15.05.2026 yildagi VII-29-144-3-0-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI JIZZAX VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish va xizmat koʻrsatish sohasida taʼriflarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 2002-yil 4-,5-son, 72-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-sonli va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Jizzax viloyati hokimligining 2026-yil 10-apreldagi 02-736-sonli va Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining Jizzax viloyati boshqarmasining 2026-yil 9-apreldagi 1-01/1001-sonli murojaat xatlarini hamda Jizzax viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2026-yil 26-martdagi 01-01-05-67-sonli xulosa xatini inobatga olib, viloyat hududida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish va xizmat koʻrsatish sohasidagi ishlarni samarali tashkil qilish, hududlarning ekologik va sanitariya holatini yanada yaxshilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat hokimligining 2026-yil 10-apreldagi 02-736-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish va xizmatlar koʻrsatish sohasida majburiy toʻlovlar taʼriflari miqdori ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi (Sh.Usmanov) hamda viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi (J.Latipov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi (B.Soatov)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish va xizmat koʻrsatish sohasida majburiy toʻlovlar uchun yangi taʼriflar belgilanganligini aholi va xoʻjalik yurituvchi subektlar eʼtiboriga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- har yili aholini xatlovdan oʻtkazish yil boshining birinchi choragida toʻliq amalga oshirilib, xatlov hisobotlari va dalolatnomalari Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining Jizzax viloyati boshqarmasiga taqdim etish, bunda Sanitar tozalash korxonasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xodimlari, Mahalla yettiligidan aʼzolar ishtirok etishlarini taʼminlash hamda maʼlumotlarning toʻliqligini mahalla fuqarolar yigʻini raislari tomonidan taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (B.Axmedov), viloyat Gʻaznachilik boshqarmasi (M.Istamov) budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning xarajatlar smetasiga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlari boʻyicha belgilangan meʼyorlar hamda mazkur taʼriflar asosida zarur mablagʻlar rejalashtirilishini koʻzda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat hokimligi Axborot xizmati (A.Binoqulov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyat teleradiokanali Davlat muassasasi direktori E.Shermonov, “Jizzax haqiqati”-“Джизакская правда” gazetasi tahririyati (B.Nazarov)ga mazkur qarorni ommaviy axborot vositalarida va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash vazifasi viloyat hokimi oʻrinbosari Sh.Djuraev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2024-yil 15-fevraldagi VI-51-38-3-0-K/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi E.Xolmatov hamda Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Rahmonqulov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi raisi UZAKOV BAYRAMBEK UZAKOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-29-144-3-0-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.