Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 26-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3841]
Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda 2025-yil 11-fevraldagi OʻRQ-1026-son “Mikromoliyalashtirish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 5 may,
13/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-maydagi 13/5-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 22-yanvardagi 1/1-son qarori (roʻyxat raqami 2201, 2011-yil 23-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 80-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklariga (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) qayta moliyalash kreditlarini berish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.”;
2) 2, 4 — 7 va 9-ilovalarning matnidagi “tijorat banklariga” degan soʻzlar “banklarga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 10-ilovaning matnidagi “tijorat banklarini” degan soʻzlar “banklarni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2016-yil 23-apreldagi 12/1-son qarori (roʻyxat raqami 2788, 2016-yil 18-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 20-son, 227-modda) bilan tasdiqlangan Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 1-bandning ikkinchi xatboshisi “tijorat banklari” degan soʻzlardan keyin “, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 5-bandning “v” kichik bandidagi “tijorat banki” degan soʻzlar “bank” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 6-bandning “d” kichik bandidagi “tijorat banklari” degan soʻzlar “banklar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/12-son qarori (roʻyxat raqami 3010, 2018-yil 12-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/3010/1215-son) bilan tasdiqlangan Banklararo pul bozorida elektron savdo platformasi orqali operatsiyalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 1-bandda:
uchinchi xatboshi “tijorat banklari” degan soʻzlardan keyin “, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oltinchi xatboshidagi “tijorat banklari” degan soʻzlar “banklar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2) 2 va 3-bandlar hamda 9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tijorat banklari” degan soʻzlar “banklar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3) 6-banddagi “Tijorat banklari” va “tijorat banklari” degan soʻzlar tegishli ravishda “Banklar” va “banklar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 22-sentabrdagi 30/13-son qarori (roʻyxat raqami 3079, 2018-yil 25-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y., 10/18/3079/2122-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1) muqaddima “tijorat banklarining” degan soʻzlardan keyin “, shu jumladan mikromoliya banklarining (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “tijorat banklari” va “tijorat banklarining” degan soʻzlar tegishli ravishda “banklar” va “banklarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi, toʻrtinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilardagi “tijorat banklari” degan soʻzlar “banklar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “tijorat banklarining” va “tijorat banklari” degan soʻzlar tegishli ravishda “banklarning” va “banklar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilardagi “tijorat banklarining” degan soʻzlar “banklarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 6-banddagi “tijorat banklari” va “tijorat bankidan” degan soʻzlar “banklar” va “bankdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 10-bandning oʻn ikkinchi xatboshisidagi “tijorat bankidan” degan soʻzlar “bankdan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6) 11 va 42-bandlardagi “tijorat banklariga” degan soʻzlar “banklarga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
7) 13-bandda:
birinchi xatboshidagi “Tijorat banklari” degan soʻzlar “Banklar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “tijorat banki” degan soʻzlar “bankning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
8) 14 va 25-bandlar, 26-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 27, 32, 33 va 41-bandlardagi “tijorat banklarining” degan soʻzlar “banklarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
9) 18, 29, 43 va 47-bandlar, 48-bandning birinchi xatboshisidagi “Tijorat banklari” degan soʻzlar “Banklar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
10) 19, 21, 39 va 40-bandlardagi “Tijorat banklarining” degan soʻzlar “Banklarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
11) 34-banddagi “tijorat banklaridan” degan soʻzlar “banklardan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
12) 44-bandda:
birinchi xatboshidagi “tijorat banklari” va “tijorat banki” degan soʻzlar tegishli ravishda “banklar” va “bank” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Tijorat banki” degan soʻzlar “Bank” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026 y., 10/26/3841/0538-son)