XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT VILOYATI KENGASHINING
qarori
Viloyat hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega A-373 “Toshkent-Ohangaron-Angren-Qoʻqon-Shahrixon-Andijon” avtomobil yoʻlining 103 — 131-kilometrlari oraligʻida yuqori harakatlanish tezligini kamaytirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 98-sonli Farmonining 3-bandiga asosan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining tashabbuskorligini yanada oshirish maqsadida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga “Yoʻllarning ayrim qismlarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yoʻl belgilari oʻrnatib) ruxsat berish” boʻyicha takliflarga rozilik berish vakolati berilgan.
Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan oʻtgan xalqaro ahamiyatiga ega A373 “Toshkent-Ohangaron-Angren-Qoʻqon-Shahrixon-Andijon” avtomobil yoʻlining 103-131-kilometrlari oraligʻida yoʻl-transport hodisalarini oldini olish, fuqarolar va harakat xavfsizligini taʼminlash, maqsadida transport vositalarining yuqori harakatlanish tezligini jumladan,
M1 (yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari), M2 (oʻrindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 tonnagacha boʻlgan avtotransport vositalari), N1 (yuk tashish uchun moʻljallangan, eng katta vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan avtotransport vositalari) toifadagi transport vositalari uchun yuqori harakatlanish tezligi 80 km/soatga;
N2 (yuk tashish uchun moʻljallangan, eng katta vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan, lekin 12 tonnadan oshmaydigan avtotransport vositalari), N3 (yuk tashish uchun moʻljallangan, eng katta vazni 12 tonnadan ortiq boʻlgan avtotransport vositalari) toifadagi transport vositalari uchun 50 km/soatga kamaytirish, 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” (80 km/soat) va 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” (50 km/soat) va yoʻl belgilarini oʻrnatish zarurati yuzaga kelmoqda.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat, transport va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 30-apreldagi yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining 2026-yil 19-martdagi 24/6-3761-sonli, Toshkent viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.Mahmudovning 2026-yil 22-apreldagi 6-4-1984-sonli xati hamda Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha hududiy maxsus komissiyaning 2026-yil 7-apreldagi yigʻilish bayoni bilan taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilib, tayyorlangan qaror loyihasi (regulation.gov.uz) portaliga joylashtirilib, jamoatchilik muhokamasi muddati 2026-yil 27-mayda yakunlangan.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat, transport va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 30-apreldagi yigʻilish bayoni va xulosasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi, qaror qiladi:
1. Toshkent viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh. Mahmudovning 2026-yil 22-apreldagi 6-4-1984-sonli xati hamda Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha hududiy maxsus komissiyaning 2026-yil 7-apreldagi yigʻilish bayoni maʼlumot va asos uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 98-sonli farmoniga asosan, Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha hududiy maxsus komissiyasining Toshkent viloyati Ohangron tumani hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatiga ega A-373 “Toshkent-Ohangaron-Angren-Qoʻqon-Shahrixon-Andijon” avtomobil yoʻlining 3 ta aholi yashash joyidan tashqari qismida harakat tezligini kamaytirish boʻyicha taklifi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. “Qamchiqavtoyoʻl ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish korxonasi” davlat muassasasi direktori B. Raxmanov:
oʻn kun muddatda ilovada koʻrsatilgan hududlarda yoʻl-transport hodisalarini oldini olish va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida harakat tezligini cheklash uchun 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” (80 km/soat), 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” (50 km/soat) va 7.4.1 — 7.4.10 qoʻshimcha axborot belgilaridan tegishlisi bilan birgalikda yoʻl belgilari oʻrnatish choralarini koʻrsin.
4. Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi (Gʻ. Sheraliyev), viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati (B. Toʻlaganov) viloyatning ayrim hududlarida harakat yoʻl transport xodisalarini oldini olish maqsadida harakat tezligi kamaytirilganligini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Qarorning ijrosini taʼminlashga masʼul etib, viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.Mahmudov hamda viloyati hokimligi huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari boʻyicha guruhi rahbari F. Mirzayev belgilansin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat, transport va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi A. Xudayberganov zimmasiga yuklansin.
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi S. FAYZIYEVA
Toshkent viloyati,
2026-yil 8-iyun,
VII-35-75-10-0-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.