04.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3847
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiyadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 4-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3847]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 788-son “Farmatsevtika sohasiga zarur amaliyotlar (GxP) talablarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiyadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. XUDAYAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 10-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 11-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 6-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 14-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 17-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 18-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 10-apreldagi 14-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiyadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) Zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqlik yuzasidan farmatsevtik inspeksiyadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar miqdorini (bundan buyon matnda haq miqdorlari deb yuritiladi) aniqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — Zarur amaliyotlar (GxP) sertifikatini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 788-son qarori bilan tasdiqlangan Zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqlik yuzasidan inspeksiyalar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan ariza bilan murojaat qilgan yuridik shaxs yoki u tomonidan belgilangan tartibda vakolat berilgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtik inspeksiya — ariza beruvchilarning tegishli Zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqligini baholash jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining “Zarur amaliyotlar markazi” davlat muassasasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inspeksiya nazorati — ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlarining Zarur amaliyotlar (GxP) sertifikati amal qilish davrida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida vakolatli organ tomonidan davriy farmatsevtik inspeksiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom talablari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha mahalliy va xorijiy dori vositalari ishlab chiqaruvchilarni Zarur ishlab chiqarish amaliyotining (GMP) milliy talablariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining klinik tadqiqotlar oʻtkazuvchi barcha klinik bazalarini Zarur klinika amaliyoti (GCP) milliy talablariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika mahsulotlarining klinik-oldi tadqiqotlarini amalga oshiruvchi barcha laboratoriyalarni Zarur laboratoriya amaliyotining (GLP) milliy talablariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shugʻullanuvchi barcha mahalliy korxonalarni Zarur distribyutorlik amaliyotining (GDP) milliy talablariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shugʻullanuvchi barcha mahalliy tashkilotlarni Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP) milliy talablariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni Zarur saqlash amaliyoti (GSP) milliy talablariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor oʻsimliklarni madaniylashtirish, ularni yigʻib olish va ularga ishlov berish bilan shugʻullanuvchi barcha mahalliy tashkilotlarni Zarur dorivor oʻsimliklarni madaniylashtirish va terib olish amaliyoti talablariga muvofiq inspeksiyadan oʻtkazishga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Farmatsevtik inspeksiyadan oʻtkazganlik uchun haq miqdorlari ariza beruvchi tomonidan farmatsevtik inspeksiya oʻtkazish boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda vakolatli organning gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmatsevtik inspeksiya oʻtkazish boʻyicha shartnomaga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq Farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazish uchun vakolatli organ tomonidan bajariladigan mehnat vaqti normasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Farmatsevtik inspeksiya sertifikatlashtirish yoki inspeksiya nazoratini amalga oshirish maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya nazoratini oʻtkazishda farmatsevtik inspeksiya uchun belgilangan haq miqdorlarining uchdan bir qismi miqdorida toʻlov ariza beruvchi tomonidan farmatsevtik inspeksiya oʻtkazish boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda vakolatli organning gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Farmatsevtik inspeksiya qonunchilikda belgilangan talablar asosida oʻtkazilmagan boʻlsa, shuningdek, ariza beruvchining arizasi asossiz rad etilganligi tasdiqlansa, farmatsevtik inspeksiya xizmatlari uchun toʻlovlar ariza beruvchiga oʻn bank ish kuni ichida qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Nizom farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazishda olingan va sarflangan mahsulot namunalari hamda laboratoriya sinovlari va tahlillarini oʻtkazish uchun xarajatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi va vakolatli organ oʻrtasidagi farmatsevtik inspeksiya oʻtkazish boʻyicha shartnomada xizmat safari nazarda tutilgan boʻlsa, bu boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2730, 2015-yil 19-noyabr) belgilangan miqdorlarda ariza beruvchi tomonidan alohida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida oʻtkaziladigan farmatsevtik inspeksiyalar uchun har bir inspektorning safar kuni (joʻnash va kelish sanalari) ish kunlariga toʻgʻri kelsa, ushbu kun(lar) uchun bitta inspektor soatlik tarifining sakkiz soati ekvivalentida haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun mazkur Nizom va uning ilovasiga muvofiq haq miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Haq miqdorlarini hisoblash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Haq miqdorlari quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IP= T × Q × Ks
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IP — farmatsevtik inspeksiya xizmati haqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T — mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq Farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazish uchun vakolatli organ tomonidan bajariladigan mehnat vaqti normasi (soatlarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Q — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq belgilangan vakolatli organ tomonidan farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazish uchun bir soatlik tarif narxi (soʻmda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ks — dori vositalari soni koeffitsiyenti (1.0 — 1.5). Mazkur koeffitsiyent Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) talablariga muvofiqlik yuzasidan inspeksiyalar oʻtkazishga nisbatan tatbiq etiladi va arizada koʻrsatilgan ishlab chiqarish maydonida ishlab chiqarilayotgan va/yoki ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan dori vositalari sonining quyidagi jadval asosidagi koeffitsienti belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Dori vositalari soni

Ks

10 va undan kam boʻlsa

1.0

11 — 25 boʻlsa

1.1

26 — 40 boʻlsa

1.2

41 — 65 boʻlsa

1.3

66 va undan koʻp boʻlsa

1.5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmatsevtik inspeksiya xizmati haqini (IP) aniqlashda natijasi 0,5 dan kichik boʻlgan sonlar 0 ga, 0,5 va undan yuqori boʻlgan sonlar esa 1 ga yaxlitlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Manfaatdor shaxslar haq miqdorlaridan norozi boʻlgan taqdirda, sudga yoki vakolatli organlarga qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiyadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazish uchun vakolatli organ tomonidan bajariladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEHNAT VAQTI NORMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazish uchun mehnat vaqti sarfi*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazish uchun umumiy mehnat vaqti sarfi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazishdagi ishlar nomi

Mehnat sarflari

(soatlar**)

1.

Farmatsevtik inspeksiyadan oldingi tadbirlar (ariza va hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, toʻliqligini tekshirish, elektron bazani shakllantirish)

2

2.

Farmatsevtik inspeksiyani tashkillashtirish (farmatsevtik inspeksiyaning davomiyligi va talab qilinadigan inspektorlar sonini aniqlash, vazifaning murakkabligini baholash, inspektorlar guruhini shakllantirish, xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish va imzolash, farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish)

24

3.

Farmatsevtik inspeksiya dasturiga muvofiq inspeksiyani oʻtkazish: taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish, inspeksiya oʻtkazish (kirish yigʻilishi, infratuzilmani koʻzdan kechirish, hujjatlar va yozuvlarni tekshirish, tekshirilayotgan ariza beruvchining xodimlari faoliyatini va ularning ish joylarini kuzatish, mahsulot namunalarini olish (zarur hollarda) va dastlabki xulosalarni taqdim etish), hisobot tayyorlash

Mazkur bobning 2 — 4-paragraflariga asosan hisoblanadi

4.

Farmatsevtik inspeksiyadan keyingi tadbirlar (hisobotni ichki tekshiruvdan oʻtkazish, hisobotni ariza beruvchiga joʻnatish, hisobotni tegishli ilovalar bilan arxivga berish, Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) sertifikatini rasmiylashtirish, reyestrga qoʻshish

24

5.

Farmatsevtik inspeksiyada jiddiy va/yoki oʻta jiddiy nomuvofiqliklar aniqlanganda qayta farmatsevtik inspeksiya oʻtkazish bilan bogʻliq quyidagi jarayonlar: ariza va hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, toʻliqligini tekshirish, elektron bazani shakllantirish, qayta farmatsevtik inspeksiyani tashkillashtirish, nomuvofiqliklar bartaraf etganligini tekshirish, hisobot tuzish, hisobotni ariza beruvchiga joʻnatish, inspeksiyaga oid hujjatlarni arxivlashtirish, sertifikatni tasdiqlash (zarur hollarda), reyestrga qoʻshish (zarur hollarda)***

45

6.

Inspeksiya sohasi bilan bogʻliq oʻzgarishlarni ekspertizadan oʻtkazish tadbirlari (kelib tushgan hujjatlarni qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazish, toʻliqligini tekshirish, maʼlumotlarni elektron maʼlumotlar bazalariga kiritish, ekspertiza oʻtkazish, xulosani shakllantirish, xabarnoma yuborish)

16 va undan koʻp

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazish obyektlariga nisbatan mehnat sarflari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Farmatsevtik inspeksiya oʻtkazish obyektlari

Mehnat sarflari

(soatlar**)

1.1

Steril dori vositalari

      1. Aseptik sharoitda tayyorlangan dori vositalari:

1.1.1.1 Katta hajmli suyuq dori shakllari

1.1.1.2 Kichik hajmli suyuq dori shakllari

1.1.1.3 Liofilizatlar

1.1.1.4 Qattiq dori shakllari va implantantlar

1.1.1.5 Yumshoq dori shakllari

1.1.1.6 Boshqa shakldagi dori vositalari: ___________

80 va undan koʻp

      1. Ishlab chiqarish yakunida sterilizatsiya qilinadigan dori vositalari:

1.1.2.1 Katta hajmli suyuq dori shakllari

1.1.2.2 Kichik hajmli suyuq dori shakllari

1.1.2.3 Qattiq dori shakllari va implantantlar

1.1.2.4 Yumshoq dori shakllari

1.1.2.5 Boshqa shakldagi dori vositalar: ____________

64 va undan koʻp

1.2

Nosteril dori vositalari:

1.2.1.1 Qattiq qobiqli kapsulalar

1.2.1.2 Yumshoq qobiqli kapsulalar

1.2.1.3 Chaynaladigan dori shakllari

1.2.1.4 Impregnirlangan dori shakllari

1.2.1.5 Sirtga qoʻllash uchun suyuq dori shakllari

1.2.1.6 Ichish uchun suyuq dori shakllari

1.2.1.7 Tibbiy gazlar

1.2.1.8 Boshqa qattiq dori shakllari

1.2.1.9 Bosim ostidagi dori vositalari,

1.2.1.10 Radionuklid generatorlari

1.2.1.11 Yumshoq dori shakllari

1.2.1.12 Shamchalar (suppozitoriyalar)

1.2.1.13 Tabletkalar

1.2.1.14 Transdermal plastirlar

1.2.1.15 Boshqa mahsulot, dori shakllari: ___________

48 va undan koʻp

1.3

Boshqa dori vositalarini ishlab chiqarish faoliyati

1.3.1. Ishlab chiqarish:

1.3.1.1 Oʻsimlik mahsuloti

1.3.1.2 Gomeopatik mahsulot

1.3.1.3 Biologik faol substansiya

1.3.1.4. Radiofarmatsevtik preparatlar

1.3.1.5. Tadqiq etilayotgan dori vositalari

24 va undan koʻp

1.4

1.4.2. Dori moddalari (substansiyalar)/ yordamchi moddalar/ dori vositalari sterilizatsiyasi:

1.4.2.1 Filtratsiya

1.4.2.2 Quruq issiqlik bilan sterilizatsiya

1.4.2.3 Nam issiqlik bilan sterilizatsiya

1.4.2.3 Kimyoviy sterilizatsiya

1.4.2.5 Gamma nurlanish sterilizatsiyasi

1.4.2.6 Elektron nurlanish sterilizatsiyasi

24 va undan koʻp

1.5

Oʻrab-joylash****

1.5.1 Birlamchi oʻrab-joylash

1.5.1.1 Qattiq qobiqdagi kapsulalar

1.5.1.2 Yumshoq qobiqdagi kapsulalar

1.5.1.3 Chaynaladigan dori shakllari

1.5.1.4 Impregnirlangan dori shakllari

1.5.1.5 Sirtga qoʻllash uchun suyuq dori shakllar

1.5.1.6 Ichish uchun suyuq dori shakllar

1.5.1.7 Tibbiy gazlar

1.5.1.8 Boshqa qattiq dori shakllari

1.5.1.9 Bosim ostida boʻlgan preparatlar

1.5.1.10 Radionuklid generatorlari

1.5.1.11 Yumshoq dori shakllari

1.5.1.12 Shamchalar (suppozitoriyalar)

1.5.1.13 Tabletkalar

1.5.1.14 Transdermal plastirkalar

1.5.1.15 Boshqalar ____________ (koʻrsatiladi)

24 va undan koʻp

1.5.2 Ikkilamchi oʻrab-joylash

16 va undan koʻp

1.6

Sifat nazorati****

1.6.1 Mikrobiologik sinov: sterillik

1.6.2 Mikrobiologik sinov: mikrobiologik tozalik

1.6.3 Kimyoviy (fizik) sinov

1.6.4 Biologik sinov

24 va undan koʻp

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazish obyektlarining muvofiqligini baholash uchun qoʻshimcha omillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazishdagi ishlar nomi

Mehnat sarflari

(soatlar**)

1.

1.3.a. Biologik dori vositalari

1.3.1.1 Qon mahsulotlari

1.3.1.2 Immunologik mahsulotlar

1.3.1.5 Biotexnologik mahsulotlar

1.3.1.6 Hayvonot manbalari yoki odam aʼzolari (toʻqimalari)dan ekstraksiya qilingan mahsulotlar

1.3.1.8 Boshqa biologik dori mahsulotlari:

56 va undan koʻp

2.

1.3.b. Biologik dori vositalari — yuqori texnologik dori vositalari (ATMP)

1.3.1.3 Somatik hujayralar asosidagi mahsulotlar

1.3.1.4 Genoterapevtik mahsulotlar

1.3.1.7 Toʻqima injeneriyasi mahsulotlari

64 va undan koʻp

3.

Toksik va yuqori sensibilizatsiya keltirib chiqaradigan moddalar (masalan, beta-laktam, sitostatik moddalar, jinsiy gormonlar)

16 va undan koʻp

4.

Seriya chiqarish uchun real vaqt holatda sinash (Real time release testing, RTRT) va parametr boʻyicha seriya chiqarish

16 va undan koʻp

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazishda mehnat sarfini hisoblash va taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
METODIKASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan ishlab chiqaruvchilar uchun mazkur bobning 1-paragrafi 3-pozitsiyasidagi Farmatsevtik inspeksiya dasturiga muvofiq ariza beruvchini tekshirishda umumiy mehnat sarfi quyidagi nisbatlarda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtik inspeksiyaga tayyorgarlik koʻrish uchun — 20 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazish uchun — 70 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtik inspeksiya natijalari boʻyicha hisobot tuzish uchun — 10 foiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, ishlab chiqarish maydonida aseptik sharoitlarda katta hajmli suyuq dori shakllari ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan taqdirda, inspeksiyaga tayyorgarlik koʻrish, inspeksiya oʻtkazish va hisobot tuzish uchun jami 10 ish kuni (80 soat) talab etiladi. Ushbu muddatdan yetti ish kuni inspeksiyani oʻtkazish uchun, ikki ish kuni inspeksiyaga tayyorgarlik koʻrish uchun va bir ish kuni inspeksiya natijalari boʻyicha hisobot tuzish uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan ishlab chiqaruvchilar uchun mazkur bobning 1-paragrafi 3-pozitsiyasidagi Farmatsevtik inspeksiya dasturiga muvofiq ariza beruvchini tekshirishda umumiy mehnat sarfi quyidagi nisbatlarda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtik inspeksiyaga tayyorgarlik koʻrish uchun — 30 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazish uchun — 50 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtik inspeksiya natijalari boʻyicha hisobot tuzish uchun — 20 foiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur bobning 1-paragrafi 3-pozitsiyasidagi Farmatsevtik inspeksiya dasturiga muvofiq ariza beruvchining ishlab chiqarish maydonida bir nechta turdagi dori shakllari farmatsevtik inspeksiyadan oʻtkazilayotgan boʻlsa, farmatsevtik inspeksiya davomiyligi eng yuqori boʻlgan dori shaklining mehnat sarfi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur bobning 1-paragrafi 3-pozitsiyasidagi Farmatsevtik inspeksiya dasturiga muvofiq ariza beruvchining ishlab chiqarish maydonida aseptik sharoitlarda tayyorlanadigan dori shakllari hamda ishlab chiqarish yakunida sterilizatsiya qilinadigan dori shakllari farmatsevtik inspeksiyadan oʻtkazilayotgan boʻlsa, aseptik sharoitlarda tayyorlanadigan dori shakllari uchun belgilangan mehnat sarfi toʻliq miqdorda va unga qoʻshimcha ishlab chiqarish yakunida sterilizatsiya qilinadigan dori shakllari uchun belgilangan mehnat sarfining 20 foizi miqdorida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, ariza beruvchining ishlab chiqarish maydonida aseptik sharoitlarda tayyorlanadigan katta hajmli suyuq dori shakllari uchun inspeksiya davomiyligi 80 soatni (1.1.1.1), ishlab chiqarish yakunida sterilizatsiya qilinadigan katta hajmli suyuq dori vositasi shakllari (1.1.2.1) uchun esa 64 soatni tashkil etadi. Ushbu holatda asosiy hisoblash koʻrsatkichi sifatida inspeksiya davomiyligi yuqori boʻlgan dori shakli, yaʼni 80 soat qabul qilinadi hamda ishlab chiqarish yakunida sterilizatsiya qilinadigan dori vositasi shakllari boʻyicha belgilangan inspeksiya davomiyligining 20 foizi asosiy koʻrsatkichga qoʻshiladi, natijada mazkur bobning 1-paragrafi 3-pozitsiyasidagi Farmatsevtik inspeksiya dasturi uchun jami mehnat sarfi 93 soatni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur bobning 1-paragrafi 3-pozitsiyasidagi Farmatsevtik inspeksiya dasturiga muvofiq ariza beruvchining ishlab chiqarish maydonida steril dori shakli hamda nosteril dori shakli farmatsevtik inspeksiyadan oʻtkazilayotgan boʻlsa, steril dori shakli uchun belgilangan mehnat sarfi toʻliq miqdorda va unga qoʻshimcha nosteril dori shakli uchun belgilangan mehnat sarfining 50 foizi miqdorida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, ariza beruvchining ishlab chiqarish maydonida aseptik sharoitlarda tayyorlanadigan katta hajmli suyuq dori shakllari uchun inspeksiya davomiyligi 80 soatni (1.1.1.1), nosteril boʻlgan qattiq qobiqli kapsulalar (1.2.1.1) dori shakli uchun esa 48 soatni tashkil etadi. Ushbu holatda asosiy hisoblash koʻrsatkichi sifatida inspeksiya davomiyligi yuqori boʻlgan dori shakli, yaʼni 80 soat qabul qilinadi hamda nosteril boʻlgan qattiq qobiqli kapsulalar (1.2.1.1) dori shakli uchun belgilangan inspeksiya davomiyligining 50 foizi asosiy koʻrsatkichga qoʻshiladi, natijada mazkur bobning 1-paragrafi 3-pozitsiyasidagi Farmatsevtik inspeksiya dasturi uchun jami mehnat sarfi 104 soatni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Farmatsevtik inspeksiya doirasida bir guruhga kiruvchi bir nechta dori shakllari mavjud boʻlsa yoki ishlab chiqarish faoliyati bitta blokda amalga oshirilsa, har bir qoʻshimcha dori shakli yoki ishlab chiqarish faoliyati uchun farmatsevtik inspeksiya oʻtkazish obyektining tegishli ustunida belgilangan mehnat sarfiga nisbatan 10 foiz qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, ishlab chiqarish maydonida aseptik sharoitda tayyorlanadigan katta hajmli suyuq dori shakli (1.1.1.1) va kichik hajmli suyuq dori shakli (1.1.1.2) bir guruhga kiradi. Ushbu holatda mazkur bobning 1-paragrafi 3-pozitsiyasidagi Farmatsevtik inspeksiya dasturi uchun jami mehnat sarfi 88 soatni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Farmatsevtik inspeksiya doirasida ariza beruvchining ishlab chiqarish maydonida bir xil turdagi dori shakli yoki ishlab chiqarish turi tekshirilayotgan boʻlsa va u boshqa bino(lar)da yoki qavatlarda ham amalga oshirilsa, har bir qoʻshimcha bino yoki qavatga farmatsevtik inspeksiya oʻtkazish obyektining tegishli ustunida belgilangan mehnat sarfiga nisbatan 20 foiz qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur bobning 3-paragrafiga asosan Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazish obyektlarining muvofiqligini baholash uchun qoʻshimcha omillar mavjud boʻlsa, unda belgilangan mehnat sarflari ushbu bobning 2-paragrafiga qoʻshib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining klinik tadqiqotlar oʻtkazuvchi barcha klinik bazalari Zarur klinika amaliyoti (GCP), farmatsevtika mahsulotlarining klinik-oldi tadqiqotlarini amalga oshiruvchi barcha laboratoriyalar Zarur laboratoriya amaliyotining (GLP), farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shugʻullanuvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur distribyutorlik amaliyotining (GDP), dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar Zarur saqlash amaliyoti (GSP) talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiya oʻtkazish uchun mehnat vaqti sarfi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazishdagi ishlar nomi

Mehnat sarflari

(soatlar**)

 

1.

Farmatsevtik inspeksiyadan oldingi tadbirlar (ariza va hujjatlarni qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazish, toʻliqligini tekshirish, elektron bazani shakllantirish)

2

 

2.

Farmatsevtik inspeksiyani tashkillashtirish (farmatsevtik inspeksiyaning davomiyligi, inspektorlar sonini aniqlash, vazifaning murakkabligini baholash, inspektorlar guruhini shakllantirish, xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha shartnomani tasdiqlash, farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, ishlab chiqarish maydonchasini oʻrganish, farmatsevtik inspeksiya dasturini tasdiqlash)

12

 

3.

Farmatsevtik inspeksiya dasturiga muvofiq inspeksiyani oʻtkazish (kirish majlisi, tekshirilayotgan obyektlarni koʻzdan kechirish, hujjatlar va yozuvlar bilan tanishib chiqish, inspeksiya oʻtkazilayotgan subyektning masʼul shaxslarini va ularning ish joylaridagi faoliyatlarini kuzatish, material yoki mahsulot (zarur boʻlganda) namunalarni olish, dastlabki xulosalarini oshkor qilish). Bunda ishlar soni:

GDP / GSP

Farmatsevtika mahsulotlarini saqlash va/yoki ulgurji tarqatish bilan shugʻullanadigan ariza beruvchilar

48 va undan

 

Farmatsevtika mahsulotlarini saqlash va/yoki ulgurji tarqatish bilan shugʻullanadigan ariza beruvchilarning filiallari

32 va undan koʻp

 

GLP

Farmatsevtika mahsulotlarining klinik oldi tadqiqotlarni oʻtkazadigan laboratoriyalar

32 va undan koʻp

 

GCP

Farmatsevtika mahsulotlarining klinik sinovlarini oʻtkazadigan tashkilotlar

40 va undan koʻp

 

4.

Farmatsevtik inspeksiyadan keyingi tadbirlar (hisobot tayyorlash, nomuvofiqliklarni aniqlash, hisobotni ariza beruvchiga joʻnatish, Zarur amaliyotlar sertifikatini tasdiqlash)

15

 

5.

Farmatsevtik inspeksiyada jiddiy va/yoki oʻta jiddiy nomuvofiqliklar aniqlanganda qayta farmatsevtik inspeksiya oʻtkazish bilan bogʻliq quyidagi jarayonlar: ariza va hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, toʻliqligini tekshirish, elektron bazani shakllantirish, qayta farmatsevtik inspeksiyani tashkillashtirish, nomuvofiqliklar bartaraf etganligini tekshirish, hisobot tuzish, hisobotni ariza beruvchiga joʻnatish, inspeksiyaga oid hujjatlarni arxivlashtirish, sertifikatni tasdiqlash (zarur hollarda), reyestrga qoʻshish (zarur hollarda)***

25

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shugʻullanuvchi barcha mahalliy tashkilotlar Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP) talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiya oʻtkazish uchun mehnat vaqti sarfi*****
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazishdagi ishlar nomi

Mehnat sarflari

(soatlar**)

1.

Farmatsevtik inspeksiyadan oldingi tadbirlar (ariza va hujjatlar toʻliqligini tekshirish)

1/2

2.

Farmatsevtik inspeksiyani tashkillashtirish (farmatsevtik inspeksiyaning davomiyligi, inspektorlar sonini aniqlash, vazifaning murakkabligini baholash, inspektorlar guruhini shakllantirish, xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha shartnomani tasdiqlash

1/2

3.

Farmatsevtik inspeksiya dasturiga muvofiq inspeksiyani oʻtkazish:

Dori vositalarini tayyorlash huquqiga ega dorixonalar

16

Faqat chakana savdo huquqiga ega dorixonalar

12

Dorixona filiali

8

4.

Farmatsevtik inspeksiyadan keyingi tadbirlar: hisobot tayyorlash, nomuvofiqliklarni aniqlash, hisobotni ariza beruvchiga joʻnatish, Zarur amaliyotlar sertifikatini tasdiqlash

2

5.

Farmatsevtik inspeksiyada jiddiy va/yoki oʻta jiddiy nomuvofiqliklar aniqlanganda qayta farmatsevtik inspeksiya oʻtkazish bilan bogʻliq quyidagi jarayonlar: ariza va hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, toʻliqligini tekshirish, elektron bazani shakllantirish, qayta farmatsevtik inspeksiyani tashkillashtirish, nomuvofiqliklar bartaraf etganligini tekshirish, hisobot tuzish, hisobotni ariza beruvchiga joʻnatish, inspeksiyaga oid hujjatlarni arxivlashtirish, sertifikatni tasdiqlash (zarur hollarda), reyestrga qoʻshish (zarur hollarda) ***

6

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan ishlab chiqaruvchilar uchun Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiyani oʻtkazish uchun mehnat vaqti sarfi ikki baravar miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**Mehnat vaqti sarflari farmatsevtik inspeksiyada ishtirok etadigan inspektorlar sonidan qatʼi nazar belgilangan. Masalan, 80 soat farmatsevtik inspeksiya 2 ta inspektorning 40 soat ishlashiga yoki 4 inspektorning 20 soat ishlashiga toʻgʻri kelishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
***Jiddiy boʻlmagan nomuvofiqliklarning bartaraf etilganligi keyingi farmatsevtik inspeksiya doirasida tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
****Faqat ushbu koʻrsatilgan faoliyat bilan shugʻullanuvchi ariza beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*****Farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shugʻullanuvchi ijtimoiy dorixonalar uchun Zarur dorixona amaliyoti (GPP) talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiya oʻtkazishda mehnat sarfining 50 foizi hisoblanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026 y., 10/26/3847/0565-son)