09.06.2026 yildagi VII-20-54-3-54-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan markaziy koʻchalar boʻyida joylashgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash, tuman markaziy koʻchalari boʻyida joylashgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini tizimli yoʻlga qoʻyish, ushbu xizmatlar uchun iqtisodiy asoslangan tariflarni belgilash hamda aholiga va tadbirkorlarga qulay va shaffof xizmat koʻrsatish tizimini yaratish maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hokimi oʻrinbosari – obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi M.Toʻrayevning markaziy koʻchalarda joylashgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan markaziy koʻchalar boʻyida joylashgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun tariflar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (R.Abdugʻaniyev)ga tasdiqlangan tariflarni amaliyotga toʻliq va oʻz vaqtida joriy etilishini taʼminlash, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, Iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, barcha tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatishda yagona yondashuv va tartib-intizomni taʼminlash vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (U.Normaxmatov)ga markaziy koʻchalarda joylashgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chiqindilarni oʻz vaqtida va sifatli olib chiqish, hududlarni sanitariya va ekologik talablarga muvofiq obodonlashtirish, belgilangan tariflar asosida xizmatlarni uzluksiz tashkil etish, shartnoma majburiyatlarini qatʼiy bajarish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (B.Normatov)ga mazkur xizmatlar uchun belgilangan tariflarning iqtisodiy asoslanganligini doimiy ravishda tahlil qilib borish, xizmatlar tannarxi va moliyaviy samaradorligini oʻrganish, budjet intizomiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash hamda ushbu sohada ortiqcha xarajatlarning oldini olish boʻyicha aniq choralar koʻrib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi (A.Suyunov)ga xizmatlar boʻyicha shakllanadigan barcha tushumlarning toʻliq va shaffof hisobga olinishini taʼminlash, tadbirkorlik subyektlari bilan hisob-kitoblarning toʻgʻri yuritilishini nazorat qilish, yashirin iqtisodiyotning oldini olish hamda soliq bazasini kengaytirish yuzasidan qatʼiy nazorat choralarini amalga oshirish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman hududida faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlik subyektlariga tasdiqlangan tariflar asosida belgilangan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish, tuzilgan shartnomalarga soʻzsiz rioya qilish hamda xizmat koʻrsatish jarayonida belgilangan tartib-intizomni buzmaslik majburiyati yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qaror ijrosini tashkil etish tuman hokimining Qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari – tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi M.Toʻrayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 (uch) oydan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi TILAKOV XOLBOYKUL ABDUGANIYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Yangiobod tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 9-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-20-54-3-54-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.