XALQ DEPUTATLARI IZBOSKAN TUMANI KENGASHINING
Qarori
Xalq deputatlari Izboskan tuman Kengashining 2025 yil 30 dekabr “VII-10-113-1-22-K/25-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarorini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida
Xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashining 2025 yil 30 dekabr VII-10-113-1-22-K/25-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1-ilovasiga Oʻzbekiston yespublikasi Soliq kodeksining 437-moddasiga muofiq hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddasiga muvofiq Xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashi qaror qiladi.
1. Xalq deputatlari Izboskan tuman Kengashining 2025 yil 30 dekabr VII-10-113-1-22-K/25-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarorini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilsin.
2. Xalq deputatlari Izboskan tuman Kengashining 2025-yil 30 dekabr VII-10-113-1-22-K/25-sonli qarori bilan 1 ilovasi tasdiqlangan “2026-yil uchun jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallagan yerlardan tashqari) mutloq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan koeffitsientlar” mazkur qarorning yangi tahrirdagi 1-ilovasiga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisiga yuklatilsin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi AXRAROV SULTANXON VAKKASOVICH
Andijon viloyati, Izboskan tumani,
2026-yil 27-fevral,
VII-12-21-1-22-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.