03.07.2025 yildagi 125-3-55-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JIZZAX VILOYATI JIZZAX SHAHAR HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻratepalik” MFY hududidan oʻtgan Huquqshunos koʻchasiga OʻzDSt 3403-2019 talablari asosida ishlab chiqarilgan “Sunʼiy yoʻl notekisligi” yoʻl belgilarini oʻrnatilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3127-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 377-sonli qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevralda “Xavfsiz va ravon yoʻl” tamoyili asosida avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, shahar Obodonlashtirish boshqarmasining 2024-yil 8-apreldagi 347-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Obodonlashtirish boshqarmasining 2024-yil 8-apreldagi 347-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻratepalik” MFY hududidan oʻtgan Huquqshunos koʻchasiga OʻzDSt 3403-2019 talablari asosida ishlab chiqarilgan “Sunʼiy yoʻl notekisligi” yoʻl belgilarini oʻrnatilishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shahar Iqtisodiyot va Moliya boʻlimi (J.Tojiboyev)ga; yuqoridagi koʻrsatilgan yoʻl belgisini oʻnatish uchun kerakli mablagʻlarni ajratilishini taʼminlasin va shahar Obodonlashtirish boshqarmasi hisob-raqamiga oʻtkazib berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shahar Obodonlashtirish boshqarmasi (B.Otajonov)ga shahar IIB YXHB boshligʻi (Gʻ.Erbekov) bilan birgalikda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻratepalik” MFY hududidan oʻtgan Huquqshunos koʻchasiga OʻzDSt 3403-2019 talablari asosida ishlab chiqarilgan “Sunʼiy yoʻl notekisligi” yoʻl belgilarini oʻz manziliga belgilangan tartibda oʻrnatish va harakat havfsizligi taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari X.Onalboyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar hokimi K. XOLMURODOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Jizzax sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125-3-55-Q/25-son