunikatsiya tizimlarini va axborot bazalarini, shuningdek axborotning himoya vositalarini, shu jumladan kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqadi, yaratadi hamda ulardan foydalanadi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va tashkilotlarining shu kabi tizimlaridan va axborot bazalaridan Administratsiya ishini samarali ravishda amalga oshirish maqsadida, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Administratsiyada maʼlumotlarni himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyada davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishi, shu jumladan kriptografik vositalarni qoʻllagan holda texnik jihatdan himoya qilinishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyada maxfiy ish yuritish davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Bunda Administratsiyada maxfiylik rejimini taʼminlash, unga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablarini bajarish yuzasidan tekshirish tadbirlarini oʻtkazish Administratsiyaning Komplayens xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Administratsiyaning hujjatlari ustidan, Administratsiya mansabdor shaxslarining, boshqaruv va xizmatchi xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiyaning hujjatlari ustidan, Administratsiya mansabdor shaxslarining, boshqaruv va xizmatchi xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Administratsiya toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Administratsiya toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 4-modda, № 11, 792-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 9, 537-modda; 2021-yil, № 1, 3, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 12, 1198-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 6, 570, 577-moddalar, № 10, 984-modda; 2023-yil, № 1, 2-modda, № 10, 794-modda, № 12, 1003-modda; 2024-yil, № 8, 823-modda, № 10, 1075-modda; 2026-yil, № 4, 365-modda) 21-moddasining toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishilgan holda” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 166-modda, № 5, 267-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 215-modda; 2026-yil, № 6, 625-modda) 10-moddasining ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda lavozimga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-344-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 335-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 506-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 12, 689-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 6, 524-modda; 2024-yil, № 3, 244-modda) 17-moddasining ikkinchi qismi “sudyalar” degan soʻzdan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining xodimlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-407-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 466-modda, № 6, 570-modda, № 10, 984-modda; 2023-yil, № 7, 537-modda; 2024-yil, № 3, 244-modda, № 9, 958, 964-moddalar, № 11, 1291-modda; 2025-yil, № 12, 1329-modda; 2026-yil, № 1, 2-modda, № 4, 355-modda, № 5, 499-modda) 14-moddasining ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-aprelda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-682-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 288-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 8, 788-modda, № 10, 983-modda; 2023-yil, № 8, 629-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda, № 9, 955-modda, № 10, 1075, 1076-moddalar; 2025-yil, № 4, 516-modda; 2026-yil, № 3, 256-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi mazmundagi 121-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari asosida hamda ularning ijrosini, Administratsiyaning faoliyatini samarali tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan farmoyishlar qabul qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 16-moddaning uchinchi qismi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha yettinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 25-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-982-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 10, 1081-modda; 2025-yil, № 12, 1327-modda; 2026-yil, № 4, 365-modda) 20-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi — oʻn uchinchi qismlar tegishincha toʻqqizinchi — oʻn toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Qonunchilikni ushbu Konstitutsiyaviy Qonunga muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Konstitutsiyaviy Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Konstitutsiyaviy Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1166-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1166/0842-son)