07.08.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3920
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentiga qoʻriqlash uchun topshirilgan obyektlarni qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlash talablari, tartibi hamda shartlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 7-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3920]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 71-moddasiga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentiga qoʻriqlash uchun topshirilgan obyektlarni qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlash talablari, tartibi hamda shartlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. TASHPULATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 25-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
363-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 4-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 23-iyun

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri SH. XIDOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 23-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2026-yil 25-iyuldagi 363-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentiga qoʻriqlash uchun topshirilgan obyektlarni qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlash talablari, tartibi hamda shartlari toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentiga (bundan buyon matnda Qoʻriqlash departamenti deb yuritiladi) qoʻriqlash uchun topshirilgan obyektlarni qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlash talablari, tartibi hamda shartlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Yoʻriqnoma talablari oʻta muhim, toifalangan hamda davlat ahamiyatiga molik boshqa obyektlar, banklar va ularning filiallari obyektlari, taʼlim tashkilotlari obyektlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlarni qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlar roʻyxatida nazarda tutilmagan tadbirkorlik subyektlari hamda jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarni qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlashda mazkur Yoʻriqnoma talablari tavsiyaviy xususiyatga ega boʻlib, ularni qoʻllash shartlari taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyekt (bundan buyon matnda obyekt deb yuritiladi) — belgilangan tartibda qoʻriqlashga olingan jismoniy va yuridik shaxslarning binolari, imoratlari, inshootlari, ularning hududlari, joyning uchastkalari, transport vositalari, transportda tashiladigan yuklari, pul mablagʻlari, moddiy boyliklari va boshqa mol-mulki, shuningdek jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlashning muhandislik vositalari — obyektlarni tajovuzlardan mexanik jihatdan himoya qilish uchun qoʻllaniladigan qurilmalar va inshootlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlashning texnik vositalari — obyektlarni tajovuzlardan himoya qilish uchun foydalaniladigan, mustaqil vazifalarni bajaradigan, konstruktiv jihatdan yakunlangan qurilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻsiq — obyektga kirishga yoki kirishga urinishga toʻsqinlik qiluvchi qoʻriqlashning muhandislik vositasi (metall panjara yoki metall konstruksiya yoxud devor);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash signalizatsiyasi tizimi — obyektga qonunga xilof ravishda kirishni yoki kirishga urinishni magnit kontaktli, oyna sinishini qayd etuvchi va harakatni aniqlaydigan xabargohlar (bundan buyon matnda xabargohlar deb yuritiladi) orqali aniqlovchi qoʻriqlashning texnik vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik qoʻriqlash markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) — tashvish xabari asosida obyektga tezkor harakatlanuvchi guruhning zudlik bilan joʻnatilishini taʼminlaydigan Qoʻriqlash departamentining tarkibiy boʻlinmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
signalizatsiya himoya toʻsiqlari (bundan buyon matnda himoya toʻsigʻi deb yuritiladi) — obyektga qonunga xilof ravishda kirilganda tashvish xabarining qoʻriqlash posti qabul qilish va boshqarish qurilmasiga yoki Markazga uzatilishini taʼminlovchi signalizatsiya shleyfi yoki shleyflarning majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashvish signalizatsiya tizimi — obyektga qonunga xilof ravishda qilingan tajovuzlar boʻyicha tashvish xabarining tugma yoki pedallar orqali Markazga uzatilishini taʼminlaydigan qoʻriqlashning texnik vositasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Yoʻriqnomaning 2 va 3-boblarida nazarda tutilgan talablar obyektlarga ularning funksional vazifasi, konstruktiv xususiyatlari, joylashuvi va qoʻriqlash turidan kelib chiqib qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Obyektni qoʻriqlashning muhandislik vositalari bilan jihozlash talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Obyektlarni qoʻriqlashning muhandislik vositalari bilan jihozlashda quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻsiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darvoza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-oʻtkazish joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv va havo quvurlari, yer osti kollektorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshik va derazalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shamollatish (ventilyatsiya) shaxtalari, moʻri va boshqa texnologik kanallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qulflash moslamalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Obyektning toʻsiqlarini jihozlashda quyidagi talab va shartlarga rioya qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxslar va transport vositalarining obyekt hududiga tasodifiy yoki ruxsatsiz kirishiga, shuningdek nazorat-oʻtkazish joyini chetlab oʻtgan holda obyektga qonunga xilof ravishda kirishiga toʻsqinlik qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt hududini kuzatishga hamda qoʻriqlashning texnik vositalari ishlashiga toʻsqinlik qilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt hududidan tashqarida joylashgan bino va inshootlar bilan tutashmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tirqishlar, teshiklar va boshqa shikastlanishlarga, shuningdek qulflanmaydigan darvoza hamda eshiklarga ega boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balandligi kamida 2 metr boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Obyektning darvozalarini jihozlashda quyidagi talab va shartlarga rioya etilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning darvozalari transport vositalari va temir yoʻl kirish joylariga oʻrnatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatik boshqariladigan darvozalar texnik nosoz boʻlganda ularni qoʻlda ochish va toʻxtatish imkonini beruvchi moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balandligi kamida 2 metr va qalinligi kamida 2 mm boʻlgan metall qoplamadan yoki diametri kamida 16 mm boʻlgan hamda 150x150 mm dan katta boʻlmagan oʻlchamdagi katakchalarni tashkil etuvchi, shuningdek katakchalarning kesishmalarida payvandlangan, gardishi 50x50x5 mm dan kam boʻlmagan oʻlchamdagi metall burchak bilan mustahkamlangan metall panjaradan iborat boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Obyektning nazorat-oʻtkazish joyini jihozlashda quyidagi talab va shartlarga rioya etilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektga tashrif buyuruvchi shaxslar va uning xodimlarini koʻzdan kechirish, shuningdek qoʻriqlash naryadlarining xizmat oʻtashi uchun alohida xona mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darvozalarni avtomatik boshqarish, tashqi perimetr yoritkichlarini hamda transport vositalarini doimiy (statsionar) koʻzdan kechirish vositalarini boshqarish qurilmalari nazorat-oʻtkazish joyiga yoki obyekt hududining ichki tomoniga oʻrnatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari va temir yoʻl transportini koʻzdan kechirish uchun maxsus maydonchalar bilan jihozlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-oʻtkazish joyining derazalari metall panjaralar bilan jihozlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-oʻtkazish joyining eshiklari qalinligi 2 mm dan kam boʻlmagan metall qoplamadan iborat boʻlishi, shuningdek transport vositalari va fuqarolarni kuzatish uchun tuynuk bilan jihozlangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turniketlar bilan jihozlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Obyektning suv va havo quvurlari, yer osti kollektorlari uning obyektdan chiqish joylarida diametri kamida 16 mm boʻlgan va 150x150 mm dan katta boʻlmagan oʻlchamdagi katakchalarni tashkil etuvchi, shuningdek katakchalarning kesishmalarida payvandlangan metall panjaralar bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Obyektning eshiklarini jihozlashda quyidagi talab va shartlarga rioya qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy va zaxira kirish eshiklarining ichki tomonida diametri kamida 16 mm boʻlgan va 150x150 mm dan katta boʻlmagan oʻlchamdagi katakchalarni tashkil etuvchi, shuningdek katakchalarning kesishmalarida payvandlangan, gardishi 35x35x4 mm dan kam boʻlmagan oʻlchamdagi metall burchak bilan mustahkamlangan metall panjarali qoʻshimcha eshik oʻrnatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy kirish eshigi domofon bilan, zaxira kirish eshigi esa koʻrish tuynugi bilan jihozlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus qism, server, arxiv va kassa xonalari, shuningdek yertoʻla hamda chordoq eshiklari qalinligi 2 mm dan kam boʻlmagan metall qoplama bilan qoplangan boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Obyektning derazalarini jihozlashda quyidagi talab va shartlarga rioya qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning birinchi qavatida joylashgan maxsus qism, server, arxiv va kassa xonalarining, shuningdek yertoʻla hamda chordoqning derazalari metall panjaralar bilan jihozlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va undan yuqori qavatlardagi derazalar evakuatsiya zinalari yonida joylashgan taqdirda metall panjaralar bilan jihozlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Obyektning shamollatish (ventilyatsiya) shaxtalari, moʻri va boshqa texnologik kanallari uning obyektga kirish joylarida diametri kamida 16 mm boʻlgan va 150x150 mm dan katta boʻlmagan oʻlchamdagi katakchalarni tashkil etuvchi, shuningdek katakchalarning kesishmalarida payvandlangan metall panjaralar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Obyekt darvoza va eshiklarining qulflash moslamalarini jihozlashda quyidagi talab va shartlarga rioya qilinishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
osma qulf oʻrnatish uchun moʻljallangan quloqchalar kesimi kamida 6×40 mm boʻlgan poʻlat tasmadan tayyorlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopishtirma qulflar darvoza va eshiklarning ichki tomoniga boltlar, shaybalar va gaykalar yordamida mahkamlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Obyektni qoʻriqlashning texnik vositalari bilan jihozlash talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Obyektni qoʻriqlashning texnik vositalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash signalizatsiyasi tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashvish signalizatsiya tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Obyektni qoʻriqlash signalizatsiyasi tizimi bilan jihozlashda quyidagi talab va shartlarga rioya qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatsiz kirish ehtimoli mavjud boʻlgan joylar (darvoza, eshik, deraza, yoʻlak va xonalar) qoʻriqlash signalizatsiyasi tizimi bilan jihozlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash signalizatsiyasi tizimining qabul qilish va boshqarish qurilmasi qoʻriqlash postiga oʻrnatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yertoʻla va chordoq xonalariga, shuningdek ularning eshik va derazalariga oʻrnatilgan xabargohlarning shleyflari tashqi perimetrni qoʻriqlash signalizatsiyasi tizimiga ulanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning har bir qavatida oʻrnatilgan xabargohlardan keluvchi shleyflar ichki perimetri qoʻriqlash signalizatsiyasi tizimiga ulanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning asosiy kirish eshigi ishdan tashqari vaqtda ochilishini nazorat qilish uchun unga oʻrnatilgan xabargoh qabul qilish-nazorat va boshqarish qurilmasi orqali Markazga ulanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt har bir xonasiga magnit kontaktli, oyna sinishini qayd etuvchi va harakatni aniqlaydigan xabargohlar birgalikda oʻrnatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatni aniqlaydigan xabargohlar obyekt xonasining har 30 m2 qismi uchun kamida bittadan oʻrnatilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maxsus qism, server, arxiv va kassa xonalarini qoʻriqlash signalizatsiya tizimining ikkita himoya toʻsigʻi bilan jihozlashda quyidagi talab va shartlarga rioya qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi himoya toʻsigʻiga xona derazasiga oyna sinishini va uning ochilishini hamda xona eshigiga uning ochilishini qayd etuvchi magnit kontaktli xabargohlarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi himoya toʻsigʻiga xonaga harakatni aniqlaydigan xabargohlarni qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu himoya toʻsiqlari shleyflar orqali qabul qilish va boshqarish qurilmasiga va Markazga ulanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Obyektni tashvish signalizatsiya tizimi bilan jihozlashda quyidagi talab va shartlarga rioya qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashvish xabarining tugma yoki pedallari begona shaxslar koʻrmaydigan joylarga oʻrnatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashvish xabarining tugma yoki pedallari obyekt rahbari va buxgalter xonalariga, shuningdek tovar-moddiy boyliklarni saqlash, tashish va ortish-tushirish joylariga va qoʻriqlash postlariga oʻrnatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashvish signalizatsiya tizimining barcha shleyflari toʻgʻridan toʻgʻri Markazga ulanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Obyektlarni qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Obyektni qoʻriqlash hamda uning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlanishini oʻrganib berish uchun jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu obyekt joylashgan joydagi Qoʻriqlash departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari huzuridagi Qoʻriqlash xizmatlariga (bundan buyon matnda hududiy qoʻriqlash xizmatlari) ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jismoniy yoki yuridik shaxsning arizasi kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida hududiy qoʻriqlash xizmatlari tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 18-bandida koʻrsatilgan obyektning oʻziga xos xususiyatlari oʻrganib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jismoniy yoki yuridik shaxsning arizasi kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida hududiy qoʻriqlash xizmatlari tomonidan obyektni qoʻriqlash hamda uni muhandislik va texnik vositalar bilan jihozlashda quyidagilar oʻrganib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlash mazkur Yoʻriqnomaning 2 va 3-boblarida nazarda tutilgan talab va shartlarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning tuzilishi (obyekt joylashuvi, qavat va xonalarining soni, tovar-moddiy boyliklarni saqlash, tashish va ortish-tushirish joylari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektga ruxsatsiz kirish mumkin boʻlgan barcha zaif joylar (toʻsiq, darvoza, eshik, deraza, yoʻlak va xonalar) mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻrganish natijalariga koʻra jismoniy yoki yuridik shaxs va hududiy qoʻriqlash xizmati masʼul xodimi tomonidan ikki nusxada obyektni qoʻriqlash hamda uni muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlash boʻyicha dalolatnoma (bundan buyon matnda dalolatnoma deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi jismoniy yoki yuridik shaxsda, ikkinchi nusxasi esa hududiy qoʻriqlash xizmati masʼul xodimida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Obyektni qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlash jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan dalolatnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Obyektni qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlash ishlari yakunlangandan soʻng shu kunning oʻzida jismoniy yoki yuridik shaxs bu haqda hududiy qoʻriqlash xizmatini xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Hududiy qoʻriqlash xizmati bu haqda xabardor qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida obyektning mazkur Yoʻriqnomaning 2 va 3-boblarida nazarda tutilgan talab va shartlarga muvofiq jihozlanganligini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻrganish natijasiga koʻra hududiy qoʻriqlash xizmati boshligʻi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlash mazkur Yoʻriqnomaning 2 va 3-boblarida nazarda tutilgan talab va shartlarga muvofiqligi aniqlangan taqdirda, obyektni qoʻriqqa olish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni qoʻriqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlash mazkur Yoʻriqnomaning 2 va 3-boblarida nazarda tutilgan talab va shartlarga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, obyektni qoʻriqqa olishni rad etish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Hududiy qoʻriqlash xizmati obyektni qoʻriqqa olish yoki uni qoʻriqqa olishni rad etish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida jismoniy yoki yuridik shaxsni ushbu qaror qabul qilingan kunning oʻzida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda obyektni qoʻriqqa olishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada mazkur Yoʻriqnomaning 2 va 3-boblarida nazarda tutilgan talab va shartlarga nomuvofiqliklar, aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli tavsiyalar koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Obyektni qoʻriqqa olishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda jismoniy yoki yuridik shaxs mazkur Yoʻriqnomaning 2 va 3-boblarida nazarda tutilgan talab va shartlarga muvofiq boʻlmagan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib, qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Yoʻriqnomaning talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2026 y., 10/26/3920/0831-son)