Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-47-son qarorining tumandagi ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-47-sonli qarori qabul qilingan. Ushbu qarorni qabul qilishdan asosiy maqsadli koʻrsatkichlar etib quyidagilar belgilangan
Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va undan foydalanish boʻyicha Xitoyning Shinjon tajribasi asosida mutaxassis kadrlar malakasini tizimli oshirishni yoʻlga qoʻyish.
Suv xoʻjaligi obektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, suv tejovchi texnologiyalarni qurib beruvchi pudrat tashkilotlari tomonidan xar bir loyihaga kamida 2 yillik kafolat muddati berilishi hamda 5 yil davomida servis xizmatlari koʻrsatilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishi belgilab qoʻyilgan.
Tuman ”Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori SH.Boʻronovning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-47-son qarorining tumandagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni doimiy komissiyasiga muhokama qilinib, komissiya aʼzolarining fikr mulohazalari inobatga olgan holda, 2026-yil 5-fevral kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-47-son qarorining 2-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Kogon tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazining 2026-yil 12-fevral kunidagi 22-06/563-sonli hamda Тuman ”Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Sh. Boʻronovning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-47-son qarorining tumandagi ijrosi toʻgʻrisida 2026-yil 6-mart kunidagi 51-sonli xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Suv bilan barqaror taʼminlangan hududda joylashgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar roʻyxati 1-ilovaga, suv bilan barqaror taʼminlanmagan hududda joylashgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari A. Bekmurodovga:
suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va undan foydalanish boʻyicha Xitoyning Shinjon tajribasi asosida mutaxassis kadrlar malakasini tizimli oshirishni yoʻlga qoʻyish vazifalari yuklatilsin.
4. Tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori Sh. Boʻronovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-47-son qarori asosida ishlarni tashkil etish;
2026-yil 1-oktabrdan suv tejovchi texnologiyalarni oʻrnatish ishlari majburiy tartibda tasdiqlangan minimal talab va meʼyorlar asosida amalga oshirish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
5. Тuman Davlat soliq inspeksiyasi (S. Ahmedov), “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (Sh. Boʻronov):
2027-yildan boshlab sholi yetishtiriladigan maydonlarning suvning kirish qismiga hamda baliqchilik xoʻjaligi tashkil qilingan yer maydonlarining suvning kirish va chiqish qismiga tadbirkorlik subyektlari oʻz mablagʻlari hisobidan «aqlli» suv oʻlchash va hisoblash vositalarini oʻrnatishi majburiy etib belgilanishi;
“Aqlli” suv oʻlchash va hisoblash vositalari oʻrnatilmaganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobarga oshirilgan miqdorda hisoblanishi;
2027-yildan boshlab, har yili suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi va subsidiyalar sugʻoriladigan yer maydonlarining suv bilan taʼminlanganlik holatidan kelib chiqib belgilanishi;
suv bilan barqaror taʼminlanmagan hududda joylashgan sugʻoriladigan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinganda, ajratiladigan subsidiyalarga 1,25 oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllagan holda hisoblanishi inobatga olinsin.
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Y. Bozorov) zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi X. TURSUNOVA
Buxoro viloyati, Kogon tumani,
2026-yil 7-aprel,
VII-20-47-2-36-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.