XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMANI KENGASHINING
qarori
2026-yil sugʻorish mavsumida Xonqa tumanida suvdan samarali foydalanish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, Xalq deputatlari tuman Kengashi, qaror qiladi:
1. Xonqa tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tomonidan 2026-yil 14-martdagi “2026-yilda vegetatsiya davriga ajratilgan suv olish limitlarini tasdiqlash yuzasida”gi 100-sonli xati ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Xonqa tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining 2026-yil vegetasiya davrida suv isteʼmolchilariga yetkazib beriladigan cheklangan suv miqdorlari to`g`risidagi ma`lumoti 1-ilova muvofiq tasdiqlansin.
3. Xonqa tumani suv yetkazib berish xizmati DM direkroti (U. Yaqubov)ga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tuman soliq inspeksiyasiga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga har chorak yakuni bilan hisobotlarni belgilangan muddatda berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qaror tuman hokimligining rasmiy veb sayti (Sh. Xoʻjaniyazov)ga joylashtirilsin hamda “Xonqa hayoti” gazetasi (M. Sapayeva)da rasmiy eʼlon qilinsin.
5. Qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Q. Qurbonboyev) zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi X. ABDIRAMANOV
Xorazm viloyati, Xonqa tumani,
2026-yil 10-aprel,
VII-33-45-12-175-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.