13.05.2026 yildagi VII-29-134-3-0-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI JIZZAX VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hududidagi D-048 avtomobil yoʻlida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish maqsadida tezlikni kamaytirish yoʻl belgisi oʻrnatish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi 900-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-98-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025-yil 9-iyul kuni oʻtkazilgan “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, infratuzilmani yaxshilash va tirbandlikni kamaytirish chora-tadbirlari” yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining 2026-yil 9-apreldagi 48/10/-1076-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat hududida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish maqsadida yoʻl belgisi oʻrnatishboʻyicha tegishli mutaxassislar tomonidan joyida batafsil oʻrganilganligi hisobga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat hududidagi avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish maqsadida Jizzax viloyatining Forish tumani hududidan oʻtuvchi davlat ahamiyatiga ega boʻlgan D-048 “Jizzax sh. – Yangi qishloq q. – Qizilcha q. – Qizilqum q.” avtomobil yoʻlining 40-46 km.lari, 48-53 km.lari hamda 71-114 km.lari oraligʻidagi belgilangan tezlik 100 km/soat boʻlgan yoʻl qismlarini 70 km/soat tezlikka tushirish (tegishli yoʻl belgilari oʻrnatish)ga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jizzax viloyati Avtomobil yoʻllari hududiy boshqarmasi boshligʻi (M.Mamadaliyev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masalaga masʼul boʻlgan tashkilotlar bilan birgalikda ushbu qarorga asosan tegishli yoʻl belgilarini oʻrnatish va harakat xavfsizligini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda tuman (shahar) markazlaridagi yoʻl belgilari va koʻrsatkichlari, svetoforlar, yoʻl chiziqlarini chizish, piyoda oʻtish joylarini belgilash, yoʻl harakati vositalarini tartibga solish va mazkur qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha xalq deputatlari viloyat Kengashiga joriy yil 24-oktyabrga qadar maʼlumot taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi 2025-yil 30-dekabrdagi “D048 (4R36) “Jizzax sh. - Bogʻdon sh. - Qizilcha q. - D191 avtomobil yoʻli (87 km.ga)” avtomobil yoʻlining 7-114 km (107 km) qismlarini rekonstruksiya qilish va D051 (4R39) “Sh.Rashidov t. - Uchtepa q. - Oqtom q. - Forish t.” avtomobil yoʻlining 0-26 km (26 km) qismini rekonstruksiya qilish loyihasi konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-23-356-3-0-K/25-sonli qaror ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan II-chorak yakuni bilan xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashiga hisobot berish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasini jamoat xavfsizligi xizmati yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi (A.Saydaxmatov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl transport hodisalari sodir etilayotgan nuqtalarda transport vositalarining harakatini cheklash boʻyicha zaruriy choralarni koʻrib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyat hokimligi Axborot xizmati (A.Binoqulov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyat teleradiokanali Davlat muassasasi direktori E.Shermonov, “Jizzax haqiqati” - “Джизакская правда” gazetasi (B.Nazarov) larga yuqorida qayd etilgan hududda yoʻl belgilari oʻrnatilgani toʻgʻrisida maʼlumotni ommaviy axborot vositalarida va internet tarmoqlarida keng yoritib borish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi raisi UZAKOV BAYRAMBEK UZAKOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 13-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-29-134-3-0-K/26-son