Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining
Qarori
Bir yillik statistika dasturini hisoblash metodikasining 19-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 4-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3582-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-46-son “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining 2024-yil 5-dekabrdagi 13-mb-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3582, 2024-yil 10-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2024-y., 10/24/3582/1021-son) bilan tasdiqlangan Bir yillik statistika dasturini hisoblash metodikasining 19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Statistika dasturi loyihasi tasdiqlash uchun kiritilishidan oldin Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan unda belgilanadigan Statistika dasturining:
qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan;
ekologik xususiyatga ega statistika hisobotlarini yigʻish va maʼlumotlarni tarqatish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bilan kelishilishi lozim.”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. HAMRAYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 22-may,
2-mb-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
2026-yil 22-may
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri oʻrinbosari I. QUTBIDDINOV
2026-yil 12-may
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026 y., 10/26/3582-2/0567-son)