XALQ DEPUTATLARI FORISH TUMANI KENGASHINING
Qarori
Forish tumani boʻyicha 2026-yil (vegetatsiya) davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinida suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Forish tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qaror ijro uchun hamda Forish tumani “Suv yеtkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktor E.Xolbekovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Forish tuman «Suv yetkazib berish xizmati» Davlat muassasasi direktori E.Xolbekovning Forish tumani boʻyicha 2026-yil sugʻorish mavsumi “vegetatsiya” davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Forish tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori E.Xolbekovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish taminlansin;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi agrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlari amalga oshirilsin;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga oʻz vaqtida taqdim etib borilsh vazifalari yuklatilsin.
4. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga har chorak yakuni bilan hisobotlarni taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
5. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Ushbuqarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Аgrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi” doimiy komissiya (A.Ergashev) hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari zimmasiga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi KARIMOV BOTIR NARINOVICH
Jizzax viloyati, Forish tumani,
2026-yil 21-may,
VII-21-50-3-53-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.