Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 15-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2634-10]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-son “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 51-son, 612-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 19-iyun,
376-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 19-iyundagi 376-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 24-bandning oltinchi xatboshisi va 61-bandning oltinchi xatboshisidagi “professional” degan soʻz “kasbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 35-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga” degan soʻzlar “Mashgʻulotlarning milliy klassifikatoriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 541-bandning uchinchi xatboshisidagi “aholini kam taʼminlangan qatlamidan boshlangʻich sinflarda oʻquvchilari soni” degan soʻzlar “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning boshlangʻich sinflarda tahsil olayotgan oʻquvchilari soni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 10/26/2634-10/0738-son)