22.07.2026 yildagi 89-3-55-Q/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JIZZAX VILOYATI JIZZAX SHAHAR HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax shahrida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga hududlar (mikrohudud)ni biriktirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 211-moddalari, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 39-bandiga asosan shaharda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)ni aniq belgilab olish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jizzax shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2026-yil 26-maydagi 01/3-1344-sonli xati maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jizzax shahrida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shahar hokimining oʻrinbosari S.Silliyev, shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi v.b. (S.Komilov) va shahardagi 31 ta umumtaʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, shahardagi umumtaʼlim muassasalar rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi shahar boʻlimi (Sh.Azimov)ga mahalla fuqarolar yigʻini raislariga maktab yoshidagi bolalarni umumtaʼlim muassasalariga jalb etish jarayonida shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda umumtaʼlim muassasalarga amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jizzax shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (S.Komilov), Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi shahar boʻlimi (Sh.Azimov), Jizzax shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi (O.Gadoyev), Inson ijtimoiy hizmatlar markazi shahar boʻlimi (N.Mamatqulov) hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorlikda nogironligi boʻlgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, shuningdek, taʼlimdan chetda qolish xavfi yuqori boʻlgan bolalarni aniqlash, ularni umumiy oʻrta taʼlim bilan toʻliq qamrab olish yuzasidan alohida manzilli chora-tadbirlar rejasini 10 kun muddatda ishlab chiqsin va ijrosini taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek mаrkur tashkilot rahbarlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har yarim yilda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasiga axborot kiritib borilsin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror “Jizzax ovozi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin. Shuningdek shahar hokimligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining rasmiy veb-sayti hamda maktablarning axborot stendlarida eʼlon qilinishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan shahar hokimining 2025-yil 22-maydagi “Maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga hududlar (mikrohudud)ni biriktirish toʻgʻrisida”gi 101-3-55-Q/26-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Jizzax shahar hokimining oʻrinbosari S.Silliyev hamda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining Yoshlar siyosati, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (M.Abdusattarova) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar hokimi K. XOLMURODOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Jizzax sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 22-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89-3-55-Q/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.