Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklari tomonidan jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar) boʻyicha foiz stavkalarini shakllantirish mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 11-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2692-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/1-son qarori (roʻyxat raqami 2692, 2015-yil 3-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 26-son, 352-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar) boʻyicha foiz stavkalarini shakllantirish mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 31-iyul,
13/11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 31-iyuldagi 13/11-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar) boʻyicha foiz stavkalarini shakllantirish mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) tomonidan jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar) boʻyicha foiz stavkalarini shakllantirish qoidalarini belgilaydi.”.
2. Ilovada:
nomidagi “Tijorat banklari” degan soʻzlar “Banklar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Tijorat banklari” degan soʻzlar “Banklar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2026 y., 10/26/2692-1/0833-son)