10.09.2026 yildagi KQ-394-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva shahrida Oʻzbekiston — Belarus parlamentlararo forumini oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini izchil rivojlantirish, parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirish, ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, parlament diplomatiyasining imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, ijtimoiy-gumanitar va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston — Belarus parlamentlararo forumi (bundan buyon matnda Forum deb yuritiladi) 2026-yilning 29-30-sentabr kunlari Xiva shahridagi “Kongress markaz”da oʻtkazilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston — Belarus parlamentlararo forumini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (bundan buyon matnda Tashkiliy qoʻmita deb yuritiladi) tarkibi 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston — Belarus parlamentlararo forumini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston — Belarus parlamentlararo forumini keng yoritish boʻyicha media-reja 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qarorning 2- va 3-ilovalarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirib borish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasiga hamda Senat devonining Axborot xizmatiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkiliy qoʻmita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qarorning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Forumni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston va Belarus parlamentlari oʻrtasidagi doʻstona va ishonchli munosabatlarni yanada mustahkamlash, parlamentlararo muloqotni faollashtirish, parlament diplomatiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilashga qaratilgan Forum dasturini shakllantirish va uni yuqori saviyada oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston va Belarus respublikalari parlamentlari rahbariyati, parlamentlararo komissiya, yoshlar parlamentlari, davlat organlari vakillari, tadbirkorlik subyektlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va boshqa manfaatdor tomonlar ishtirokida ikki tomonlama uchrashuvlar, muayyan mavzuga doir sessiyalar, biznes muloqotlar va boshqa tadbirlarni samarali tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda parlamentlarning ishtirokini kuchaytirish, ularni qonunchilik va parlament nazorati vositalari orqali qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anjuman doirasida oʻtkaziladigan Biznes-forum, B2B, G2G va G2B uchrashuvlari, taqdimotlar, investitsiya loyihalari va kooperatsiya takliflarini muhokama qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish, ikki mamlakat tadbirkorlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatish va yangi hamkorlik loyihalarini shakllantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi N. Kochanova boshchiligidagi Belarus delegatsiyasining kelib-ketishi, transport bilan taʼminlanishi, joylashtirilishi, ovqatlanishi va ularga tibbiy xizmat koʻrsatilishi masalalarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbir oʻtkaziladigan joylarni texnik va telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlash, xavfsizlik choralarini taʼminlash, obodonlashtirish va yoʻl-taʼmirlash ishlarini tashkil etish, shuningdek, Xiva shahrida zarur mehmonxonalarning tayyor boʻlishi va band qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belarus Respublikasi delegatsiyasi aʼzolari va tadbir ishtirokchilarini protokol talablari asosida kutib olish va kuzatib qoʻyish, ularga zarur tashkiliy va axborot xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forumni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, Oʻzbekiston — Belarus parlamentlararo munosabatlarining rivojlanishi, strategik sheriklik mustahkamlanishida parlament diplomatiyasining oʻrni hamda anjumanning amaliy natijalarini milliy va xorijiy auditoriyaga yetkazish ishlarini muvofiqlashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi quyidagi vazifalarni amalga oshirish choralarini koʻrsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan birgalikda Palata va Kengashga aʼzo tadbirkorlar, fermer va dehqon xoʻjaliklarining Belarus Respublikasi tadbirkorlari va fermer xoʻjaliklari bilan Biznes-forumga qadar savdo kelishuvlari amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biznes-forumni tashkil etish va oʻtkazishda davlat organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va hamkor tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belarus Respublikasidan tadbirkor ayollarni va boshqa tadbirkorlik subyektlarini, tashkilot va kompaniyalarni forumda ishtirok etishga jalb qilish, tadbir doirasida oʻtkaziladigan koʻrgazmalarni tashkil qilish, mahsulot va xizmatlarni namoyish qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anjuman doirasida davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida G2G, G2B va B2B formatlaridagi ikki tomonlama uchrashuvlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda anjuman davomida imzolanadigan savdo kelishuvlari, hamkorlik shartnomalari va anglashuv memorandumlarini tayyorlash va rasmiylashtirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda anjuman boʻlib oʻtadigan joyni zarur texnik vositalar va audiovizual uskunalar bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har besh kunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Biznes-forumda tadbirkor ayollarning muvaffaqiyatli loyihalari va yutuqlari taqdimotini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Biznes-forumga qadar ikki mamlakat oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy va savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida yangi investitsiyaviy loyihalarni taklif etish va muhokama qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Biznes-forum doirasida koʻrgazma tashkil etish uchun Belarus Respublikasidan keltiriladigan tadbirkorlik subyektlarining mahsulotlari, texnikalari va boshqa asbob-uskunalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish, ularning belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi va tadbir yakunlanganidan soʻng olib chiqib ketilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi N. Kochanova boshchiligidagi Belarus delegatsiyasi aʼzolari uchun mamlakatimizning boy turistik salohiyatini, xususan, uning tarixi va madaniy merosini aks ettiruvchi tarqatma materiallarni tayyorlash va tarqatish, shuningdek, anjuman doirasida turizm yoʻnalishida alohida koʻrgazma tashkil etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda anjuman ishtirokchilarining tarixiy-madaniy meros obyektlariga bepul kirishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Biznes-forumning ochilish marosimida, tanaffus va tushlik, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati nomidan anjuman ishtirokchilari uchun tashkil etiladigan rasmiy kechki qabul davomida konsert dasturi taqdimotini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Urganch va Xiva shaharlarida, tadbir oʻtkaziladigan joylarda delegatsiya aʼzolari xavfsizligini, shuningdek, Forum ishtirokchilari uchun ajratilgan transport vositalarining harakatlanishi xavfsizligini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Uzbekistan airways”, “Uzbekistan airports” va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatlari tegishincha Islom Karimov nomidagi Toshkent va Urganch xalqaro aeroportlarini, Toshkent va Urganch temir yoʻl vokzallarini, ulardagi VIP va SIP zallarini anjuman ishtirokchilarini kutib olish, kuzatish va ularga xizmat koʻrsatish uchun tayyorlash choralarini koʻrsin hamda ushbu zallardan yigʻim va bojlar, shuningdek, zal xizmati uchun toʻlovlar undirilmay foydalanilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Axborot xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi bilan birgalikda joriy yil 25-sentabrga qadar Forum doirasida boʻlib oʻtadigan tadbirlarni keng yoritish boʻyicha davlat organlarining axborot xizmatlari rahbarlari, faol jurnalist va blogerlardan iborat Matbuot-shtabini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Matbuot-shtabining asosiy vazifasi etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forumga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazish va yakunlari boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida tizimli, tezkor va keng yoritib borish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi parlamentlari oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar, parlamentlararo muloqot va hamkorlikning bugungi holati, istiqbollari hamda Forumning mazkur aloqalarni yanada rivojlantirishdagi ahamiyatini milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va Internet jahon axborot tarmogʻida oʻzbek, rus va boshqa xorijiy tillarda keng yoritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forumni ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, parlament diplomatiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish, oʻzaro tajriba va ilgʻor parlament amaliyotini almashish hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda parlamentlarning rolini kuchaytirishga qaratilgan muhim muloqot maydoni sifatida keng targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forumning ochilish va yalpi majlislarini ommaviy axborot vositalari orqali jonli namoyish etish, tadbirning ish jarayoni, muzokaralar, mazvuga doir sessiyalar, ikki tomonlama uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tezkor hamda mazmunli yoritishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi parlamentlari rahbariyati va aʼzolari, parlamentlararo komissiyalar, doʻstlik hamda hamkorlik guruhlari aʼzolari, Belarus Respublikasi delegatsiyasi, xalqaro tashkilotlar, vazirlik va idoralar vakillari, tadbirkorlar, ekspertlar va olimlar ishtirokida intervyular, maxsus reportajlar, brifinglar va boshqa media tadbirlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forum doirasida bildirilgan tashabbuslar, takliflar va kelishuvlarni, shu jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, qonun ijodkorligi va parlament nazorati sohasida tajriba almashish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni parlament mexanizmlari orqali qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan takliflarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlikning amaliy natijalarini, jumladan, parlamentlararo muloqotning yangi formatlari, qoʻshma tashabbuslar va kelishuvlarni jamoatchilikka yetkazish hamda Forum yakuni boʻyicha erishilgan natijalarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahamiyatini ochib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda parlament diplomatiyasining oʻrni, ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi ishonch va oʻzaro anglashuvni yanada kuchaytirish, hududlararo va tarmoqlararo parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan axborot materiallarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, iqtisodiy faolligini oshirish, tadbirkorlik va investitsiyaviy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, mazkur yoʻnalishlarda parlament tomonidan amalga oshirilayotgan qonunchilik va parlament nazorati ishlari toʻgʻrisida xolis, toʻliq va tezkor axborotlarni keng jamoatchilikka yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forum yakuni boʻyicha milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan materiallar, bildirilgan munosabatlar va jamoatchilik fikrini monitoring qilish, ularni tahlil qilish hamda natijalari toʻgʻrisida Tashkiliy qoʻmitaga axborot kiritib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi joriy yil 20-sentabrga qadar Forum yakuni boʻyicha qabul qilinadigan Xiva deklaratsiyasi loyihasini ishlab chiqib, Belarus tomoni bilan kelishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yilning 25-sentabriga qadar Oliy Majlis Senati takliflariga muvofiq Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi N. Kochanova boshchiligidagi Belarus delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi dasturi hamda tashrif doirasida boʻlib oʻtadigan tadbirlar xarajatlari smetasi aks etgan hukumat farmoyishi loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 10-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-394-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi KQ-394-V-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston — Belarus parlamentlararo forumini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

T.K. Narbayeva

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

J.A. Xodjayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

3.

A.A. Agzamxodjayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi, “Oʻzbekiston — Belarus” parlamentlararo komissiyasi rahbari, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

4.

D.A. Vahobov

—

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

5.

O.M. Kozixonova

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi

6.

L.Sh. Kudratov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

7.

I.Y. Abduraxmonov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri

8.

B.J. A'loyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

S.B. Radjabov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

N.B. Sayfullayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

11.

G.X. Raximova

—

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

12.

R.E. Turdiboyeva

—

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari

13.

A.Oʻ. Aqqulov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi

14.

A.A. Urunov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi raisi

15.

U.X. Abdullayeva

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

16.

Gʻ.F. Nasirov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

17.

A.A. Xaitov

—

Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisi

18.

U.U. Rozukulov

—

“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi

19.

M.M. Yunusov

—

Oʻzbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari (“Oʻzeltexsanoat”) uyushmasi raisi

20.

M.B. Djumaniyazov

—

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi

21.

A.A. Sultanov

—

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi

22.

J.R. Raximov

—

Xorazm viloyati hokimi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ularning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi KQ-394-V-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston — Belarus parlamentlararo forumini oʻtkazish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar

Ijro muddati

Masʼullar

I. Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi N. Kochanova boshchiligidagi Belarus delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifiga tayyorgarlik koʻrish va tashkil etish

1.

Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi N. Kochanova boshchiligidagi Belarus delegatsiyasining Oʻzbekistonga (Xiva shahriga) tashrifi dasturini ishlab chiqish.

20-sentabrgacha

Tashqi ishlar vazirligi,

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

2.

Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi N. Kochanova boshchiligidagi Belarus delegatsiyasini joylashtirish va hamrohlik qilishni tashkil etish. Bunda:

Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi,

Turizm qoʻmitasi,

Vazirlar Mahkamasining avtoxoʻjaligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

N.Kochanova va delegatsiya aʼzolari uchun Xiva shahrida zarur miqdordagi mehmonxonalarni band qilish;

20-sentabrgacha

N.Kochanova va delegatsiya aʼzolari uchun transport vositalarini ajratish.

23-sentabrgacha

3.

“Toshkent — Urgench — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha tadbir ishtirokchilari uchun avia va temir yoʻl chiptalarini band (bron) qilish.

20-sentabrgacha

“Uzbekistan Airways” AJ,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi

4.

Oliy Majlis Senati takliflariga muvofiq Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi N. Kochanova boshchiligidagi Belarus delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi dasturi hamda tashrif doirasida boʻlib oʻtadigan tadbirlar xarajatlari smetasi aks etgan hukumat farmoyishi loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

25-sentabrgacha

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi

II. Oʻzbekiston — Belarus parlamentlararo forumiga tayyorgarlik koʻrish va tashkil etish

5.

Oʻzbekiston — Belarus parlamentlararo forumini hamda uning doirasida parlamentlararo komissiya, Yoshlar parlamenti va mahalliy vakillik organlarining uchrashuvlarni tashkil etish.

Bunda:

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi,

Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Senat devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi,

Tashqi ishlar vazirligi

forum boʻlib oʻtadigan Xiva shahridagi “Kongress markaz”ni band qilish va tadbir sxemasini tuzish;

20-sentabrgacha

Forum dasturi loyihasini ishlab chiqish va kelishish;

18-sentabrgacha

Forum ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish;

22-sentabrgacha

Forumni Oʻzbekiston va Belarus OAVda keng yoritish ishlarini tashkil etish masalalarini kelishib olish.

25-sentabrgacha

6.

Tarqatma materiallar va esdalik sovgʻalarini tayyorlash. Bunda:

Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi,

Turizm qoʻmitasi

ishtirokchilar uchun tarqatma materiallar tayyorlash (portfel, papka, ruchka, beyjik, bloknot, turizm targʻiboti va boshqalar);

18-sentabrgacha

Forum logotipi, bayroq, kuvertka va boshqa anjomlarni tayyorlash;

20-sentabrgacha

tarqatma materiallar, esdalik sovgʻalari, suvenirlar bilan taʼminlash.

25-sentabrgacha

7.

Forum yakuni boʻyicha qabul qilinadigan Xiva deklaratsiyasi loyihasini ishlab chiqish va uni Belarus Respublikasi tomoni bilan kelishish.

20-sentabrgacha

Senat devoni Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi,

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi,

Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi

8.

Oʻzbekiston — Belarus parlamentlararo munosabatlarining izchil rivojlanishi, ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, shu jumladan xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning iqtisodiy faolligi va tadbirkorlikdagi rolini kuchaytirishni aks ettiruvchi videorolikni tayyorlash.

22-sentabrgacha

Senat devoni Axborot xizmati

III. Toʻrtinchi Oʻzbekiston — Belarus ayollari biznes-forumiga tayyorgarlik koʻrish va tashkil etish

9.

Toʻrtinchi Oʻzbekiston — Belarus ayollari biznes-forumini tashkil etish. Bunda:

Savdo-sanoat palatasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi,

Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Senat devoni Axborot xizmati

Biznes-forum boʻlib oʻtadigan Xiva shahridagi “Kongress markaz”da joylarni band qilish va tadbir sxemasini tuzish;

20-sentabrgacha

Biznes-forum dasturi loyihasini ishlab chiqish;

18-sentabrgacha

Biznes-forum ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish;

22-sentabrgacha

Biznes-forumda Oʻzbekiston va Belarus tomonidan soʻzga chiquvchi mutaxassis (ekspert)larning roʻyxatini tuzish;

22-sentabrgacha

Biznes-forum nomi va logotipi tushirilgan banner, sumka, bloknot, beyjik, furshetka va boshqa anjomlarni kelishish va tayyorlashni tashkil etish;

20-sentabrgacha

Biznes-forumni Oʻzbekiston va Belarus OAVda keng yoritish ishlarini tashkil etish masalalarini kelishib olish.

25-sentabrgacha

10.

Biznes-forum doirasida “Made in Uzbekistan” va “Made in Belarus” brendlari ostida ikki mamlakat tadbirkorlarining milliy koʻrgazmasini tashkil etish. Bunda:

Savdo-sanoat palatasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi,

Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

(a) koʻrgazma boʻlib oʻtadigan Xiva shahridagi “Kongress markaz”da joylarni band qilish va tadbir sxemasini tuzish;

20-sentabrgacha

(b) koʻrgazmalarni bloklarga boʻlish, uning sxemasini chizish;

19-sentabrgacha

(v) Belarus tomoni bilan kelishgan holda Belarus koʻrgazmasini tashkil etish va zarur maydon ajratish.

22-sentabrgacha

11.

Biznes-forum doirasida ikki mamlakat tadbirkorlari va davlat organlari oʻrtasida B2B, G2G, G2B formatidagi uchrashuvlarni tashkil etish. Bunda:

Savdo-sanoat palatasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi,

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi,

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi,

Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi,

Senat devoni Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi

uchrashuvlar boʻlib oʻtadigan Xiva shahridagi “Kongress markaz”da joylarni band qilish va tadbir sxemasini tuzish;

20-sentabrgacha

Belarus tomoni bilan birgalikda ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish;

22-sentabrgacha

uchrashuvlarni bloklarga boʻlish, uning sxemasini chizish;

21-sentabrgacha

ikki tomonlama shartnomalar, bitimlar va hamkorlik memorandumlari roʻyxatini shakllantirish;

25-sentabrgacha

Forum doirasida ikki tomonlama shartnomalar, bitimlar va hamkorlik memorandumlari imzolanishini tashkil etish.

30-sentabr

12.

Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston fermerlari kengashiga aʼzo tadbirkorlar, fermer va dehqon xoʻjaliklarining Belarus Respublikasi tadbirkorlari va fermer xoʻjaliklari bilan forumga qadar savdo kelishuvlarni amalga oshirilishini tashkil etish.

25-sentabrgacha

Savdo-sanoat palatasi,

Oʻzbekiston fermerlari kengashi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

13.

Forum davomida manfaatdor vazirlik va idoralar, tadbirkorlik subyektlari, oliy taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida savdo kelishuvlari, hamkorlik shartnomalari va anglashuv memorandumlarining imzolanishini tashkil etish.

25-sentabrgacha

Savdo-sanoat palatasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Biznes-forumining seksiyalariga tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori saviyada tashkil etish

14.

1-seksiya: “Oʻzbekiston va Belarus: sanoat kooperatsiyasi, qoʻshma investitsiyalar, mehnat salohiyatini roʻyobga chiqarish” mavzusida yigʻilish oʻtkazilishini tashkil etish. Bunda:

Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

seksiya dasturi loyihasini ishlab chiqish, Belarus tomoni bilan kelishish;

20-sentabrgacha

soʻzga chiquvchilar va ushbu seksiyada ishtirok etuvchilar roʻyxatini shakllantirish;

18-sentabrgacha

ikki tomonlama imzolanadigan shartnomalar, bitimlar va hamkorlik memorandumlarini aniqlash hamda imzolanishini tashkil etish.

24-sentabrgacha

15.

2-seksiya: “Agrosanoat majmuasida hamkorlik: oziq-ovqat xavfsizligi va biotexnologiyalar” mavzusidagi yigʻilish oʻtkazilishini tashkil etish. Bunda:

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

seksiya dasturi loyihasini ishlab chiqish, Belarus tomoni bilan kelishish;

20-sentabrgacha

soʻzga chiquvchilar va ushbu seksiyada ishtirok etuvchilar roʻyxatini shakllantirish;

18-sentabrgacha

ikki tomonlama imzolanadigan shartnomalar, bitimlar va hamkorlik memorandumlarini aniqlash hamda imzolanishini tashkil etish.

24-sentabrgacha

16.

3-seksiya: “Oʻzbekiston va Belarusning gumanitar va ijtimoiy sohadagi strategik sherikligi: imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusida yigʻilish oʻtkazilishini tashkil etish. Bunda:

Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

seksiya dasturi loyihasini ishlab chiqish, Belarus tomoni bilan kelishish;

20-sentabrgacha

soʻzga chiquvchilar va ushbu seksiyada ishtirok etuvchilar roʻyxatini shakllantirish;

18-sentabrgacha

ikki tomonlama imzolanadigan shartnomalar, bitimlar va hamkorlik memorandumlarini aniqlash hamda imzolanishini tashkil etish.

24-sentabrgacha

17.

4-seksiya: “Turistik muloqot: salohiyatdan aniq qoʻshma loyihalar sari” mavzusida yigʻilish oʻtkazilishini tashkil etish. Bunda:

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi,

Turizm qoʻmitasi,

Madaniy meros agentligi

seksiya dasturi loyihasini ishlab chiqish, Belarus tomoni bilan kelishish;

20-sentabrgacha

soʻzga chiquvchilar va ushbu seksiyada ishtirok etuvchilar roʻyxatini shakllantirish;

18-sentabrgacha

ikki tomonlama imzolanadigan shartnomalar, bitimlar va hamkorlik memorandumlarini aniqlash hamda imzolanishini tashkil etish.

24-sentabrgacha

V. Tashkiliy, axborot-tahliliy va texnik masalalar

18.

Tadbirlar boʻlib oʻtadigan joyda Shtab (shu jumladan matbuot uchun alohida Shtab) tashkil etish.

Bunda, Shtabni tegishli texnik uskunalar bilan jihozlash, matbuot uchun press-uol (banner) tayyorlash (telefon, kompyuter, skaner, printer, ruchka, qogʻoz, bloknot).

25-sentabrgacha

Xorazm viloyati hokimligi,

Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi

19.

Tadbirlar boʻlib oʻtadigan joylarning texnik jihatdan tayyorlanishini tashkil etish. Bunda, LED ekran, mikrofonlar va boshqa zarur uskunalar oʻrnatish va uzluksiz ishlashini taʼminlash.

28-sentabrgacha

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Senat devoni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish boʻlimi,

Senat binolaridan foydalanish va xoʻjalik faoliyati boshqarmasi

20.

Ommaviy axborot vositalarida boʻlajak forumni oʻtkazishga bagʻishlangan koʻrsatuvlar va anons roliklarini tayyorlash hamda efirga uzatib borish.

25-sentabrdan boshlab

Milliy teleradiokompaniya,

Milliy axborot agentligi,

Milliy media assotsiatsiyasi,

Senat devonining Axborot xizmati

VI. Xavfsizlik masalalari

21.

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida:

 Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv xizmati xodimlaridan iborat ishchi guruhlarni shakllantirish;

 texnik kommunikatsiyalarning barqaror ishlashi, turli konstruksiyalarning mustahkamligi, mehmonxona majmualari va forum oʻtkaziladigan obyektlar hamda ularning 150 metr radiusida joylashgan obyektlarda tekshiruvlar yoki yongʻin-profilaktika koʻrigini oʻtkazish;

 ushbu joylarda radiatsiya va kimyoviy miqdorni oʻlchash punktini tashkil etish;

 tezkor qutqaruv guruhlarni shakllantirish va delegatsiya aʼzolari yashaydigan joylarda kecha-kunduz ularning navbatchiligini tashkil etish;

 forum xavfsizligini taʼminlashda favqulodda vaziyatlar davlat tizimiga kiruvchi xizmatlar va boshqa idoralar bilan hamkorlikda obyektlarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni hamkorlikda bartaraf etish boʻyicha maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish.

29-30-sentabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya

22.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tadbir oʻtkaziladigan obyektlar va ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining navbatchiligini tashkil etish.

forumga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish vaqtida

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

23.

Urganch va Xiva shaharlarida delegatsiyani kutib olishdan tortib shahar boʻylab transportlarning (kortej) yoʻnalishlarini ishlab chiqish.

28-sentabrgacha

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Xorazm viloyati hokimligi,

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

24.

Urganch va Xiva shaharlarida xalqaro aeroportlar va ulardagi VIP zallarida xorijiy delegatsiyalarni kutib olish, kuzatish va ularga xizmat koʻrsatishga tayyorgarlik koʻrish hamda delegatsiyalarning yuklarini tezkor yetkazib berishni taʼminlash.

29-30-sentabr

“Uzbekistan airports” AJ,

“Uzbekistan airways” AJ,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

25.

Delegatsiya aʼzolarining Urganch xalqaro aeroportida va chegara nazorat-oʻtkazish punktlarida bojxona va chegara nazoratidan toʻsiqlarsiz oʻtishlarini taʼminlash.

28 — 30-sentabr

“Uzbekistan airports” AJ,

Bojxona qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

26.

Delegatsiyalarning harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, ularga xizmat koʻrsatish uchun ajratilgan avtomashinalarning texnik holatini tekshiruvdan oʻtkazish, delegatsiyalar yashash joylarida va tashrif buyuradigan obyektlarda jamoat tartibini saqlash.

29-30-sentabr

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

27.

Tadbir mobaynida tez yordam avtomashinalari va tibbiyot xodimlarining aeroport, temir yoʻl vokzallari, forum binolari va delegatsiyalarning yashash joylaridagi navbatchiligini hamda qatʼiy va samarali sanitariya-epidemiologik nazoratini taʼminlash.

29-30-sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi,

Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi

28.

Forum oʻtkaziladigan joylarda va delegatsiyalar joylashgan mehmonxonalarda uzluksiz elektr energiyasi, issiq va sovuq suv bilan taʼminlash.

29-30-sentabr

Energetika vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

29.

Forum oʻtkaziladigan joylarda lokal tarmoqlarning kiberxavfsizligini taʼminlash.

29-30-sentabr

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

30.

Madaniy va tarixiy obidalarga sayohat dasturini (marshrutini) ishlab chiqish, forumning xorijiy mamlakat ishtirokchilari obidalarni tomosha qilish uchun guruh boʻlib harakatlanishayotganda xavfsizlikni taʼminlash.

29-30-sentabr

Turizm qoʻmitasi,

Madaniy meros agentligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi KQ-394-V-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston — Belarus parlamentlararo forumini keng yoritish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEDIA-REJA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mavzu

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Masʼul vazirlik va idoralar

Ommaviy axborot vositalari

(yoritish)

Tadbir oldi amalga oshiriladigan targʻibot ishlari

1.

2026-yil 29-30-sentabr kunlari Xiva shahrida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston — Belarus parlamentlararo forumi haqida keng ommani oldindan xabardor etish.

Telekanallar va Internet nashrlari uchun:

1. Forum yuzasidan anons rolik tayyorlash;

2. Anons rolikni mahalliy va xorijiy OAV, Internet tarmoqlari, davriy bosma nashrlar, jamoat transportlari orqali keng yoritilishini taʼminlash;

3. Tadbirlar haqida telekanallarda yuguruvchi satrlar tashkil etish.

20 — 30-sentabr

Oliy Majlis Senati,

Tashqi ishlar vazirligi,

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

“Milliy Kontent” NNT

Oʻzbekiston MTRK

(Oʻzbekiston 24 va hududiy teleradiokanallar),

MMB

(TV: Sevimli, MY5, Uzreport, Milliy, Zoʻr TV, Radio: Oriat, Poytaxt, Vodiy sadosi, Avtoradio, Grand),

Internet nashrlari

(Kun.uz, Daryo.uz, Xabar.uz, Darakchi.uz, Nova24)

OʻzA, “Dunyo” AA,

masʼul davlat organlari axborot xizmati

2.

Forumning ahamiyati haqida kengroq maʼlumot berish.

Telekanallar va Internet nashrlari uchun:

1. Forum yuzasidan telekanallarning yangiliklar dasturida lavha va reportajlar efirga uzatish;

2. Forum yuzasidan senatorlar va soha mutaxassislari bilan intervyular tashkil etish;

3. Tadbir haqida maʼlumotlar berilgan qisqa vaqtli videoroliklar tayyorlash va keng yoritishni taʼminlash;

4. Forum yuzasidan infografikalar tayyorlash;

Radio uchun:

1. Yangiliklar dasturida eshittirishlar tashkil etish;

2. Tadbir yuzasidan senatorlar bilan intervyuning audiosini tayyorlash va efirga berish.

20 — 30-sentabr

Oliy Majlis Senati,

Tashqi ishlar vazirligi,

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

“Milliy Kontent” NNT

Oʻzbekiston MTRK

(Oʻzbekiston 24 va hududiy teleradiokanallar),

MMB

(TV: Sevimli, MY5, Uzreport, Milliy, Zoʻr TV, Radio: Oriat, Poytaxt, Vodiy sadosi, Avtoradio, Grand),

Internet nashrlari

(Kun.uz, Daryo.uz, Xabar.uz, Darakchi.uz, Nova24)

OʻzA, “Dunyo” AA, masʼul davlat organlari axborot xizmati

3.

Forumini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish jarayonlarini yoritish.

TV va Internet nashrlari uchun:

1. Tayyorgarlik jarayonlari va qamrovi yuzasidan Oliy Majlis Senati vakillari ishtirokida intervyu tashkil etish;

2. Tayyorgarlik koʻrish jarayonlari yuzasidan videoreportaj tayyorlash va keng yoritilishini taʼminlash.

25 — 30-sentabr

Oliy Majlis Senati,

Tashqi ishlar vazirligi,

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

“Milliy Kontent” NNT

Oʻzbekiston MTRK

(Oʻzbekiston 24 va hududiy teleradiokanallar),

MMB

(TV: Sevimli, MY5, Uzreport, Milliy, Zoʻr TV, Radio: Oriat, Poytaxt, Vodiy sadosi, Avtoradio, Grand),

Internet nashrlari

(Kun.uz, Daryo.uz, Xabar.uz, Darakchi.uz, Nova24)

OʻzA, “Dunyo” AA,

masʼul davlat organlari axborot xizmati

4.

Forum ishtirokchilarini kutib olish jarayonlari boʻyicha reportaj va videorolik tayyorlash.

TV va Internet uchun:

1. Forum ishtirokchilarini kutib olish jarayonlarini aks ettiruvchi videoreportaj tayyorlash hamda keng yoritilishini taʼminlash;

2. Xorijiy mehmonlardan forum yuzasidan intervyu tashkil etish.

29-30-sentabr

Oliy Majlis Senati,

Tashqi ishlar vazirligi,

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

“Milliy Kontent” NNT

Oʻzbekiston MTRK

(Oʻzbekiston 24 va hududiy teleradiokanallar),

MMB

(TV: Sevimli, MY5, Uzreport, Milliy, Zoʻr TV, Radio: Oriat, Poytaxt, Vodiy sadosi, Avtoradio, Grand),

Internet nashrlari

(Kun.uz, Daryo.uz, Xabar.uz, Darakchi.uz, Nova24)

OʻzA, “Dunyo” AA,

masʼul davlat organlari axborot xizmati

Tadbir jarayonlarini keng yoritish

5.

Oʻzbekiston — Belarus parlamentlararo forumi boshlanish jarayonlarini yoritish.

TV va Internet uchun:

1. Forumning ochilish marosimiga bagʻishlangan va marosimda nutqlar aks ettirilgan videoroliklar va foto koʻrinishida iqtiboslar tayyorlash va keng yoritilishni taʼminlash;

2. Anjuman haqida ishtirokchilardan intervyular olinishini tashkil etish;

3. Tadbir haqida maʼlumotlar berilgan qisqa vaqtli videoroliklar tayyorlash va keng yoritishni taʼminlash;

4. Mavzu yuzasidan infografikalar tayyorlash;

5. Tadbirlar haqida telekanallarda yuguruvchi satrlar tashkil etish;

6. Tadbir jarayonlari yuzasidan fotolavhalar tayyorlab postlar chop etish.

Radio uchun:

1. Yangiliklar dasturida eshittirishlar tashkil etish;

2. Tadbir yuzasidan ekspertlar bilan intervyuning audioroliklarini tayyorlash va efirga berish.

29-30-sentabr

Oliy Majlis Senati,

Tashqi ishlar vazirligi,

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

“Milliy Kontent” NNT

Oʻzbekiston MTRK

(Oʻzbekiston 24 va hududiy teleradiokanallar),

MMB

(TV: Sevimli, MY5, Uzreport, Milliy, Zoʻr TV, Radio: Oriat, Poytaxt, Vodiy sadosi, Avtoradio, Grand),

Internet nashrlari

(Kun.uz, Daryo.uz, Xabar.uz, Darakchi.uz, Nova24)

OʻzA, “Dunyo” AA,

masʼul davlat organlari axborot xizmati

6.

Forum doirasida tashkil etiladigan sessiyalarning har bir mavzusi keng yoritilishini taʼminlash.

TV va Internet uchun:

1. Forumning sessiyalari va boshqa tadbirlari yuzasidan press-relizlar tayyorlash hamda reportajlar tashkil etish;

2. Intervyular tashkil etish;

3. Sessiya doirasida erishilgan natijalar haqida maʼlumotlar berish.

Radio uchun:

1. Yangiliklar dasturida eshittirishlar tashkil etish.

20 — 30-sentabr

Oliy Majlis Senati,

Tashqi ishlar vazirligi,

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

“Milliy Kontent” NNT

Oʻzbekiston MTRK

(Oʻzbekiston 24 va hududiy teleradiokanallar),

MMB

(TV: Sevimli, MY5, Uzreport, Milliy, Zoʻr TV, Radio: Oriat, Poytaxt, Vodiy sadosi, Avtoradio, Grand),

Internet nashrlari

(Kun.uz, Daryo.uz, Xabar.uz, Darakchi.uz, Nova24)

OʻzA, “Dunyo” AA,

masʼul davlat organlari axborot xizmati

7.

Forum qatnashchilari ishtirokida umumiy fotosuratga tushirishni tashkillashtirish.

TV va Internet uchun:

1. Senat axborot xizmati xodimlari tomonidan foto suratga tushirish va ishtirokchilarga tarqatish.

29-30-sentabr

Oliy Majlis Senati,

Tashqi ishlar vazirligi,

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

“Milliy Kontent” NNT

Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlar uchun