24.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3400-2
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.07.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUG'I
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tan olish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 24-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3400-2]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 507-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 10-noyabrdagi 61-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3400, 2022-yil 9-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2022-y., 10/22/3400/1087-son) bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun tan olingan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga kiritilgan quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son “Moliyaviy hisobotni taqdim etish” Buxgalteriya hisobining xalqaro standartiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-son “Pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot” Buxgalteriya hisobining xalqaro standartiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-son “Foyda soliqlari” Buxgalteriya hisobining xalqaro standartiga qoʻshimchalar 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-son “Valyuta kurslaridagi oʻzgarishlarning taʼsirlari” Buxgalteriya hisobining xalqaro standartiga qoʻshimchalar 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qoʻllash” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartiga qoʻshimcha 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-son “Moliyaviy instrumentlar: maʼlumotlarni yoritib berish” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish 6-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-son “Ijara” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha 7-ilovaga muvofiq tan olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir J. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 26-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
384-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 26-iyundagi 384-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son “Moliyaviy hisobotni taqdim etish” Buxgalteriya hisobining xalqaro standartiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 60-banddagi “66 — 76-bandlarga” degan soʻzlar “66 — 76B-bandlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 69-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“(g) u hisobot davrining oxirida majburiyatning soʻndirilishini hisobot davridan soʻng kamida oʻn ikki oy muddatga uzaytirish boʻyicha huquqqa ega boʻlmasa.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 69-banddan keyin quyidagi mazmundagi sarlavha bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Odatiy operatsion sikl (69 (a)-band))”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 70-banddan keyin quyidagi mazmundagi sarlavha bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asosan savdo maqsadida ushlab turiladigan (69(b)-band) yoki oʻn ikki oy ichida hisob-kitob qilinishi lozim boʻlgan (69(v)-band))”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 72-banddan keyin quyidagi mazmundagi sarlavha bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Majburiyatni soʻndirishni kamida oʻn ikki oyga kechiktirish huquqi (69(g)-band))”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 72A va 72B-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“72A. Tashkilotning hisobot davridan keyin kamida oʻn ikki oy davomida majburiyatni soʻndirishni kechiktirish huquqi mazmunan mavjud boʻlishi va 72B — 75-paragraflarda koʻrsatilganidek hisobot davri oxirida mavjud boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72B. Tashkilotning qarz bitimi boʻyicha yuzaga kelgan majburiyatni hisobot davridan keyin kamida oʻn ikki oyga soʻndirishni kechiktirish huquqi mazkur qarz bitimida belgilangan shartlarga (bundan keyin — “kovenantlar”) rioya qilinishiga bogʻliq boʻlishi mumkin. 69 (g)-paragrafni qoʻllash maqsadida bunday kovenantlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 74-75-bandlarda koʻrsatilganidek, agar tashkilot kovenant talablariga hisobot davri oxirida yoki undan oldin rioya qilishi talab etilsa, bunday kovenant hisobot davri oxirida mazkur huquqning mavjudligiga taʼsir koʻrsatadi. Bunday kovenant, hatto unga rioya etilganligi faqat hisobot davridan keyin baholangan taqdirda ham, hisobot davri oxirida mazkur huquqning mavjudligiga taʼsir koʻrsatadi (masalan, tashkilotning hisobot davri oxiridagi moliyaviy holatiga asoslangan, ammo unga rioya etilganligi faqat hisobot davridan keyin baholanadigan kovenant);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) agar tashkilot kovenant talablariga faqat hisobot davridan keyin rioya qilishi talab etilsa (masalan, hisobot davri tugaganidan keyin olti oy oʻtgach tashkilotning moliyaviy holatiga asoslangan kovenant), bunday kovenant hisobot davri oxirida mazkur huquqning mavjudligiga taʼsir koʻrsatmaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 73-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“73. Agar tashkilot mavjud kredit liniyasi doirasida majburiyatni hisobot davridan soʻng kamida oʻn ikki oy muddatga uzaytirishga hisobot davri oxirida huquqi mavjud boʻlsa, hatto ushbu majburiyat boshqa hollarda qisqaroq muddatda soʻndirilishi mumkin boʻlsa ham, u majburiyatni uzoq muddatli majburiyat sifatida tasniflaydi. Agar tashkilotda bunday huquq mavjud boʻlmasa, tashkilot majburiyatni qayta moliyalashtirish boʻyicha potensial imkoniyatini koʻrib chiqmaydi va majburiyatni joriy majburiyat sifatida tasniflaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 74-banddagi “kelishuvning” va “shartsiz huquqqa” degan soʻzlar tegishli ravishda “bitimning” va “huquqqa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 75A-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“75A. Tashkilotning majburiyatni hisobot davridan keyin kamida oʻn ikki oy davomida soʻndirishni kechiktirish huquqidan foydalanishi ehtimolligi majburiyatning tasniflanishiga taʼsir koʻrsatmaydi. Agar majburiyat 69-bandga muvofiq uzoq muddatli majburiyat sifatida tasniflash mezonlariga javob bersa, u hatto rahbariyat tashkilot mazkur majburiyatni hisobot davridan keyingi oʻn ikki oy ichida soʻndirishni rejalashtirayotgan yoki kutayotgan boʻlsa ham, shuningdek tashkilot majburiyatni hisobot davri oxiri bilan moliyaviy hisobotlar eʼlon qilish uchun tasdiqlangan sana oraligʻida soʻndirgan boʻlsa ham, uzoq muddatli majburiyat sifatida tasniflanadi. Biroq, ushbu holatlarning har ikkisida ham tashkilot moliyaviy hisobot foydalanuvchilariga majburiyatning tashkilot moliyaviy holatiga taʼsirini tushunish imkonini berish uchun majburiyatni soʻndirish muddatiga oid maʼlumotlarni oshkor qilishi talab etilishi mumkin (17 (v) va 76 (g)-bandlarga qarang).”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 76-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“76. Agarda quyidagi hodisalar hisobot davri oxiri va moliyaviy hisobotni eʼlon qilish uchun maʼqullash sanasi orasida sodir boʻlsa, ushbu hodisalar 10-son BHXS “Hisobot davridan keyingi hodisalar”ga muvofiq tuzatishni talab etmaydigan hodisalar sifatida yoritib beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) joriy majburiyat deb tasniflangan majburiyatni uzoq muddat asosida qayta moliyalashtirish (72-bandga qarang);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) joriy deb tasniflangan uzoq muddatli kredit bitimining buzilgan shartlarining tuzatilishi (74-bandga qarang);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) joriy deb tasniflangan uzoq muddatli kredit bitimining buzilgan shartlarini tuzatish uchun kreditor tomonidan imtiyozli davrning taqdim etilishi (75-bandga qarang); va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) uzoq muddatli majburiyat sifatida tasniflangan majburiyatning soʻndirilishi (75A-bandga qarang).”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 76ShA — 76B-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“76ShA. 69 — 75-bandlarni qoʻllashda, agar tashkilotning kredit bitimlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning soʻndirilishini kechiktirish huquqi tashkilotning hisobot davridan keyingi oʻn ikki oy davomida kovenantlarga rioya qilishiga bogʻliq boʻlsa, tashkilot ushbu majburiyatlarni uzoq muddatli majburiyatlar sifatida tasniflashi mumkin (72B-bandning “b” kichik bandiga qarang). Bunday holatlarda tashkilot moliyaviy hisobot foydalanuvchilariga hisobot davridan keyingi oʻn ikki oy ichida mazkur majburiyatlarning soʻndirilishi talab qilinishi mumkin boʻlgan riskni tushunish imkonini beradigan maʼlumotlarni izohlarda yoritib berishi lozim, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) kovenantlarga oid maʼlumotlar (jumladan, kovenantlarning xususiyati va tashkilot ularga qachon rioya qilishi talab etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar), shuningdek tegishli majburiyatlarning balans qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) agar mavjud boʻlsa, tashkilot kovenantlarga rioya qilishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligini koʻrsatuvchi faktlar va holatlar. Masalan, tashkilotning hisobot davri mobaynida yoki undan keyin kovenantning ehtimoliy buzilishining oldini olish yoki uning oqibatlarini yumshatish maqsadida choralar koʻrganligi. Bunday faktlar va holatlarga, shuningdek, agar kovenantlarga rioya etilishi hisobot davri oxiridagi tashkilot holatidan kelib chiqqan holda baholanganda, tashkilot ularga rioya qilmagan boʻlar edi, degan holat ham kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiyatni soʻndirish (69 (a), 69 (v) va 69 (g)-bandlar))
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76A. Majburiyatni joriy yoki uzoq muddatli majburiyat sifatida tasniflash maqsadida, soʻndirish deganda majburiyatning soʻndirilishiga olib keladigan aktiv yoki huquqning kontragentga oʻtkazilishi tushuniladi. Bunday oʻtkazish quyidagi shakllarda boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) pul mablagʻlari yoki boshqa iqtisodiy resurslar (masalan, tovarlar yoki xizmatlar); yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tashkilotning oʻz kapital instrumentlari, 76B-band qoʻllaniladigan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76B. Majburiyatning shartlari, kontragentning ixtiyoriga koʻra, tashkilotning oʻz xususiy kapital instrumentlari orqali toʻlanishiga olib kelishi mumkin boʻlsa ham, agar tashkilot 32-son BHXS “Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish”ni qoʻllab, ushbu variantni xususiy kapital instrumenti sifatida tasniflasa va uni majburiyatdan alohida qoʻshma moliyaviy instrumentning xususiy kapital tarkibiy qismi sifatida tan olsa, bu shartlar uning joriy yoki uzoq muddatli tasnifiga taʼsir koʻrsatmaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 139G-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 139U-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“139U. 2020-yil yanvarda eʼlon qilingan “Majburiyatlarni joriy yoki uzoq muddatli sifatida tasniflash” 69, 73, 74 va 76-bandlarga oʻzgartirish kiritdi hamda72A, 75A, 76A va 76B-bandlarni qoʻshdi. Tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni 2024-yil 1-yanvardan boshlab yoki undan keyingi hisobot davrlari uchun 8-son BHXSga muvofiq retrospektiv tarzda qoʻllashi lozim. Bundan oldinroq sanadan boshlab qoʻllashga ruxsat etiladi. Agar tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni “Kovenantli uzoq muddatli majburiyatlar” hujjati chiqarilgandan soʻng oldingi davr uchun qoʻllasa (139X-bandga qarang), u oʻsha davr uchun “Kovenantli uzoq muddatli majburiyatlar”ni ham qoʻllashi lozim. Agar tashkilot “Majburiyatlarni joriy yoki uzoq muddatli sifatida tasniflash”ni oldingi davr uchun qoʻllasa, u bu haqda maʼlumot berishi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 139X-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“139X. 2022-yil oktabrda eʼlon qilingan “Kovenantli uzoq muddatli majburiyatlar” 60, 71, 72A, 74 va 139U-bandlarga oʻzgartirish kiritdi hamda 72Bva 76ShA-bandlarni qoʻshdi. Tashkilot quyidagilarni qoʻllashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Kovenantli uzoq muddatli majburiyatlar” eʼlon qilinishi bilanoq 139U-bandga oʻzgartirish kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2024-yil 1-yanvardan boshlab yoki undan keyingi hisobot davrlari uchun 8-son BHXSga muvofiq barcha boshqa oʻzgartirishlarni retrospektiv tarzda qoʻllash. Bundan oldinroq sanadan boshlab qoʻllashga ruxsat etiladi. Agar tashkilot bu oʻzgartirishlarni oldingi davr uchun qoʻllasa, u oʻsha davr uchun “Majburiyatlarni joriy yoki uzoq muddatli sifatida tasniflash” qoidalarini ham qoʻllashi lozim. Agar tashkilot “Kovenantli uzoq muddatli majburiyatlar” qoidalarini oldingi davr uchun qoʻllasa, u bu haqda maʼlumot berishi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 26-iyundagi 384-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-son “Pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot” Buxgalteriya hisobining xalqaro standartiga kiritilgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 44D-banddan keyin quyidagi mazmundagi sarlavha hamda bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taʼminotchilarni moliyalashtirish boʻyicha bitimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44Ye. Tashkilot oʻzining taʼminotchilarni moliyalashtirish bitimlari toʻgʻrisidagi (44Yo-bandda tavsiflangan) maʼlumotlarni oshkor qilishi lozim. Bu moliyaviy hisobot foydalanuvchilariga mazkur bitimlarning tashkilotning majburiyatlari va pul oqimiga taʼsirini hamda tashkilotning likvidlilik riskiga taʼsirini baholash imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44Yo. Taʼminotchilarni moliyalashtirish boʻyicha bitimlar bir yoki bir nechta moliyalashtiruvchi tomon tashkilotning taʼminotchilar oldidagi qarzdorlik summalarini toʻlashni taklif qilishi va tashkilot bitim shartlari va qoidalariga muvofiq taʼminotchilarga toʻlov amalga oshirilgan sanada yoki undan keyingi sanada toʻlashga rozilik berishi bilan tavsiflanadi. Bunday bitimlar tegishli hisob-faktura boʻyicha toʻlov muddatiga nisbatan tashkilot uchun uzaytirilgan toʻlov muddatlarini yoki tashkilotning taʼminotchilari uchun ertaroq toʻlov muddatlarini taʼminlaydi. Taʼminotchilarni moliyalashtirish boʻyicha bitimlar koʻpincha taʼminot zanjirini moliyalashtirish, kreditorlik qarzlarini moliyalashtirish yoki teskari faktoring deb ataladi. Faqat tashkilot uchun kredit taʼminotini kuchaytirishga qaratilgan bitimlar (masalan, kafolat sifatida foydalaniladigan akkreditivlarni oʻz ichiga olgan moliyaviy kafolatlar) yoki tashkilot tomonidan taʼminotchi oldidagi qarzdorlik summalarini bevosita soʻndirish uchun foydalaniladigan vositalar (masalan, kredit kartalari) taʼminotchilarni moliyalashtirish boʻyicha bitimlar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44J. 44Ye-banddagi maqsadlarga erishish uchun tashkilot oʻzining taʼminotchilarni moliyalashtirish boʻyicha bitimlari boʻyicha jami holda quyidagi maʼlumotlarni oshkor qilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bitimlarning shartlari va qoidalari (masalan, uzaytirilgan toʻlov muddatlari hamda taqdim etilgan taʼminot yoki kafolatlar). Biroq, tashkilot shartlari va qoidalari bir-biridan farq qiladigan bitimlarning shartlari va qoidalarini alohida oshkor qilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) hisobot davrining boshida va oxirida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) taʼminotchilarni moliyalashtirish boʻyicha bitim tarkibiga kiruvchi moliyaviy majburiyatlarning balans qiymatlari va tashkilotning moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotida taqdim etilgan tegishli moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) (i)-kichik bandga muvofiq oshkor qilingan moliyaviy majburiyatlarning balans qiymatlari va tegishli moddalari, ular boʻyicha taʼminotchilar moliyalashtiruvchi tomonlardan toʻlovni allaqachon olgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) (i)-kichik bandga muvofiq oshkor qilingan moliyaviy majburiyatlar hamda taʼminotchilarni moliyalashtirish boʻyicha bitim tarkibiga kirmaydigan taqqoslanadigan savdo kreditorlik qarzlari uchun toʻlov muddatlari oraligʻi (masalan, hisob-faktura sanasidan keyin 30 — 40 kun). Taqqoslanadigan savdo kreditorlik qarzlari, masalan, tashkilotning (i)-kichik bandga muvofiq oshkor qilingan moliyaviy majburiyatlari bilan bir xil faoliyat sohasi yoki yurisdiksiyaga tegishli savdo kreditorlik qarzlaridir. Agar toʻlov muddatlari oraligʻi keng boʻlsa, tashkilot ushbu oraliqlar boʻyicha tushuntiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilishi yoki qoʻshimcha oraliqlarni (masalan, tabaqalashtirilgan oraliqlarni) oshkor qilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “b (i)” kichik bandga muvofiq oshkor qilingan moliyaviy majburiyatlarning balans qiymatlaridagi pulsiz oʻzgarishlarning turi va taʼsiri. Pulsiz oʻzgarishlarga misol sifatida biznes birlashuvlarining taʼsiri, valyuta kurslari farqlari yoki pul mablagʻlari yoki pul mablagʻlari ekvivalentlaridan foydalanishni talab etmaydigan boshqa operatsiyalar taʼsiri keltirilishi mumkin (43-bandga qarang).”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Kuchga kirish sanasi” sarlavhasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kuchga kirish sanasi va oʻtish qoidalari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 61-banddan keyin quyidagi mazmundagi 62 va 63-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“62. 2023-yil may oyida eʼlon qilingan “Taʼminotchini moliyalashtirish bitimlari”ga 44Ye — 44J-bandlari kiritildi. Tashkilotlar mazkur oʻzgartirishlarni 2024-yil 1-yanvardan yoki undan keyingi davrlarga nisbatan qoʻllashi lozim. Bundan oldinroq sanadan boshlab qoʻllashga ruxsat etiladi. Agar tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni oldinroq davr uchun qoʻllasa, u ushbu faktni yoritib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Taʼminotchining moliyaviy bitimlarini qoʻllashda tashkilot quyidagilarni oshkor qilishi shart emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni birinchi marta qoʻllaydigan yillik hisobot davri boshlanishidan oldin taqdim etilgan har qanday hisobot davrlari uchun qiyosiy maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni birinchi marta qoʻllaydigan yillik hisobot davrining boshida 44J-bandning “b (ii) — (iii)” kichik bandida talab qilingan boshqa maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tashkilot ushbu oʻzgartirishlarni birinchi marta qoʻllaydigan yillik hisobot davrida taqdim etilgan har qanday oraliq davr uchun 44Ye — 44J-bandlarida talab qilingan boshqa maʼlumotlar.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 26-iyundagi 384-son buyrugʻiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-son “Foyda soliqlari” Buxgalteriya hisobining xalqaro standartiga kiritilgan qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 4-banddan keyin quyidagi mazmundagi 4A-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4A. Ushbu Standart Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) tomonidan chop etilgan Ikkinchi Ustun model qoidalarini amalga oshirish uchun qabul qilingan yoki amalda qabul qilingan soliq qonunchiligidan kelib chiqadigan daromad soliqlariga, shu jumladan ushbu qoidalarda tasvirlangan malakali milliy minimal qoʻshimcha soliqlarni amalga oshiradigan soliq qonunchiligiga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday soliq qonunchiligi va undan kelib chiqadigan daromad soliqlari bundan buyon “Ikkinchi Ustun qonunchiligi” va “Ikkinchi Ustun daromad soliqlari” deb yuritiladi. Ushbu Standart talablaridan istisno sifatida, tashkilot Ikkinchi Ustun daromad soliqlari bilan bogʻliq kechiktirilgan soliq aktivlari va majburiyatlari haqidagi maʼlumotlarni tan olmasligi va yoritib bermasligi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 88-banddan keyin quyidagi mazmundagi sarlavha hamda bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ Xalqaro soliq islohoti — Ikkinchi ustun modeli qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88A. Tashkilot Ikkinchi Ustun daromad soliqlari bilan bogʻliq kechiktirilgan soliq aktivlari va majburiyatlari haqidagi maʼlumotlarni tan olish va yoritib berishdan istisno qilish qoidasini qoʻllaganligini yoritib berishi lozim (4A-bandga qarang).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88B. Tashkilot Ikkinchi Ustun daromad soliqlari bilan bogʻliq joriy soliq xarajatini (daromadini) alohida yoritib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88V. Ikkinchi ustun qonunchiligi qabul qilingan yoki amalda qabul qilingan, biroq hali kuchga kirmagan davrlarda, tashkilot moliyaviy hisobot foydalanuvchilariga mazkur qonunchilikdan kelib chiqadigan Ikkinchi ustun daromad soliqlariga nisbatan oʻz taʼsirlanishini tushuntirishga yordam beradigan maʼlum yoki asosli baholangan maʼlumotlarni yoritib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88G. 88V-bandda belgilangan maʼlumotlarni yoritib berish maqsadiga erishish uchun, tashkilot hisobot davrining oxirida Ikkinchi Ustun daromad soligʻiga nisbatan oʻz taʼsirlanish darajasi haqidagi sifat va miqdoriy maʼlumotlarni yoritib berishi lozim. Ushbu maʼlumotlar Ikkinchi Ustun qonunchiligining barcha aniq talablarini aks ettirishi shart emas va taxminiy koʻrsatkichlar oraligʻi shaklida taqdim etilishi mumkin. Agar maʼlumotlar nomaʼlum yoki asosli ravishda baholab boʻlmaydigan boʻlsa, tashkilot buning oʻrniga shu haqda bayonot berishi va oʻzining taʼsirlanish darajasini baholash boʻyicha olib borayotgan ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoritib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88V — 88G-bandlarga oid misollar: 88V — 88G-bandlardagi maqsad va talablarga javob berish uchun tashkilot yoritib berishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarga misollar quyidagilarni oʻz ichiga oladi: sifat maʼlumotlari, masalan, Ikkinchi Ustun qonunchiligi tashkilotga qanday taʼsir qilishi va Ikkinchi Ustun daromad soliqlari mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan asosiy yurisdiksiyalar haqidagi maʼlumotlar; hamda miqdoriy maʼlumotlar, masalan: tashkilot foydasining Ikkinchi Ustun daromad soligʻiga tortilishi mumkin boʻlgan qismi va ushbu foydalarga nisbatan qoʻllaniladigan oʻrtacha samarali soliq stavkasi; agar Ikkinchi Ustun qonunchiligi amalda boʻlganida, tashkilotning oʻrtacha samarali soliq stavkasi qanday oʻzgarishini koʻrsatadigan maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

88V — 88G-bandlarga oid misollar

88V — 88G-bandlardagi maqsad va talablarga javob berish uchun tashkilot yoritib berishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarga misollar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

(a) sifat maʼlumotlari, masalan, Ikkinchi Ustun qonunchiligi tashkilotga qanday taʼsir koʻrsatishi va Ikkinchi Ustun daromad soliqlari taʼsiri mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan asosiy yurisdiksiyalar haqidagi maʼlumotlar; va

(b) miqdoriy maʼlumotlar, masalan:

(i) tashkilot foydalarining Ikkinchi Ustun daromad soliqlari taʼsiriga tushishi mumkin boʻlgan qismining koʻrsatkichi va ushbu foydalarga nisbatan qoʻllaniladigan oʻrtacha samarali soliq stavkasi; yoki

(ii) agar Ikkinchi Ustun qonunchiligi amalda boʻlganida, tashkilotning oʻrtacha samarali soliq stavkasi qanday oʻzgarishini koʻrsatadigan maʼlumot.

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 98K-banddan keyin quyidagi mazmundagi 98L-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“98L. 2023-yil mayda eʼlon qilingan Xalqaro soliq islohoti — Ikkinchi Ustun modeli qoidalari tufayli 4A va 88A — 88G-bandlar kiritildi. Tashkilot quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 4A va 88A bandlarni ushbu oʻzgartirishlar eʼlon qilinishi bilan darhol hamda 8-son BHXSga muvofiq retrospektiv ravishda qoʻllash; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 88B-88G bandlarni 2023-yil 1-yanvardan yoki undan keyingi yillik hisobot davrlari uchun qoʻllashi lozim. Tashkilot 2023-yil 31-dekabrgacha yoki undan oldin tugaydigan oraliq davrlar uchun mazkur bandlarda talab etilgan maʼlumotlarni yoritib berishi shart emas.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 26-iyundagi 384-son buyrugʻiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-son “Valyuta kurslaridagi oʻzgarishlarning taʼsirlari” Buxgalteriya hisobining xalqaro standartiga kiritilgan qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Taʼriflarni batafsil aniqlashtirish” sarlavhasidan keyin quyidagi mazmundagi 8A-8B-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8A-8B. [Ushbu bandlar kuchga kirmagan oʻzgartirishlarni nazarda tutadi va shuning uchun ushbu tahrirda keltirilmagan.]”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 19-banddan keyin quyidagi mazmundagi 19A-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“19A. [Ushbu band kuchga kirmagan oʻzgartirishlarni nazarda tutadi va shuning uchun ushbu tahrirda keltirilmagan.]”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 57-banddan keyin quyidagi mazmundagi 57A-57B-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“57A — 57B. [Ushbu bandlar kuchga kirmagan oʻzgartirishlarni nazarda tutadi va shuning uchun ushbu tahrirda keltirilmagan.]”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 60Y-banddan keyin quyidagi mazmundagi 60K-60L-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“60K-60L. [Ushbu bandlar kuchga kirmagan oʻzgartirishlarni nazarda tutadi va shuning uchun ushbu tahrirda keltirilmagan.]”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 26-iyundagi 384-son buyrugʻiga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qoʻllash” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartiga kiritilgan qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 39AJ-banddan keyin quyidagi mazmundagi 39AZ-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“39AZ. [Ushbu band kuchga kirmagan oʻzgartirishlarni nazarda tutadi va shuning uchun ushbu tahrirda keltirilmagan.]”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 26-iyundagi 384-son buyrugʻiga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-son “Moliyaviy instrumentlar: maʼlumotlarni yoritib berish” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartiga kiritilgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 44ZZ-banddan keyin quyidagi mazmundagi 44II-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44II. 2023-yil mayda chiqarilgan taʼminotchini moliyalashtirish boʻyicha bitimlar 7-son BHXSga oʻzgartirishlar kiritib, B11E-bandni ham oʻzgartirdi. Tashkilot 7-son BHXSga kiritilgan oʻzgartirishlarni qoʻllaganida ushbu tuzatishni ham qoʻllashi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. B11E-bandda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“j” va “z” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“(j) tashkilot unga moliyaviy majburiyatlarni pul mablagʻlari (yoki boshqa moliyaviy aktiv) bilan yoxud oʻz aksiyalarini berish bilan soʻndirishni tanlash imkoniyatini beradigan instrumentlarga egaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) sof asosda hisob-kitob qilinadigan asosiy shartnomalar doirasidagi instrumentlarga egaligi; yoki”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi “i” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“(i) tashkilot taʼminotchilarni moliyalashtirish boʻyicha bitimlar doirasidagi (7-son MHXSning 44Yo-bandida tavsiflangan) moliyalashtirish mexanizmlaridan foydalangan yoki ulardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan boʻlsa va ushbu mexanizmlar tashkilotga uzaytirilgan toʻlov muddatlarini yoki tashkilotning taʼminotchilariga ertaroq toʻlov muddatlarini taqdim etsa.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 26-iyundagi 384-son buyrugʻiga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-son “Ijara” Moliyaviy hisobotning xalqaro standartiga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 102A-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“102A. Boshlanish sanasidan soʻng sotuvchi-ijarachi qayta ijaradan yuzaga kelgan foydalanish huquqiga 29 — 35-bandlarni va qayta ijaradan kelib chiqqan ijara majburiyatiga 36 — 46-bandlarni qoʻllaydi. 36 — 46-bandlarni qoʻllashda, sotuvchi-ijarachi “ijara toʻlovlari” yoki “qayta koʻrib chiqilgan ijara toʻlovlari”ni shunday belgilashi lozimki, sotuvchi-ijarachi oʻzida saqlab qolgan foydalanish huquqiga tegishli foyda yoki zararning hech qanday miqdorini tan olmasligi kerak. Ushbu banddagi talablarning qoʻllanilishi sotuvchi-ijarachining 46(a)-bandga muvofiq ijara shartnomasining qisman yoki toʻliq bekor qilinishi bilan bogʻliq har qanday foyda yoki zararni foyda yoki zarar sifatida tan olishiga toʻsqinlik qilmaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. V1G-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“V1G. 2022-yil sentabrda eʼlon qilingan “Sotish va qayta ijaraga olishda ijara majburiyati” V2-bandiga oʻzgartirish kiritdi hamda 102A va V20D-bandlarni qoʻshdi. Sotuvchi-ijarachi mazkur oʻzgartirishlarni 2024-yil 1-yanvarda yoki undan keyin boshlanadigan yillik hisobot davrlari uchun qoʻllashi lozim. Bundan oldinroq qoʻllashga ruxsat etiladi. Agar sotuvchi-ijarachi ushbu oʻzgartirishlarni oldingi davr uchun qoʻllasa, u ushbu faktni oshkor qilishi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. V2-banddagi “V1 — V19-bandlaridagi” degan soʻzlar “V1 — V20D-bandlaridagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. V20G-banddan keyin quyidagi mazmundagi sarlavha bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sotish va qayta ijaraga olishda ijara majburiyati”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. V20D-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“V20D. Sotuvchi-ijarachi “Sotish va qayta ijaraga olishda ijara majburiyati”ni (V1G-bandga qarang) dastlabki qoʻllash sanasidan keyin tuzilgan sotish va qayta ijaraga olish bitimlariga nisbatan 8-son BHXSga muvofiq retrospektiv tarzda qoʻllashi lozim.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026 y., 10/26/3400-2/0779-son)