27.04.2026 yildagi VII-21-53-2-36-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kogon tumani hududidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosi yuzasidan hamda tuman hokimining 2025-yil 24-dekabrdagi 151-2-36-F/25-sonli farmoyishiga asosan Respublika Aerogeodeziya markazi Jizzax hududlararo boʻlinmasi tomonidan Buxoro viloyati Kogon tumanining maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarining yakuniga koʻra umumiy perimetri 473 923 metr, umumiy maydoni 79 094,03 gektar ekanligi aniqlandi. Tumandagi shaharcha va qishloqlarning umumiy uzunligi va umumiy maydonlari quyidagilardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sarayonobod shaharchasining umumiy perimetri 3853 metr, umumiy maydoni 58,85 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tutikunda shaharchasining umumiy perimetri 7351 metr, umumiy maydoni 156,63 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bahouddin Naqshband qishlogʻining umumiy perimetri 34159 metr, umumiy maydoni 3014,45 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Beklar qishlogʻining umumiy perimetri 69854 metr, umumiy maydoni 10119,69 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guliston qishlogʻining umumiy perimetri 71119 metr, umumiy maydoni 16852,66 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kogon qishlogʻining umumiy perimetri 28740 metr, umumiy maydoni 2363,67 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Niyozhoji qishlogʻining umumiy perimetri 33122 metr, umumiy maydoni 2195,73 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nurafshon qishlogʻining umumiy perimetri 18824 metr, umumiy maydoni 1294,17 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrtachoʻl qishlogʻining umumiy perimetri 34640 metr, umumiy maydoni 4408,05 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tutikunda qishlogʻining umumiy perimetri 30982 metr, umumiy maydoni 1675,58 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ubachoʻli qishlogʻining umumiy perimetri 19064 metr, umumiy maydoni 1344,45 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻja yakshaba qishlogʻining umumiy perimetri 31602 metr, umumiy maydoni 3728,53 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangihayot qishlogʻining umumiy perimetri 90612 metr, umumiy maydoni 31881,57 gektar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kogon tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilashda shaharchalar va har bir qishloqlarning chegaralari ajratib koʻrsatilgan holda tavsiflandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegaralar chizigʻining yozuvli matni tavsifida joyning tegishli topografik elementlari bilan bogʻlanib, chegara nuqtalari oʻrtasidagi masofasi va chegara chizigʻining qutb yoʻnalishlari aks ettirildi. Chegara chizigʻining burilish nuqtalari koordinatalari koʻrsatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aerogeodeziya markazi Jizzax hududlararo boʻlinmasi tomonidan Kogon tumanidagi shaharcha va qishloqlarning, shuningdek tumanga boʻysunuvchi Kogon shaharchasi chegaralarini belgilash boʻyicha bajarilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish yuzasidan Kogon tumanida maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, hudud(massiv)lar kesimida yer maydonlarini deshifrovka qilish, yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish hamda natijalari asosida elektron raqamli qishloq xoʻjalik xaritalarini yangilash ishlarini amalga oshirish boʻyicha tuzilgan tuman ishchi guruhning 2026-yil 27-martdagi 01-1-sonli yigʻilish bayonini muhokama qilib, “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat kadastrlar palatasi Kogon tumani filiali rahbari H. Baqoyevning Kogon tumanidagi shahar, shaharcha hamda qishloqlarning chegaralarini belgilash toʻgʻrisidagi axboroti hamda Respublika aerogeodeziya markazi Jizzax hududlararo boʻlinmasi tomonidan Kogon tumanidagi shaharcha va qishloqlarning chegaralarini belgilash boʻyicha bajarilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish yuzasidan Kogon tumanida maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, hudud(massiv)lar kesimida yer maydonlarini deshifrovka qilish, yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish hamda natijalari asosida elektron raqamli qishloq xoʻjalik xaritalarini yangilash ishlarini amalga oshirish boʻyicha tuzilgan tuman ishchi guruhning 2026-yil 27-martdagi 01-1-sonli yigʻilish bayonini maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika aerogeodeziya markazi Jizzax hududlararo boʻlinmasi tomonidan 2026-yil 3-aprel kunidagi 01-66-sonli xati inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kogon tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari yakuniy natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot 1-ilovaga, maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash boʻyicha kartografik chizmasi 2-ilovaga muvofiq maqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kogon tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegara chiziqlarining tavsiflari hamda maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmalari 3 — 15-ilovalarga muvofiq maqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimligi matbuot xizmati rahbari (A. Qaxxorov)ga mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytida yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi muhokamasiga kiritish uchun yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari M. Shamsiyevga, ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi X. TURSUNOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Kogon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-21-53-2-36-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.