NAVOIY VILOYATI NAVOIY SHAHAR HOKIMINING
QARORI
Navoiy shahrida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan shahardagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga asosan shaharda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)ni aniq belgilab olish maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asoslanib, qaror qilaman:
1. Navoiy shahrida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. Maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish umumtaʼlim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy) roʻyxatga olish orqali amalga oshirilsin.
3. Shahar hokimi oʻrinbosari (Yorqulov), shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (Achilov) va umumtaʼlim maktablari rahbarlariga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga, umumtaʼlim muassasasi bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifalari topshirilsin.
4. Belgilansinki, shahardagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
Shahar hokimi D. ERGASHEV
Navoiy viloyati, Navoiy sh.,
2026-yil 11-iyun,
64-5-79-Q/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.