XALQ DEPUTATLARI IZBOSKAN TUMANI KENGASHINING
qarori
Izboskan tumanida 2026-yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan bazaviy soliq stavkalariga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash haqida
Oʼzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalari va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʼini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida” gi PF-6121-son Farmonining 1-bandiga muvofiq Izboskan tumani moliya boʻlimi va tuman davlat soliq inspektsiyasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar boʼyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar” boʻyicha kiritgan takliflarini muhokama etib, Xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Izboskan tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi Gʻ. Yusupovning Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 412, 422, 429, 437 va 445-moddalariga asosan, Izboskan tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash yuzasidan bergan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2026-yil uchun Izboskan tumani boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun ilovalarda koʻrsatilgan miqdorlar tasdiqlansin.
3. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi Gʻ. Yusupovga elektr uzatish liniyalari, umumdavlat aloqa liniyalari, umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, elektr taʼminoti qurilmalari, magistral neft va gaz quvurlari hamda shunga oʻxshash inshootlar band etgan yerlar uchun har bir mahalla uchun oʻrtacha soliq stavkasi asosida yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organlari tomonidan belgilanishi va 5-yanvargacha soliq toʻlovchilarga yetkazilishini taʼminlash soʻralsin.
4. Izboskan tuman hokimligi Izboskan tumani Davlat soliq inspeksiyasi bilan birgalikda 1, 2, 3, 4, 5-ilovalarga muvofiq soliq stavkalarini soliq toʻlovchilarga belgilangan muddatlarda yetkazilishini, soliq solish tartiblari hamda boshqa maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qaror tuman hokimligi matbuot xizmatida eʼlon qilinsin.
6. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Izboskan tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda Izboskan tuman hokimligi zimmasiga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror bilan belgilangan soliq stavkalari 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Kengash raisi A. AXMADALIYEV
Andijon viloyati, Izboskan tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-10-113-1-22-K/25-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.
(1-ilova Xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashining 2026-yil 27-fevraldagi VII-12-21-1-22-K/26-sonli qarori tahririda)