Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining
buyrugʻi
Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 25-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2238-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 11-apreldagi 45-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238, 2011-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 275-modda) bilan tasdiqlangan Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor T. NAZAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 12-iyun,
9-n-son
Kelishildi:
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2025-yil 27-noyabr
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 19-noyabr
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 18-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 12-iyundagi 9-n-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish tartibini belgilaydi.”.
2. 12, 117, 133 va 136-bandlardan “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 94-banddagi “Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga tekshirish oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 481-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligiga doir tekshiruv oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” degan soʻzlar almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026 y., 10/26/2238-5/0626-son)