25.03.2026 yildagi PF-46-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqlim oʻzgarishining jadallashishi, urbanizatsiya, sanoat va transportning rivojlanishi natijasida atrof-muhitga antropogen yuklamani qisqartirish hamda atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, shuningdek, ekologik toza va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar 2026 — 2030-yillarda atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasining asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini 10,5 foizga kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi korxonalarda avtomatik monitoring stansiyalari va chang-gaz tozalash uskunalari oʻrnatilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) sanoat obyektlaridan chiqadigan tashlamalarni ushlab qolish ulushini 32 foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) PM2,5 boʻyicha milliy meʼyorlardan oshish kuzatilgan kunlar sonini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) transport vositalaridan atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar hajmini 10 foizga qisqartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasining maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini Toshkent shahrida amalga oshirish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini Toshkent shahrida amalga oshirish dasturining maqsadli koʻrsatkichlari 2a-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Toshkent shahrida 2030-yilgacha yashil hududlar tizimini rivojlantirish va bu borada aholi ehtiyojlarini taʼminlashning maqsadli koʻrsatkichlari 2b-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha maxsus komissiya faoliyatini 2027-yil 1-martgacha uzaytirish hamda uning nomini Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha respublika maxsus komissiyasiga oʻzgartirish boʻyicha taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil 1-iyulgacha Fargʻona, Andijon hamda Namangan viloyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 1-avgustgacha Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2026-yil 1-oktabrgacha Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 2026-yil 1-dekabrgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, mazkur Farmonning 4-bandida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, belgilangan tartibda qabul qilinguniga qadar “Toza havo” umummilliy loyihasini hududlarda amalga oshirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda viloyatlar xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlangan dasturlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Energetika, sanoat va qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida ekologik islohotlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahrida yangi sanoat zonalarini tashkil qilishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi (bundan xizmat koʻrsatish yoki moliyaviy xizmatlarga ixtisoslashgan zonalar mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish hamda sanoat korxonalarida chang-gaz tozalash va energiya samarador uskunalar oʻrnatish maqsadida quyidagi choralar koʻriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil 1-oktabrdan boshlab Xalqaro standartlashtirish tashkilotining ekologik menejment, issiqxona gazlarini boshqarish, ekologik xavfsizlik va yashil energiya xalqaro sertifikatlarini olib, mahsulotining 30 foizini muqobil energiya hisobiga ishlab chiqargan korxonalarning sertifikatni olish xarajatlarining 50 foizigacha boʻlgan qismi Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 1-maygacha Toshkent shahri hamda unga tutash hududlarda joylashgan issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalarida ustuvor (turgʻun) manbalar boʻyicha majburiy tartibda avtomatik monitoring stansiyalari va avtomatik kuzatuv postlari oʻrnatiladi hamda ushbu qurilmalardan olinadigan maʼlumotlar Ekologiya qoʻmitasining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi korxonalar tomonidan oʻrnatilgan avtomatik monitoring stansiyalari Ekologiya qoʻmitasining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilinmagan taqdirda, ularga nisbatan atrof tabiiy muhitni ifloslantirganligi va chiqindilarni joylashtirganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari oʻn baravarga oshirilgan holda qoʻllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 2026-yil 1-iyuldan boshlab issiqxonalarni issiqlik bilan taʼminlashda issiqxonalardagi muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan hamda yonish jarayoni nazorat qilinmaydigan qozonlardan foydalanish amaliyoti bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) 100 million AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarini hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YETTB) 200 million AQSH dollari miqdoridagi davlat kafolatisiz kreditini jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, mazkur Farmonning 8-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar tijorat banklari orqali sanoat korxonalariga yashil texnologiyalar, chang-gaz tozalash uskunalari, avtomatik monitoring stansiyalari, energiya samarador uskunalar va lokal suv tozalash inshootlarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar ajratishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasi va Savdo-sanoat palatasi 2026-yil 1-maydan boshlab 2026-yil 1-dekabrgacha atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi korxonalarda yashil texnologiyalar, chang-gaz tozalash uskunalari, avtomatik monitoring stansiyalari, energiya samarador uskunalar va lokal suv tozalash inshootlarni oʻrnatish rejasini tasdiqlasin hamda ijrosini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki, Ekologiya qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) chang-gaz tozalash uskunalari samaradorligini maxsus laboratoriya sinovlari asosida doimiy ravishda monitoring qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) monitoring natijalariga koʻra ijobiy xulosa berilgan chang-gaz tozalash uskunalari reyestrini shakllantiradi va oʻzining rasmiy sahifasida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qurilish sohasida atmosfera havosini muhofaza qilish va ekologik talablarni kuchaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyundan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qurilish obyektlarida (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) quyidagi ekologik talablarni joriy qilish majburiyatlari kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) qurilish obyektlarini fon monitoring stansiyalari bilan jihozlash va Ekologiya qoʻmitasining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) onlayn nazorat qilish uchun qurilish maydoni boʻylab va chiqish nuqtalarida onlayn kameralar oʻrnatish va Ekologiya qoʻmitasining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) huquqbuzarlik sodir etgan qurilish tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi reyting ballarini kamaytirish amaliyotini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) qurilish obyektlari boʻyicha loyiha-smeta va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda majburiy ravishda ekologik ekspertiza xulosasini taqdim etish tartibi joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 metr kvadratdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarni (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) loyihalashtirishda ularga tutash hududlarning koʻkalamzorlashtirish (daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni ekish) maydonlari loyiha uchun ajratiladigan yer uchastkalari umumiy maydonining 30 foizidan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi 2026-yil 1-dekabrga qadar bir hududda kamida 1 gektar maydonda daraxt barglarini yigʻish, ularni biologik usulda chiritish (kompostlash) orqali olingan organik moddalardan kompost sifatida va mulchalashda foydalanish tizimini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Toshkent shahar hokimligi, Ekologiya qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 2027-yil 1-mayga qadar xorijiy kompaniya va ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb qilgan holda Toshkent shahrining 2035-yilgacha moʻljallangan ekologik va suv resurslarini boshqarish, ulardan oqilona foydalanish boʻyicha master rejasini ishlab chiqish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ekologik va qurilish ekspertiza xulosalari olinishida “shamol guli” koridorlari harakatlanishini inobatga olish majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) hududlarning bosh rejalari loyihalarida “shamol guli” koridorlari harakatlanishini inobatga olgan holda “shamol yoʻlaklari” tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan daryo va soylar oʻzanini tozalash jarayonida yoki noqonuniy ravishda qum-shagʻal qazib olish natijasida buzilgan suv fondi yerlarini tiklash (reabilitatsiya, rekultivatsiya va koʻkalamzorlashtirish ishlari) qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Transport tizimini ekologik jihatdan takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil 1-maydan boshlab har oyning 10 va 25 sanalarida “Avtomobilsiz kun”, “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari oʻtkazib boriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) mazkur aksiyalar doirasida davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ushbu sanalar ish kunlariga toʻgʻri kelganda haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 1-avgustdan boshlab aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida “trade-in” dasturi doirasida eskirgan avtotransport vositalarini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi transport vositalarini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismini qoplab berish amaliyotini yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Energetika vazirligi 2026-yil 1-noyabrga qadar respublikadagi barcha neftni qayta ishlash zavodlarini 2028-yil 1-noyabrga qadar “Yevro-4”, 2030-yil 1-martdan boshlab “Yevro-5” ekologik toifa talablariga muvofiq boʻlgan motor yoqilgʻilarini ishlab chiqarishni nazarda tutgan holda modernizatsiya qilish hamda ularni rivojlantirish dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ekologiya qoʻmitasi 2026-yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonalariga ajratib chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ichki ishlar vazirligi 2026-yil yakuniga qadar Toshkent shahridagi barcha avtotransport vositalariga ekologik toifasini tasdiqlovchi ekologik stikerlar berilishini taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Tabiiy changning oldini olishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ekologiya qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir oy muddatda Jahon bankining “Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi doirasida koʻzda tutilgan mablagʻlarning bir qismini Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ” barpo etish loyihasiga yoʻnaltirish boʻyicha qaror loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 1-apreldan boshlab chang boʻronlarining oldini olish uchun Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida “yashil devor”lar barpo etishni boshlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ekologiya qoʻmitasi Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda 2026-yil 1-apreldan boshlab Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi, homiylik mablagʻlari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan quyidagi bogʻlarni barpo etishni boshlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti va unga tutash boʻlgan 250 gektarda dendrologiya bogʻi (Yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoati sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda “Oʻzbekiston-Koreya kimyo texnologiyalari innovatsiya markazi”ni tashkil qilishga moʻljallangan yer maydoni bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) qarshisidagi Toshkent va Qibray tumanlaridagi 83 gektarda dendrologiya bogʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Toshkent shahar hokimligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar Chilonzor tumani Lutfiy mahallasi Bogʻiston koʻchasida joylashgan Toshkent shahri onkologiya shifoxonasi oʻrnidagi 4,36 gektarda yashil jamoat parki tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Toshkent shahar hokimligi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Toshkent shahrida 4 ta sunʼiy koʻl va (yoki) suv havzalarini tashkil etish ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Toshkent shahar hokimligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va Ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2026-yil 1-apreldan boshlab tegishliligi boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan davlat oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oʻz hududida kamida 1 ta, jami 15 ta favvora qurish ishlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobidan Toshkent shahrining har bir tumanida shaharsozlik normalaridan kelib chiqib kamida bittadan favvora barpo etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ekologiya qoʻmitasi Fanlar akademiyasi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ijobiy sinovdan oʻtgan xorijiy tajribani oʻrgangan holda sunʼiy yomgʻir yogʻdirish va sunʼiy shamol texnologiyasini belgilangan tartibda bosqichma-bosqich joriy qilish choralarini koʻrsin. Bunda 2027-yil 1-oktabrga qadar poytaxtning atmosfera havosini yaxshilash maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida namlik past boʻlgan hududga kerakli asbob-uskunalar oʻrnatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu Farmonning maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi va natijalarini ommaviy axborot vositalarida va internet tarmogʻida keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi ikki oy muddatda ekologik xususiyatga ega statistika hisobotlarini yigʻish va maʼlumotlarini tarqatishni Ekologiya qoʻmitasi bilan kelishish tartibini joriy qilish boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi hujjat ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vaziri oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-46-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-46-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasining hududlar kesimidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Maqsadli koʻrsatkich nomi

2026-yilda

2027-yilda

2028-yilda

2029-yilda

2030-yilda

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini 10,5 foizga kamaytirish

2

3.8

5.5

6.8

8

2.

Andijon viloyati

2.5

5

7.5

9

10.5

3.

Buxoro viloyati

2.5

5

7.5

9

10.5

4.

Jizzax viloyati

2

3.8

5.5

6.8

8.0

5.

Qashqadaryo viloyati

2.5

5

7.5

9

10.5

6.

Navoiy viloyati

2.5

5

7.5

9

10.5

7.

Namangan viloyati

2

3.8

5.5

6.8

8

8.

Samarqand viloyati

2

3.8

5.5

6.8

8

9.

Sirdaryo viloyati

2

3.8

5.5

6.8

8

10.

Surxondaryo viloyati

2

3.8

5.5

6.8

8

11.

Toshkent viloyati

3

6

9

11.5

13

12.

Fargʻona viloyati

2.5

5

7.5

9

10.5

13.

Xorazm viloyati

2

3.8

5.5

6.8

8

14.

Toshkent shahri

3.5

7.0

10

12.5

14

15.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Yalpi ichki mahsulot birligida issiqxona gazlari emissiyasini 2010-yilgi koʻrsatkichlarga nisbatan qisqartirish, %

10

15

20

25

30

16.

Andijon viloyati

10

15

20

25

35

17.

Buxoro viloyati

10

15

20

25

35

18.

Jizzax viloyati

10

15

20

25

35

19.

Qashqadaryo viloyati

15

20

25

35

40

20.

Navoiy viloyati

15

20

25

35

40

21.

Namangan viloyati

10

15

20

25

35

22.

Samarqand viloyati

10

15

20

25

35

23.

Sirdaryo viloyati

10

15

20

25

35

24.

Surxondaryo viloyati

10

15

20

25

35

25.

Toshkent viloyati

15

20

25

35

40

26.

Fargʻona viloyati

10

15

20

25

35

27.

Xorazm viloyati

10

15

20

25

30

28.

Toshkent shahri

15

20

25

35

40

29.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi I va II toifadagi sanoat korxonalarida chang va gazni tozalash qurilmalarini oʻrnatish hamda modernizatsiya qilish, %

30

40

50

60

70

30.

Andijon viloyati

30

40

50

60

70

31.

Buxoro viloyati

30

40

50

60

70

32.

Jizzax viloyati

30

40

50

60

70

33.

Qashqadaryo viloyati

30

40

50

60

70

34.

Navoiy viloyati

30

40

50

60

70

35.

Namangan viloyati

30

40

50

60

70

36.

Samarqand viloyati

30

40

50

60

70

37.

Sirdaryo viloyati

30

40

50

60

70

38.

Surxondaryo viloyati

30

40

50

60

70

39.

Toshkent viloyati

30

40

50

60

70

40.

Fargʻona viloyati

30

40

50

60

70

41.

Xorazm viloyati

30

40

50

60

70

42.

Toshkent shahri

30

40

50

60

70

43.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Sanoat obyektlaridan chiqadigan tashlamalarni ushlab qolish ulushini, %

10

17

22

26

28

44.

Andijon viloyati

12

20

27

31

34

45.

Buxoro viloyati

11

19

26

29

33

46.

Jizzax viloyati

9

16

21

24

27

47.

Qashqadaryo viloyati

12

20

27

32

34

48.

Navoiy viloyati

13

22

29

33

38

49.

Namangan viloyati

11

18

24

28

30

50.

Samarqand viloyati

11

18

24

28

30

51.

Sirdaryo viloyati

9

16

21

24

26

52.

Surxondaryo viloyati

9

16

21

24

26

53.

Toshkent viloyati

13

23

30

35

38

54.

Fargʻona viloyati

12

21

28

32

35

55.

Xorazm viloyati

10

17

22

26

28

56.

Toshkent shahri

14

24

32

37

40

57.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

PM2,5 boʻyicha milliy meʼyorlardan oshish kuzatilgan kunlar sonini kamaytirish, %

4

9

13

17

20

58.

Andijon viloyati

6

13

18

24

28

59.

Buxoro viloyati

4

10

14

19

22

60.

Jizzax viloyati

4

8

12

15

18

61.

Qashqadaryo viloyati

5

11

16

20

24

62.

Navoiy viloyati

5

11

16

20

24

63.

Namangan viloyati

6

13

18

24

28

64.

Samarqand viloyati

5

12

17

22

26

65.

Sirdaryo viloyati

3

7

10

14

16

66.

Surxondaryo viloyati

4

10

14

19

22

67.

Toshkent viloyati

6

14

21

27

32

68.

Fargʻona viloyati

6

14

20

26

30

69.

Xorazm viloyati

4

9

13

17

20

70.

Toshkent shahri

7

16

23

30

35

71.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Transport vositalaridan atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar hajmini 10 foizga qisqartirish

1

2.5

4.5

7

10

72.

Andijon viloyati

1.5

3.5

5.5

8

10

73.

Buxoro viloyati

1.2

3

5

7.5

10

74.

Jizzax viloyati

1

2,5

4,5

7

10

75.

Qashqadaryo viloyati

1,3

3,2

5,2

7,8

10

76.

Navoiy viloyati

1,2

3

5

7,5

10

77.

Namangan viloyati

1,5

3,5

5,5

8

10

78.

Samarqand viloyati

1,3

3,2

5,2

7,8

10

79.

Sirdaryo viloyati

1

2,3

4,2

6,8

10

80.

Surxondaryo viloyati

1

2,5

4,5

7

10

81.

Toshkent viloyati

1,8

4

6,5

8,7

10

82.

Fargʻona viloyati

1,6

3,7

5,8

8,2

10

83.

Xorazm viloyati

1

2,5

4,5

7

10

84.

Toshkent shahri

2

4,5

7

9

10

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Koʻrsatkichlar yildan yilga oʻsib borishi hisobga olingan holda belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-46-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini Toshkent shahrida amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish muddati

Moliyalashtirish manbai

Ijro uchun masʼullar

I. Energetika, sanoat va qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida ekologik islohotlarni amalga oshirish

1.

Toshkent shahri va unga Toshkent viloyatining tutash hududlarida joylashgan koʻmir bilan ishlaydigan ijtimoiy obyektlarni elektr energiya orqali issiq suv bilan taʼminlash va isitish tizimlarini joriy etish.

2026-2027-yillar davomida

Xoʻjalik subyektlari mablagʻlari

Energetika vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi,

Toshkent viloyati hokimligi

2.

Toshkent shahri va unga Toshkent viloyatining tutash hududlarida joylashgan va koʻmir bilan ishlaydigan sanoat korxonalarida:

(a) turgʻun ustuvor manbalariga 95 foiz samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish;

(b) turgʻun ustuvor manbalari (tutun chiquvchi quvurlarga) tashlanmalarining miqdorini aniqlovchi datchik va avtomatik monitoring stansiyalarini oʻrnatish va Ekologiya qoʻmitasining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish;

(v) har bir korxonada sanitariya muhofazasi zonalarida fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatik monitoring stansiyalarini oʻrnatish va Ekologiya qoʻmitasining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish.

2026-yil 1-dekabr

Xoʻjalik subyektlari mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Energetika vazirligi,

Bosh prokuratura,

Toshkent shahar hokimligi,

Toshkent viloyati hokimligi,

Ekologiya qoʻmitasi

3.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga tutash hududlardagi issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalarida:

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Energetika vazirligi,

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ,

“Veolia energy Tashkent” MCHJ,

Energetika vazirligi,

Bosh prokuratura,

Toshkent shahar hokimligi,

Toshkent viloyati hokimligi,

Ekologiya qoʻmitasi

(a) turgʻun ustuvor manbalari (tutun chiquvchi quvurlarga) tashlanmalarining miqdorini aniqlovchi datchik va avtomatik monitoring stansiyalarini oʻrnatish va Ekologiya qoʻmitasining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish;

2026-yil 1-sentabr

(b) har bir korxonada sanitariya muhofazasi zonalarida fon monitoringini amalga oshirish uchun atmosfera havosining ustuvor shamol yoʻnalishlari va hududiy xususiyatlardan kelib chiqib, kamida 1 ta avtomatik monitoring stansiyasini oʻrnatish.

2026-yil 15-sentabr

4.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga tutash hududlardagi tabiatga zarar yetkazish boʻyicha I va II toifadagi korxonalarda:

(a) turgʻun ustuvor manbalariga 95 foiz samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish;

(b) turgʻun ustuvor manbalari (tutun chiquvchi quvurlarga) tashlanmalarining miqdorini aniqlovchi datchik va avtomatik monitoring stansiyalarini oʻrnatish va Ekologiya qoʻmitasining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish;

(v) har bir korxonada sanitariya muhofazasi zonalarida fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatik monitoring stansiyalarini oʻrnatish va Ekologiya qoʻmitasining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish;

(g) lokal suv tozalash inshootlarini oʻrnatish boʻyicha moliyalashtirish manbalari aks etgan holda yarim yilga moʻljallangan manzilli dasturni qabul qilish.

2026-yil 1-noyabr

Xoʻjalik subyektlari mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“UzAssets” AJ,

Energetika vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi

5.

1. “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJda qisman mazut yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 1-son energoblokning chang-gaz tozalash uskunasini qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirish.

2026-yil 1-iyul

Oʻz mablagʻlari

Energetika vazirligi

2. “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJda qisman mazut yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 2-son energoblokni 1-blok uchun oʻrnatilgan chang-gaz tozalash uskunalariga ulash choralarini koʻrish.

2026-yil 1-aprel

Oʻz mablagʻlari

3. “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJda mazut yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 7-son energobloklarni konservatsiya qilish.

2026-yil 1-iyul

4. “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJda qisman mazut yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 9, 10-son energobloklarni filtr uskunalari bilan jihozlash.

2026-yil 1-dekabr

Oʻz mablagʻlari

(loyiha-smeta hujjatlariga asosan)

5. “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJda qisman mazut yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 8-son energoblokni konservatsiya qilish.

2026-yil 1-dekabr

6. Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJda qisman mazut yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 11-12-son energobloklarni filtr uskunalari bilan jihozlash.

2027-yil 1-dekabr

Oʻz mablagʻlari,

davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

7. “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJda qisman mazut yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 3, 4, 5-6-son energobloklarni konservatsiya qilish.

Bunda mazkur ishlarni jadallashtirish maqsadida taʼminotchilar bilan loyihalash va qurish ishlarini bir vaqtda olib borishga ruxsat berish.

2028-yil 1-dekabr

6.

1. “Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJda koʻmir yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 2-son energoblokda 2 ta filtrni taʼmirlash ishlarini yakunlash.

2026-yil 1-oktabr

Ijrochi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Energetika vazirligi

2. “Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJda koʻmir yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 5-son energoblokda 2 ta chang-gaz tozalash elektr filtrlarni mukammal taʼmirlash.

2026-yil 1-oktabr

3. “Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJda koʻmir yoqilgʻisida faoliyat olib boruvchi 1, 4-son energobloklarda filtrlarni mukammal taʼmirlash.

2026-yil 1-oktabr

7.

“Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJ Angren shahrida issiqlik taʼminotini yangidan tashkil etish boʻyicha (shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida) aniq hisob-kitoblar bilan takliflar kiritish.

Bunda markaziy qozonxonani qurishni “Angren IES” AJ hududida tashkil etish, “Angren IES” eski qozonxonasidan shahar issiqlik taʼminoti uchun ishlatishdan voz kechishni, yangi qozonxonada ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasini shahar issiqlik taʼminoti uchun ishlatishni nazarda tutish.

2027-yil 1-fevral

Mablagʻ talab etilmaydi

Energetika vazirligi,

“Issiqlik taʼminoti” AJ,

Toshkent viloyati hokimligi

8.

Toshkent shahridagi atrof tabiiy muhitga va insonlar sogʻligiga jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan korxonalarni shahar hududidan tashqariga koʻchirish masalasini oʻrganish va xulosa berish. Bunda:

2026-2027-yillar

Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Toshkent shahar va Toshkent viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari

Ekologiya qoʻmitasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi,

Toshkent viloyati hokimligi

(a) atrof tabiiy muhitga va insonlar sogʻligiga jiddiy xavf tugʻdirayotgan korxonalar faoliyatini oʻrganish;

2026-yil 1-noyabr

(b) Toshkent viloyatining aholi istiqomat qilmaydigan va sanoatga ixtisoslashgan hududlardan yer maydoni ajratish;

2026-yil 1-dekabr

(v) mazkur korxonalarni koʻchirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2027-yil 1-yanvar

9.

Sanoat zonalari hududida “yashil belbogʻ”lar yaratish.

2026-yil 1-dekabrga qadar

Korxonalar mablagʻlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Toshkent shahri va unga tutash hududlarda issiqxona xoʻjaliklari joylashgan hududlarda geotermal isitish tizimlarini joriy etish imkoniyatlari boʻyicha yer uchastkalari va yerosti suv zaxiralari, yerosti suvlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish masalasini chuqur tahlil qilish va taklif kiritish.

Ikki oy muddatda

Mablagʻ talab etilmaydi

Energetika vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi

II. Qurilish sohasida atmosfera havosini muhofaza qilish va ekologik talablarni kuchaytirish

11.

Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish obyektlaridan hamda Yangi Toshkent shahri qurilishi natijasida shakllanadigan qurilish chiqindilarini toʻplash, olib chiqib ketish va qayta ishlash investitsiya loyihasini xorijiy investorlarni jalb qilgan holda amalga oshirish.

2026-yil 1-dekabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Toshkent shahar hokimligi,

Ekologiya qoʻmitasi

12.

Qurilish ishlari natijasida havo ifloslanishini kamaytirish hamda obyektlar qurilishida chang-toʻzonlarning oldini olish boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining vakolatlarini kengaytirish. Bunda:

(a) qurilish va buzish ishlari natijasida yuzaga keladigan chang ifloslanishining oldini olish boʻyicha qoidalarni ishlab chiqish;

(b) obyektlar qurilishining tegishli bosqichlarda chang koʻtarilishining oldini olish boʻyicha tadbirlar (fasad toʻrlari, chiqindi quvurlari, chiqindi bilan ishlash tizimi, va h.k.) joriy etilmaganligi yuzasidan inspeksiya tomonidan taʼsirchan chora koʻrish vakolatlarini kengaytirish boʻyicha taklif tayyorlash;

(v) qoidalarni tasdiqlash va takliflarni amalga oshirish boʻyicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish;

(g) hujjat loyihasini koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil 1-dekabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi,

Ekologiya qoʻmitasi

13.

Obyektlar boʻyicha (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) loyiha-smeta va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizasidan oʻtkazishda majburiy ravishda ekologik ekspertiza xulosasini taqdim etish talabini joriy etish.

Bunda mazkur xulosalarni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali taqdim etilishini koʻzda tutish.

2026-yil 1-noyabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi

14.

Toshkent shahrining yoz-kuz mavsumida asosiy yoʻl chetlariga suv sepish va qum-changni yigʻish uchun havo harorati quruq va issiq paytlarda ertalab soat 6.00 da va kechki payt 18.30 da haftada 3 kun muntazam reja-grafik asosida maxsus texnikalarni jalb qilgan holda shahar tumanlarning markaziy koʻchalari, Toshkent halqa yoʻllarida suv sepish tajribasini tiklash (yogʻingarchilik, sovuq va qorli kunlar bundan mustasno).

2026-yil 1-aprel

Mablagʻ talab etilmaydi

Toshkent shahar hokimligi

15.

Ariqlar tizimini tiklash. Bunda umumiy uzunligi 61,3 km boʻlgan ariqlarni qurish (tiklash):

(a) Yagona shahar ariq tizimi operatorini yaratish;

(b) ariq tizimini raqamlashtirish, Istanbul shahri misolida “Smart Canal System” monitoring tizimini joriy etish;

(v) “pay-per-km” modeli boʻyicha ariqlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha DXSH loyihasini sinov tariqasida joriy etish;

(g) suvdan qayta foydalanish tizimini yaratish, texnik suvni qayta ishlash va undan koʻchalarni yuvish uchun, sugʻorish, favvoralar hamda bogʻlar va yashil hududlarni sugʻorish uchun ariq suvlaridan qayta foydalanish boʻyicha DXSH tajriba loyihasini amalga oshirish.

1-bosqich 2026-2027-yillar

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Toshkent shahar hokimligi,

Kadastr agentligi,

Ekologiya qoʻmitasi,

“Oʻzsuvloyiha” AJ

16.

Yangi quriladigan bino va inshootlarni (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) loyihalashtirishda ularga tutash hududlarni koʻkalamzorlashirish (shu jumladan vertikal koʻkalamzorlashtirish) (daraxt, buta, boshqa oʻsimlik va nihollarni ekish) maydonlarining kamida tartibini ishlab chiqish.

2026-yil 1-oktabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi

17.

Sunʼiy yomgʻir yogʻdirish texnologiyasini qoʻllash. Bunda:

(a) xorijiy tajribani oʻrgangan holda sunʼiy yomgʻir yogʻdirish texnologiyasini tegishli tartibda bosqichma-bosqich joriy qilish;

(b) birinchi bosqichda poytaxtning atmosfera havosini yaxshilash maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida namlik past boʻlgan hududga kerakli asbob-uskunalarni oʻrnatish.

2027-yil 1-oktabr

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya qoʻmitasi,

Toshkent shahar hokimligi

18.

Poytaxtning drenaj tizimini yoʻlga qoʻyish rejasini amalga oshirish. Bunda:

(a) 150 kilometr yopiq drenaj tizimini barpo etish yer usti oqimlarini sugʻorishga, shu jumladan, tutash hududlarga yoʻnaltirish;

(b) 197 kilometr kanal va kollektorlarni taʼmirlash.

2026-yil 1-sentabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Toshkent shahar hokimligi,

“Oʻzsuvloyiha” AJ,

mahalla fuqarolar yigʻinlari

19.

1. Koʻp-kvartirali uylarning tomlarini bazalt qoplamasi bilan qoplash boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish va quruvchi kompaniyalar orasida targʻibot qilish.

Ikki oy muddatda

Boshqaruv kompaniyalari mablagʻlari,

mahalliy budjet mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Koʻp-kvartirali uylarning tomlarini bazalt qoplamasi bilan qoplash boʻyicha har bir hududda kamida ikkita koʻp kvartirali uylarda eksperiment oʻtkazish.

Uch oy muddatda

3. Yangi qurilayotgan koʻp kvartirali uylarning tomlarini bazalt qoplamasi bilan qoplash tartibini shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka va texnik jihatdan tartib soluvchi normativ hujjatlarga joriy qilish.

2026-yil iyul

4. Hududlardagi “Yangi Oʻzbekiston” massivlaridagi mavjud koʻp kvartirali uylarning tomlarini bazalt qoplamalari bilan toʻliq qoplash boʻyicha kompleks choralar koʻrish.

2026-yil avgust

III. Transport tizimini ekologik jihatdan takomillashtirish

20.

Toshkent shahrida avtotransport vositalarining atmosfera havosiga taʼsirini kamaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish. Bunda:

(a) shahar koʻchalari va turarjoy massivlarida velosiped infratuzilmasini, jumladan, alohida velosiped yoʻlaklarini bosqichma-bosqich kengaytirish hamda velosiped toʻxtash joylarini tashkil qilish;

(b) shahar aholisi zichligi yuqori boʻlgan hududlarda transport oqimini optimallashtirish maqsadida katta hajmli va yuk tashishga moʻljallangan avtotransport vositalari harakatini belgilangan vaqt intervallarida cheklash yoki tartibga solish;

(v) Toshkent shahar jamoat transporti tizimini rivojlantirishga doir amaldagi hujjatlarni qayta koʻrib chiqish asosida 2035-yilgacha moʻljallangan kompleks “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish, jamoat transportini ustuvor yoʻnalish sifatida rivojlantirish, ekologik toza transport turlari ulushini oshirish.

2026-yil ikkinchi yarim yilligidan boshlab

Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Toshkent shahar hokimligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Transport vazirligi

21.

Yoʻlovchilarga qulay, sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini koʻrsatish maqsadida Toshkent shahar jamoat transporti harakat tarkibini zamonaviy 200 dona elektrobuslar bilan yangilash. Bunda:

(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan davlat kafolatini taqdim etish;

(b) avtobuslarni joylashtirish uchun yoʻnalishlar tarmogʻini belgilash;

(v) avtobuslarni zaryadlash qurilmalarini oʻrnatish;

(g) avtobuslarni avtosaroylar oʻrtasida taqsimlash va yoʻnalishlarga joylashtirish.

2026-2027-yillar

Davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar

Toshkent shahar hokimligi,

Transport vazirligi

22.

Toshkent viloyatidan poytaxtga kunlik qatnovchi 275 ming nafar yoʻlovchilarga qulaylik yaratish va Toshkent shahar yoʻnalishlar tarmogʻini aholi va yangi turarjoy obyektlaridan kelib chiqqan holda kengaytirish maqsadida 1 ming dona yangi avtobuslar xarid qilish. Bunda:

(a) avtobuslarni xarid qilish uchun kreditlarni jalb qilish mexanizmini joriy qilish;

(b) salohiyatli tadbirkorlarni jalb qilish;

(v) yangi yoʻnalishlar tarmogʻini ishlab chiqish;

(g) avtobus xaridlarini amalga oshirish va yoʻnalishlarga biriktirish.

2026-yil 1-dekabr

Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Toshkent shahar hokimligi,

Transport vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

IV. Tabiiy changning oldini olishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlar

23.

1. Jahon bankining “Oʻzbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash” loyihasi doirasida respublikaga ajratilayotgan mablagʻlarning bir qismini Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ” barpo etish loyihasiga yoʻnaltirish va kelgusida ushbu mablagʻlarni Toshkent shahri mahalliy budjetiga qaytarish orqali bitimga oʻzgartirish kiritish boʻyicha Jahon banki bilan muzokaralar oʻtkazish.

2. Muzokaralar ijobiy boʻlganda:

2026-yil 1-may

“Oʻzbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash” loyihasi va Toshkent shahri mahalliy budjeti mablagʻlari

Ekologiya qoʻmitasi,

Toshkent shahar hokimligi

(a) Toshkent shahri atrofi hamda Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati hududlarida “yashil belbogʻ” barpo etish boʻyicha yer maydonlarini aniqlash;

(b) aniqlangan yer maydonlarda “yashil belbogʻ” barpo etish boʻyicha xulosalar asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;

(v) loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt va buta turlarini tanlash, daraxt va butalar sonini aniqlash va ekish sxemalarini belgilash;

(g) Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish boʻyicha Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining yer ajratish boʻyicha qarorlarini qabul qilish.

Kelishuv asosida

Toshkent shahar hokimligi,

Toshkent viloyati hokimligi,

Sirdaryo viloyati hokimligi,

Oʻrmon agentligi

24.

Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti va unga tutash boʻlgan 250 gektar yer maydonida dendrologiya bogʻini tashkil qilish. Bunda:

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Toshkent shahar hokimligi,

Fanlar akademiyasi,

Kadastr agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Ekologiya qoʻmitasi,

Oʻrmon agentligi

(a) Toshkent shahar hokimligi tomonidan, zarurat boʻlganda, tegishli yer uchastkalari toifasini oʻzgartirish, ularni oʻrnatilgan tartibda tuman hokimligi zaxirasiga qaytarish va Ekologiya qoʻmitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida oʻtkazib berish;

2026-yil 1-aprel

(b) Ekologiya qoʻmitasi tomonidan hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt va butalar turlarini tanlash, daraxt va butalar sonini aniqlash hamda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;

(v) ishlab chiqilgan loyiha asosida dendrologiya bogʻini tashkil qilish ishlarini boshlash.

Tegishli hudud Ekologiya qoʻmitasiga oʻtkazib berilgandan soʻng bir oy muddatda

25.

Toshkent shahri Chilonzor tumani Lutfiy mahallasi Bogʻiston koʻchasi Toshkent shahri onkologiya shifoxonasi oʻrnidagi 4,36 gektar yer maydonida yashil jamoat parkini tashkil qilish. Bunda:

Qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar

Toshkent shahar hokimligi,

Fanlar akademiyasi,

Kadastr agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(a) Toshkent shahar hokimligi tomonidan zarurat boʻlganda tegishli yer uchastkalari toifasini oʻzgartirish, ularni oʻrnatilgan tartibda tuman hokimligi zaxirasiga qaytarish va Ekologiya qoʻmitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida oʻtkazib berish;

2026-yil 1-aprel

(b) Ekologiya qoʻmitasi tomonidan hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt va butalar turlarini tanlash, daraxt va butalar sonini aniqlash hamda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;

Tegishli hudud Ekologiya qoʻmitasiga oʻtkandan soʻng bir oy muddatda

Ekologiya qoʻmitasi

(v) ishlab chiqilgan loyiha asosida yashil jamoatchilik parkini tashkil qilish ishlarini boshlash.

2026-yil 1-maydan boshlab

Ekologiya qoʻmitasi,

Oʻrmon agentligi

26.

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) qarshisidagi hamda Toshkent va Qibray tumanlariga tegishli 83 gektar yer maydonida dendrologiya bogʻini tashkil qilish. Bunda:

(a) Toshkent viloyati hokimligi 65 gektar yer uchastkalarini oʻrnatilgan tartibda Ekologiya qoʻmitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida oʻtkazib berish;

2026-yil 1-may

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Toshkent viloyati hokimligi

(b) Toshkent shahar hokimligi uning huzuridagi “Manzarali Bogʻdorchilik va Gulchilik” MCHJga tegishli 18 gektar yer uchastkalarini oʻrnatilgan tartibda Ekologiya qoʻmitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida oʻtkazib berish;

2026-yil 1-may

Toshkent shahar hokimligi

(v) dendrologiya bogʻi maydonini kengaytirish maqsadida qoʻshimcha 25 gektar yer uchastkalarini ajratish choralarini koʻrish;

2026-yil 1-avgust

Toshkent viloyati hokimligi

(g) tashabbus sifatida dendrologiya bogʻida vazirlik va idoralarning uchastkalarini tashkil etish va ular tomonidan bogʻ yaratilishini moliyalashtirish;

2026-yil aprel

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Geologiya va togʻ-kon sanoati vazirligi va Raqamli texnologiyalari vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

(d) ishlab chiqilgan loyiha asosida dendrologiya bogʻini tashkil qilish ishlarini boshlash.

2026-yil may

Ekologiya qoʻmitasi,

Oʻrmon agentligi

27.

Tajriba-sinov tariqasida mamlakatimizning barcha hududlarida daraxt barglarini yigʻish, ularni biologik usulda chiritish (kompostlash) orqali olingan organik moddalardan tuproq unumdorligini oshirish, namlikni saqlash hamda oʻsimliklarning sogʻlom oʻsishini taʼminlash maqsadida kompost va mulchalash usulidan foydalanish tizimini joriy etish.

2026-yil 1-dekabrga qadar

Mablagʻ talab etilmaydi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

28.

Transchegaraviy ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida chegara hududida maslahat uchrashuvini oʻtkazish boʻyicha Qozogʻiston Hukumati bilan muzokaralar tashkil etish.

2026-yil 1-iyul

Mablagʻ talab etilmaydi

Tashqi ishlar vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi

V. Monitoring va nazorat tizimi

29.

Respublikaning barcha hududlarida oʻrnatilishi rejalashtirilgan atmosfera havosi ifloslanishining fon monitoringi uchun oʻrnatiladigan 347 ta avtomatlashtirilgan stansiyani zarur boʻlgan kommunikatsiya tarmoqlari va boshqa turdagi barcha vositalar bilan taʼminlash.

2026-2027-yillar mobaynida

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

30.

Toshkent viloyati va shahri uchun 5 ta mobil tahliliy laboratoriya xarid qilish. Bunda:

(a) mobil laboratoriyalarni xarid qilish loyihasini ishlab chiqish.

(b) Toshkent shahar tahliliy laboratoriyasi uchun 3 dona va Toshkent viloyati tahliliy laboratoriyasi uchun 2 dona mobil laboratoriyalarni xarid qilish.

2026-yil 1-sentabr

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya qoʻmitasi

31.

Havo sifatini oʻlchovchi koʻp funksiyali, zamonaviy va universal 25 dona maxsus uskunani (testo) belgilangan tartibda sotib olish.

Ikki oy muddatda

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya qoʻmitasi

32.

1. Toshkent shahridagi atmosfera havosi surunkali ifloslanishiga sabab boʻlib kelayotgan I va II toifadagi yirik korxonalar xatlovini tashkil etish.

2. Xatlov natijalari yuzasidan atmosfera havosini doimiy ifloslantirib kelayotgan yirik sanoat korxonalariga 71 ta avtomatik monitoring stansiyalarini va filtr sotib olish.

2026-yil 1-iyul

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya qoʻmitasi

33.

Atmosfera havosi sifatining keskin yomonlashishi holatlarida amal qilinishi lozim boʻlgan harakatlar tartibi (algoritmi)ni ishlab chiqish, bunda:

(a) havo sifati xavfli darajaga yetganda aholini SMS-xabarlar, ommaviy axborot vositalari va raqamli platformalar orqali tezkor ogohlantirish hamda xavf darajalari boʻyicha rasmiy maʼlumot berish tartibini joriy etish;

(b) aholini himoya qilish choralari sifatida ochiq havoda boʻlishni cheklash, ayniqsa, bolalar, keksalar va surunkali kasalliklari bor shaxslar uchun uyda qolish boʻyicha tavsiyalar berish, taʼlim muassasalarida ochiq havo mashgʻulotlarini vaqtincha bekor qilish, ommaviy tadbirlarni cheklash hamda zaruratga koʻra davlat tashkilotlarida ish rejimini oʻzgartirish yoki masofaviy shaklga oʻtkazish choralarini belgilash;

(v) sanoat, energetika, qurilish va transport sohalarida tezkor taʼsir choralarini qoʻllab, jumladan, ifloslanish manbalari boʻyicha operativ nazorat tadbirlarini oʻtkazish, energetika korxonalarida mazut yoqishni cheklash (ekstremal harorat holatlari bundan mustasno), sanoat korxonalarida tashlanmalarni vaqtincha kamaytirish yoki toʻxtatish, qurilish ishlarini cheklash, transport harakatini qisqartirish va favvoralarni ishlatish, daraxtlar va yoʻl chetlarini suv sepish orqali changni bostirish kabi choralar va boshqalarni nazarda tutish.

Bir oy muddatda

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Transport vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

Atmosfera havosi sifati yomonlashishi bilan bogʻliq holatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, oldini olish va oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish.

2026-yil 30-dekabr

34.

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi “Ekologik monitoring milliy markazi” davlat muassasasining (keyingi oʻrinlarda — Monitoring markazi) asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlarini yanada takomillashtirish maqsadida:

xoʻjalik mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha maʼmuriy-boshqaruv va texnik xodimlarni jalb qilish vakolatini berish;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari tarkibidagi laboratoriyalarni hududiy boʻlinmalar tarkibidan barcha shtat birliklari, tegishli jihozlar, mol-mulk hamda tovar-moddiy boyliklari bilan Monitoring markazi tarkibiga oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini atrof-muhit holatini modellashtirish va prognozlashtirish, kimyoviy moddalarni oʻrganish, raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali yanada takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish.

Ikki oy muddatda

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya qoʻmitasi

35.

“Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan quyidagilarni aniqlash imkonini beruvchi tizimni yoʻlga qoʻyish:

(a) yashillik qoplamining (daraxt qoplami) joriy holati;

(b) daraxtlarning kislorod emissiyasi;

(v) daraxt kesish holatlari;

(g) ifloslantiruvchi moddalar (metan, sulfat dioksid, azot, karbon monooksid) chiqishi;

(d) shahar hududidagi issiqlik chiqishi eng yuqori boʻlgan issiq nuqtalari.

2026-yil 1-iyul

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Ekologiya qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi

36.

Atmosfera havosi ifloslanishi yuqori boʻlgan hududlarda tashlamalar cheklash tizimini joriy etish.

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya qoʻmitasi,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

1. Hududlarning yoʻl qoʻyiladigan antropogen yuklama meʼyorini aniqlash, jami ruxsat etilgan tashlamalar hajmini belgilash, umumiy kvotani bosqichma-bosqich qisqartirish, tashlamalar kadastrini yuritish boʻyicha ilmiy asoslangan uslubiyotlarini ishlab chiqish.

2026-yil 1-iyul

2. Atmosfera havosi ifloslanishi yuqori boʻlgan hududlarda tashlamalar cheklash tizimini joriy qilish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish.

2026-yil 1-dekabr

37.

Avtotransport vositalaridan chiqayotgan gazlarning ifloslantiruvchi moddalari miqdori oʻrnatilgan meʼyorlardan oshib ketmasligini oʻrganish maqsadida Ichki ishlar xodimlarini tegishli oʻlchov vositalari bilan taʼminlash va ulardan foydalanish yuzasidan Ichki ishlar organlari xodimlari uchun oʻquv kurslarini tashkil qilish.

2026-yil 1-iyul

Ijrochilar mablagʻlari

Ichki ishlar vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi

38.

Yuridik va jismoniy shaxslarining ekologiya sohasida masʼuliyatini oshirish va sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish. Bunda:

(a) “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga issiqxona gazlari ajratmalari tashlaganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini joriy qilish;

(b) oʻzlariga biriktirilgan hududlarda tozalikni taʼminlamaganlik, chiqindilarni olib chiqib ketish choralarini koʻrmaganlik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmaganlik uchun yangi turdagi javobgarliklarni belgilash nazarda tutiladi.

2026-yil 1-dekabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya qoʻmitasi,

Adliya vazirligi

39.

Havo ifloslanishining odam organizmiga taʼsirini oʻrganish. Bunda:

(a) atmosfera havosining ifloslanishi bilan aholi oʻrtasidagi kasallanish holatlari (nafas olish tizimi, yurak-qon tomir tizimi, allergik kasalliklar) oʻrtasidagi bogʻliqlikni ilmiy jihatdan oʻrganish;

(b) yuqori xavfli guruhlar (bolalar, qariyalar, homilador ayollar) uchun maxsus tavsiyalar ishlab chiqish;

(v) havo ifloslanishiga nisbatan aholi salomatligiga tahdid darajasini baholaydigan xavf indikatorlarini yaratish va ularni sogʻliqni saqlash tizimiga integratsiya qilish.

2026-yil 1-noyabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-46-son Farmoniga
2a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini Toshkent shahrida amalga oshirish dasturining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maqsadli koʻrsatkich nomi

Oʻlchov birligi

Nazorat qilish darajasi

Bazaviy koʻrsatkich

2026-yilda

2027-yilda

2028-yilda

2029-yilda

2030-yilda

Koʻrsatkich

Sana

1.

Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari miqdorini 2025-yilgi koʻrsatkichlarga nisbatan kamaytirish (sanoat va transport)

foiz

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

*

*

2

4

6

8

10

2.

Yalpi ichki mahsulot birligida issiqxona gazlari emissiyasini 2010-yilgi koʻrsatkichlarga nisbatan qisqartirish

foiz

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

+20,86

2022-yil holatiga

10

15

20

25

35

3.

Ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqaruvchi manbalarning chang-gaz tozalovchi uskunalar bilan jihozlanganlik darajasini oshirish (2025-yilga nisbatan solishtirganda)

birlik

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

1 542

2024-yil holatiga

40

50

75

75

100

4.

Toshkent shahrida qurilish ishlarini olib borishda chang bostirish va yuvish hamda monitoring tizimlari (Ekologiya qoʻmitasi bilan integratsiya qilingan fon monitoring stansiyalari va onlayn kamera) bilan jihozlash (2025-yilga nisbatan solishtirganda)**

foiz

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

-

-

40

50

60

70

80

5.

Issiqxona xoʻjaliklari obyektlarini koʻmirdan elektr va boshqa ekologik toza muqobil yoqilgʻi turlariga oʻtkazish (2025-yilga nisbatan solishtirganda)***

foiz

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi,

Toshkent viloyati hokimligi

-

-

30

40

50

60

70

6.

Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi issiqxona hamda issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalarida energiya samarador uskunalarni oʻrnatish (2025-yilga nisbatan solishtirganda)

foiz

Energiya samaradorligi milliy agentligi

-

-

30

50

70

80

100

7.

Tashlamalar hosil boʻlishi bilan bogʻliq ishlab chiqarish jarayonlari modernizatsiyalangan sanoat korxonalari ulushi (2025-yilga nisbatan solishtirganda)*

foiz

Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimligi

-

-

30

45

55

75

85

8.

Aholi turar joylarini isitish uchun gaz va elektr (shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan) energiyalari bilan taʼminlash darajasini oshirish (2025-yilga nisbatan solishtirganda)*

foiz

Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimligi

-

-

20

30

40

50

60

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-46-son Farmoniga
2b-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2030-yilgacha yashil hududlar tizimini rivojlantirish va bu borada aholi ehtiyojlarini taʼminlashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuman nomi

Umumiy maydon

(ga)

Mavjud yashil maydonlar NDVI asosida

(ga)

30 foiz yashillikka erishish uchun zarur maydon

(ga)

Daraxt ekish zarur boʻlgan maydon

(ga)

2026-yilda

2027-yilda

2028-yilda

2029-yilda

2030-yilda

1.

Bektemir

3312

950,5

993,6

43,1

12,9

8,6

8,6

6,5

6,5

2.

Chilonzor

3053

876,2

915,9

39,7

11,9

7,9

7,9

6,0

6,0

3.

Mirobod

1673

480,2

501,9

21,7

6,5

4,3

4,3

3,3

3,3

4.

Mirzo Ulugʻbek

5907

1695,3

1772,1

76,8

23,0

15,4

15,4

11,5

11,5

5.

Shayxontohur

2691

772,3

807,3

35,0

10,5

7,0

7,0

5,2

5,2

6.

Olmazor

3375

968,6

1012,5

43,9

13,2

8,8

8,8

6,6

6,6

7.

Sergeli

5055

1450,8

1516,5

65,7

19,7

13,1

13,1

9,9

9,9

8.

Uchtepa

2808

805,9

842,4

36,5

11,0

7,3

7,3

5,5

5,5

9.

Yakkasaroy

1400

401,8

420

18,2

5,5

3,6

3,6

2,7

2,7

10.

Yangihayot

4420

1268,5

1326

57,5

17,2

11,5

11,5

8,6

8,6

11.

Yashnobod

5672

1627,9

1701,6

73,7

22,1

14,7

14,7

11,1

11,1

12.

Yunusobod

4101

1177,0

1230,3

53,3

16,0

10,7

10,7

8,0

8,0

Jami:

43 467

12 475,03

13 040,1

565,1

169,5

113,0

113,0

84,8

84,8

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: 2030-yilgacha belgilangan yashil hududlarni rivojlantirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashda quyidagi vazirlik va idoralar masʼul ijrochi tashkilotlar etib belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahridagi barcha tuman hokimliklari, tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-46-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 17-dekabrdagi PF-3942-son Farmoni bilan tasdiqlangan Faxriy unvonlar uchun har oylik toʻlovlar miqdorlarining rus tilidagi matni quyidagi mazmundagi 36-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

36.

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog” (“Zaslujenniy ekolog Respubliki Uzbekistan”)

1,6

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-sentabrdagi “Xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6318-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan va ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan avtobus, elektrobus, trolleybus hamda mikroavtobuslarni 2027-yil 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllanilsin hamda utilizatsiya yigʻimini besh yilga boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 8-bandning “b” va “v” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) 2026-yil yakuniga qadar respublika hududi boʻyicha atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi yuqori boʻlgan hududlarni prognozlash va aholini barvaqt ogohlantirish tizimi sinov tariqasida joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2027-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida oʻrnatiladigan avtomatlashgan kichik stansiyalar maʼlumotlari atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish orqali vizuallashtirilib, rasmiy veb-saytlarda real vaqt rejimida muntazam yangilab boriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 11-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-95-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) quyidagi mazmundagi 121 pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

121.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 23-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) 62 — 64-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

62.

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi

63.

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi

64.

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 1-ilova quyidagi mazmundagi ustun bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi organlarining maxsus unvonlari

III darajali ekolog

II darajali ekolog

I darajali ekolog

III darajali ekologiya maslahatchisi

II darajali ekologiya maslahatchisi

I darajali ekologiya maslahatchisi

III darajali davlat ekologiya maslahatchisi

II darajali davlat ekologiya maslahatchisi

I darajali davlat ekologiya maslahatchisi

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-21-son Farmoniga 6-ilovaning 22-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

22.

Oʻzbekiston Respublikasida Ekologik taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi

(Vazirlar Mahkamasining 434-sonli qarori, 27.05.2019-y.)

2026-yil dekabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti

(Green University),

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-238-son qarorining 5-bandidagi “2026” raqami “2029” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-sentabrdagi “Chang boʻronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-338-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshisidagi “2026” raqami “2027” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-248-son qaroriga 6-ilovaning 14-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

14.

“Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasida saygʻoqlarning populyatsiyasini oshirish va Qozogʻistondan Oʻzbekistonga saygʻoqlarning migratsiyasini qayta tiklash.

1. Saygʻoqlarning migratsiyasini tiklash hamda populyatsiyasini oshirish boʻyicha ishchi guruhni tashkil qilish.

2. Ishchi guruhni Qozogʻiston Respublikasiga xizmat safariga yuborish.

3. “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasiga kamida 500 ta saygʻoqni olib kelish, Qozogʻiston Respublikasi bilan Shalqar — Beyneu temir yoʻl liniyasida saygʻoqlar oʻtishi uchun yoʻlaklar barpo qilish va chegara hududida migratsiya yoʻllarini koʻpaytirish boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil avgust

Bosh vazir oʻrinbosari

(J. Xodjayev),

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

(A. Abduhakimov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(B. Kurbanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(F. Ermanov)

4. Muzokaralar natijasi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

Muzokara yakunidan keyin ikki hafta muddatda

2026-yil oktabr

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PQ-343-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Raisning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-48-son qarorining 7-bandidagi “kamida” soʻzi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 06/26/46/0290-son)