25.06.2026 yildagi VII-23-68-2-36-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kogon tumani mahalliy byudjetining ijrosi jarayonida maqbullashtiriladigan xarajatlar hisobiga boʻshab qoladigan mablagʻlarni qoʻshimcha manbalari sifatida yoʻnaltirish hamda 1-hisobot chorak yakuni boʻyicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan shakllangan va Xalq Deputatlari tuman Kengashining 05.06.2026 yildagi VII-22-56-2-36-K/26-sonli Qarorining 1-ilovasi (3-bandi)ga asosan yoʻnaltirilgan mablagʻni qayta yoʻnaltirish yuzasidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 126-moddasiga asosan mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari Xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlariga asosan yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 119-moddasiga asosan tuman mahalliy byudjetining 2026 yil ijrosi jarayonida maqbullashtiriladigan xarajatlar hisobiga boʻshab qoladigan mablagʻlarni qoʻshimcha manba sifatida yoʻnaltirish boʻyicha tuman hokimligidan takliflar Xalq deputatlari tuman Kengashiga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz navbatida, ushbu takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 12-martdagi KQ-325-V-sonli qaroriga asosan jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari (“regulation.gov.uz”) portaliga joylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 27 va 119, 126-moddalari hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Kogon tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hokimining takliflari taqdimnomasiga asosan Kogon tumani mahalliy byudjeti ijrosi jarayonida xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga boʻshab qolgan mablagʻlarni tuman mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari sifatida shakllanganligi munosabati bilan ushbu mablagʻlar hisobidan hamda 1-hisobot chorak yakuni boʻyicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan shakllangan va Xalq Deputatlari tuman Kengashining 05.06.2026 yildagi VII-22-56-2-36-K/26-sonli qarorining 1-ilovasi (3-bandi)ga asosan yo'naltirilgan mablagʻni qayta yo'naltirish yuzasidan o'zgartirish va qo'shimchalar tumanda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatdagi tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish uchun ilovalarga muvofiq yoʻnaltirishga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda tuman Gʼaznachilik xizmati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi budjet qonunchiligi talablari asosida maqbullashtirilgan xarajatlar hisobiga boʻshab qolgan mablagʻlarni tuman mahalliy budjetining 2026-yil qoʻshimcha manbalari sifatida yoʻnaltirish yuzasidan tegishli oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi yuzasidan tizimli monitoring yuritish, iqtisod qilingan mablagʻlarni tuman budjetiga qaytarish boʻyicha takliflarning kiritilishini taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining moliya-iqtisod va kambagʼallikni qisqartirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʼi hamda ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investisiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi X. TURSUNOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Kogon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 25-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-23-68-2-36-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.