XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMANI KENGASHINING
qarori
Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining 6-martdagi VII-29-31-12-175-K/26-sonli qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 18(1)-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashining 2026-yil 6-martdagi VII-29-31-12-175-K/26-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.”.
2. Xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashining 2026-yil 6-martdagi VII-29-31-12-175-K/26-sonli qarorining boshqa bandlari hamda ilovalari oʻzgarishsiz qoldirilsin.
3. Xonqa tuman Adliya boʻlimining 2026-yil 14-may 1-9-219/8-sonli taqdimnomasi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
4. Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining 2026-yil 12-maydagi VII-34-51-12-175-K/26-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi S. Raxmanov zimmasiga yuklansin.
6. Ushbu qaror ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinsin.
Kengash raisi X. ABDIRAMANOV
Xorazm viloyati, Xonqa tumani,
2026-yil 10-iyun,
VII-36-66-12-175-K/26-son