21.07.2026 yildagi VII-16-92-3-47-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI DOʻSTLIK TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan koʻrsatiladigan pullik xizmatlar tariflarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, tuman markaziy koʻchalaridagi tadbirkorlik subyektlariga sifatli obodonlashtirish va chiqindilarni tashib ketish xizmatlarini koʻrsatishni tizimli tashkil etish maqsadida, Doʻstlik tumani Obodonlashtirish boshqarmasining 2026-yil 15-apreldagi 67-sonli xatini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-son “Mahalliy budjetlarda budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida” qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hokimi oʻrinbosari A.Tinchlikovning tuman markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida hududlarni obodonlashtirish va chiqindilarni olib chiqish xizmatlari boʻyicha hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sanitar qoidalari va meʼyorlariga asosan hududlar boʻyicha oʻrnatilgan meʼyorlardan isteʼmolchining faoliyat turidan, joylashuvidan va xizmatidan foydalanish usulidan kelib chiqib isteʼmolchi tomonidan 1 metr.kub QMCh (qattiq maishiy chiqindilar) hajmi uchun yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning qattiq maishiy chiqindilarini markaziy chiqindi saqlash obyektiga olib borib joylashtirish xizmat haqqi summasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi (S.Rashidov), tuman Tibbiyot birlashmasi (A.Abdufattayev), tuman Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻi (S.Rashidov), Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi (T.Ergashova)lar fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorni ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari A.Tinchlikovga va nazorat qilish xalq deputatlari Doʻstlik tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi Gʻ.Yoʻldoshev, Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi J.Ergashevlar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi KULTAYEVA MOXIDIL NIZOMOVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Doʻstlik tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 21-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-16-92-3-47-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.