15.07.2026 yildagi 239-3-48-Q/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JIZZAX VILOYATI ZOMIN TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hududida yoʻl belgilari oʻrnatish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 342-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 172-son qarori ijrosi yuzasidan Zomin tumanida fuqarolarning xavfsizligi va avtotransport vositalarining harakatini tartibga solish maqsadida Zomin tumani Ichki ishlar boshqarmasining 2026-yil 9-iyundagi 48/39/1106-sonli xatini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6-, 211-moddalariga asosan, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Zomin tumani Ichki ishlar boshqarmasining 2026-yil 9-iyundagi 48/39/1106-sonli xati inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zomin tumanida fuqarolarning xavfsizligi va avtotransport vositalarining harakatini tartibga solish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻ. Gʻulom MFYdagi “Hurriyat” koʻchasining 1-sonli maktab hamda “Maʼrifatli” jome masjidi joylashgan qismiga 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan”, 3.25 “Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri”, 5.46 “Maktab”, 6.19 “Jome masjidi” va 1.31 “Sunʼiy yoʻl notekisligi” yoʻl belgilari, shuningdek rezinali tezlik pasaytirgichlarni oʻrnatishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Dashtobod shahri hududidan oʻtuvchi D052 avtomobil yoʻlining 1–3-kilometrlari oraligʻiga 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” (50 km/soat) va 3.25 “Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri” yoʻl belgilari, “Dashtobod–Zomin” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanish qismidagi D052 avtomobil yoʻlining 2,1–2,3-kilometrlari oraligʻining chap tomonida joylashgan parallel mahalla yoʻliga 1.21 “Bolalar” va 1.31 “Sunʼiy yoʻl notekisligi” yoʻl belgilari oʻrnatish hamda mazkur yoʻl uchastkasini rezinali tezlik pasaytirgichlar bilan jihozlashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Zomin tumani ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (O.Xasanov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror bilan tegishli joyga yoʻl belgilari va rezinali tezlik pasaytirgichlar oʻrnatilishini hamda belgilangan tartibda yoʻl yotiq chiziqlari chizilishini tashkil etsin hamda ushbu hududlarda avtomobillar harakatini nazorat qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror “Sharq tongi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari E.Maxmanazarov hamda tuman ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi I.Nurmatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi A. ABDUGʻANIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Zomin tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 15-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239-3-48-Q/26-son