01.08.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3030-12
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 1-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3030-12]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/18-son qarori (roʻyxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 10/18/3030/1440-son) bilan tasdiqlangan Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 15-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19/16-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 15-iyuldagi 19/16-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimli kamchilik — muayyan moliyaviy mahsulot, biznes jarayon, bank xizmat koʻrsatish boʻlinmalari tarmogʻi, axborot tizimi yoki ichki nazorat tizimi, yakka holat bilan cheklanmaydigan va oʻz mazmuniga koʻra boshqa oʻxshash shartnomalar, operatsiyalar, xizmat koʻrsatish jarayonlari yoki tarkibiy boʻlinmalar faoliyatidagi isteʼmolchilarning huquqlari buzilishiga olib keluvchi kamchilik.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 47-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bank murojaatlar bilan ishlashda va ularni koʻrib chiqishda murojaatlarda nazarda tutilgan qoidabuzarliklarni, salbiy holatlarni, tizimli kamchiliklarni, isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 5817-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5817. Bank har chorak (yil) natijalariga koʻra murojaatlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga koʻra maʼlumotnomalar (sharhlar) tuziladi, ularda murojaatlar bilan ishlashning umumiy koʻrsatkichlari, murojaatlarning turlari, soni va kelib chiqish sabablari, murojaatlarda tez-tez koʻtarilgan masalalar, murojaatlar bank xizmat turlari (mahsulotlari) boʻyicha qaysi hududlardan kelib tushishi, ushbu bank xizmatlari isteʼmolchilar talablaridan kelib chiqib ularga mos ishlab chiqilganligi va isteʼmolchilar bilan adolatli munosabat qurilganligi toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotlar, murojaatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha aniqlangan asosiy kamchiliklar va qoidabuzarliklar, isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish maqsadida koʻrilgan chora-tadbirlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank boshqaruvi bank faoliyatining chorak (yil) natijalarini koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi oʻz yigʻilishlarida bankda murojaatlar bilan ishlash holatini, shu jumladan murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalari boʻyicha maʼlumotnomalarni (sharhlarni), murojaatlarda koʻtarilgan salbiy holatlarni, tizimli kamchiliklarni va oʻziga xos tavakkalchiliklarni muhokama qilishi hamda isteʼmolchilarning huquqlari buzilishiga olib keluvchi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq harakatlar rejalarini tasdiqlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bank boshqaruvi qarorlari, shuningdek, murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalari boʻyicha maʼlumotnomalar (sharhlar) ichki audit xizmatiga taqdim etiladi. Ichki audit xizmati bankda murojaatlar bilan ishlash holatini tekshirish oʻtkazish boʻyicha ish rejalarini tuzishda va monitoring faoliyatini amalga oshirishda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi holatlardan birining mavjudligi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmagan deb hisoblanishiga asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimli kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejalarining tasdiqlanmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlar rejalarida belgilangan choralar va topshiriqlarning oʻz muddatlarida bajarilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan choralar bajarilganiga qaramasdan tizimli kamchiliklarning saqlanib qolishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit xizmati tomonidan harakatlar rejalarida qayd etilgan topshiriqlar ijrosi ushbu topshiriqlarni bajarish muddati yakuniga qadar baholanmaganligi, har chorak natijalari boʻyicha chorak yakunlangandan soʻng bir oy muddat davomida bank boshqaruvi va kuzatuv kengashiga harakatlar rejalarida qayd etilgan topshiriqlarning bajarilishi holati, shu jumladan qisman yoki toʻliq bajarilmagan topshiriqlar yuzasidan xulosa kiritilmasligi hamda har yil yakuni boʻyicha bir oy davomida aholi va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish tizimi samaradorligi baholanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank boshqaruvi ichki audit xizmati tomonidan taqdim etilgan xulosalarda qayd etilgan holatlarni xulosa tayyorlangan sanadan boshlab bir oy davomida koʻrib chiqmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga koʻra tuzilgan choraklik maʼlumotnomalar (sharhlar) hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasiga va yillik maʼlumotnomalar (sharhlar) fevral oyining 15-sanasiga qadar bankning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishida tasdiqlanadigan yillik hisobotda bankning murojaatlar bilan ishlash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank mazkur bandda nazarda tutilgan murojaatlar masalasiga oid Bank boshqaruvi yigʻilishi qarori (hujjat) nusxalarini u tasdiqlangan kundan boshlab uch ish kuni ichida, shuningdek, harakatlar rejasidagi har bir tizimli kamchilik bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kamchiliklar bartaraf etilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Markaziy bankka taqdim etadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qoʻshimchalar va oʻzgartirishning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 5-ilova bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirishga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilarning huquqlari buzilishiga olib keluvchi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HARAKATLAR REJALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tizimli kamchiliklar nomi

Tizimli kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar

Chora-tadbirlar ijrosi muddatlari

Chora-tadbirlar ijrosini taʼminlashga masʼul boʻlgan tarkibiy tuzilma

Chora-tadbirlar ijrosini taʼminlashga masʼul boʻlgan bank rahbari

Masʼul bank rahbari tomonidan chora-tadbirlar ijrosini joriy nazorat qilish muddatlari

(ijrochilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisoboti eshitiladi va tegishli tadbirlar koʻriladi)

1

2

3

4

5

6

7

1.

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2026-y., 10/26/3030-12/0810-son)