17.09.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3942
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 17-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3942]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. TASHKULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 17-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 17-sentabrdagi 31-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-apreldagi 224/8-son qarori (roʻyxat raqami 2793, 2016-yil 3-iyun) bilan tasdiqlangan Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandi “d” kichik bandidan “(Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari yoki vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlarida)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 18-iyundagi 13-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3311, 2021-yil 19-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 10/21/3311/0577-son) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qoidalarining 7-bandi quyidagi “v1” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 29-iyuldagi 17-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3545, 2024-yil 6-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 10/24/3545/0590-son) bilan tasdiqlangan Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalarining 20-bandi ikkinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari” degan soʻzlardan keyin “,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 17-sentabrdagi 523-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3682, 2025-yil 30-sentabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 10/25/3682/0885-son) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlardan readmissiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga istisno holatlarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirib berish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 6-bandning oltinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining” degan soʻzlardan keyin “farmoyishlari hamda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 7-bandning oltinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining” degan soʻzlardan keyin “farmoyishlari hamda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 28-martdagi 84-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3829, 2026-yil 6-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026 y., 10/26/3829/0468-son) bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning 1-bandi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari” degan soʻzlardan keyin “,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2026 y., 10/26/3942/0953-son)