27.08.2026 yildagi KQ-386-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlayotgan fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarini eʼtirof etish, bu borada faol ommaviy axborot vositalarini kengroq qamrab olish, shuningdek, “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi Nizomini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 16-apreldagi KQ-156-V-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tanlov ishtirokchilariga yetkazish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ularning hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalari, hokimliklar, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari hamda ommaviy axborot vositalari oʻrtasida tanlovning mazmun-mohiyati va ahamiyatini targʻib qilishga qaratilgan ishlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga tanlov komissiyalari tarkibiga deputatlar nomzodini berib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Axborot xizmati har yilning boshida ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida tanlov haqida eʼlon berib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-386-V-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 27-avgustdagi KQ-386-V-sonli Qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 16-apreldagi KQ-156-V-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari deputatlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlov har yili avgust — dekabr oylarida quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich — avgust oyida tuman va shaharlar miqyosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich — oktyabr oyida birinchi bosqich gʻoliblari hamda hududiy tashkilotlar oʻrtasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqich — dekabr oyida ikkinchi bosqich gʻoliblari hamda respublika tashkilotlari oʻrtasida respublika miqyosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy tashkilot”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol respublika tashkiloti”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hokimlik”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol nodavlat notijorat tashkiloti”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tadbirkorlik subyekti”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni targʻib qilishda eng faol teleradiokanal”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni targʻib qilishda eng faol bosma nashr”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni targʻib qilishda eng faol internet nashri”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 12-bandi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 13 — 28-bandlari tegishincha 12 — 27-bandlari deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 12 va 14-bandlaridagi “1 — 5-ilovalaridagi” degan soʻzlar “1 — 7-ilovalaridagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 1-ilovaning nomidan “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tuman (shahar) tashkiloti” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 5-ilova quyidagi tahrirdagi 5 — 7-ilovalar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni targʻib qilishda eng faol teleradiokanal” nominatsiyasi boʻyicha ishtirokchilarni baholashga doir mezonlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Teleradiokanal tomonidan gender tenglik, xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlari mavzusida tayyorlangan maxsus koʻrsatuv, eshittirish, reportaj va boshqa media mahsulotlar hamda ularning efir vaqtidagi ulushi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Materiallarning dolzarbligi, tahliliy yondashuv mavjudligi, xolislik, jurnalistik standartlarga rioya qilinishi, ekspertlar ishtirokining taʼminlanganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koʻrsatuv va eshittirishlarning tomoshabin va tinglovchilar orasidagi qamrov darajasi, ijtimoiy fikrga taʼsiri, auditoriya faolligi (fikrlar, mulohazalar, muhokamalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan milliy va xalqaro targʻibot kampaniyalarida (aksiya va loyihalarda) ishtirok etilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tegishli davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda loyiha va koʻrsatuvlar tayyorlanganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muayyan materiallar, koʻrsatuv yoki chiqish natijasida ijtimoiy fikrning shakllanishiga yoki muammolarning hal etilishiga taʼsir darajasi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni targʻib qilishda eng faol bosma nashr” nominatsiyasi boʻyicha ishtirokchilarni baholashga doir mezonlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bosma nashrda xotin-qizlar huquqlari, gender tenglik va teng imkoniyatlar mavzusida maqola, intervyu va boshqa tahliliy materiallar chop etilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maqolalarning dolzarbligi, muammolarning chuqur tahlil qilinganligi, xolislik, dalillarga asoslanganligi va jurnalistik standartlarga muvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Materiallarda soha mutaxassislari, huquqshunoslar, olimlar, psixologlar fikrlari va izohlaridan samarali foydalanilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamiyatdagi salbiy stereotiplarni yoʻqotish, tenglik gʻoyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi materiallar mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xotin-qizlar, yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar muammolarining yoritilganligi va ularga yechim taklif etilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tegishli davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda materiallar tayyorlanganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Materiallar orqali aholi xabardorligining oshirilganligi va jamoatchilikda ijobiy fikr shakllanishiga xizmat qilganligi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni targʻib qilishda eng faol internet nashri” nominatsiyasi boʻyicha ishtirokchilarni baholashga doir mezonlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Internet nashrda xotin-qizlar huquqlari, gender tenglik va teng imkoniyatlar masalalariga oid maqola, yangilik, tahliliy materiallar berib borilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Materiallarning chuqur tahlilga asoslanganligi, xolisligi, ishonchli manbalarga tayanilganligi hamda jurnalistik standartlarga muvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Gender tenglikka oid voqea va jarayonlarning tezkor hamda doimiy ravishda yoritib borilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Obunachilar va ular tomonidan saytdagi materiallarning koʻrilganligi soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kontentning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi, yoqtirish, munosabat, izoh va repostlar soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamiyatdagi salbiy qarashlarni bartaraf etish, tenglik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi kontentlar mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Izohlar, soʻrovnomalar, jonli muhokamalar, munosabatlar orqali oʻquvchilar bilan muloqot mexanizmining yoʻlga qoʻyilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalar, materiallar va axborot kampaniyalarini amalga oshirganligi”.