XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHINING
qarori
Parkent tumanida 2026-yil vegetatsiya davri uchun yakuniy iste`molchilar kesimida ekinlarni sugʼorish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash hamda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktorining suv xoʼjaligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti toʼgʼrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarorining 7-bandida 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktyabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun Хalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilab qoʻyilgan. Shunga koʻra 2026-yil sugʻorish davri uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlab berish maqsadga muvofiq deb belgilangan.
Parkent tuman suv yetkazib berish xizmati Davlat muassasasi direktori T. Salimovning hisobotini tinglab, bildirilgan fikr va muloxazalarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6 va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Tuman “Suv etkazib berish xizmati” Davlat muassasasi boshligʻi T. Salimovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Parkent tumanida 2026-yilning sugʻorish (vegetatsiya) mavsumida suv isteʼmolchilari kesimida suv olish limiti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining oʼrinbosari (O. Xamdamov) ga “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (T. Salimov) bilan birgalikda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini tumanda samarali tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (X. Muxiddinov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi F. DADAMATOV
Toshkent viloyati, Parkent tumani,
2026-yil 23-aprel,
VII-23-25-10-141-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.