Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining
buyrugʻi
Kasbiy taʼlim agentligi tizimiga oʻtkazish orqali qayta tashkil etiladigan texnikumlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 25-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3839]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2026-yil 25-martdagi PQ-110-son “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik taʼlim, ilm-fan va targʻibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son Farmoni bilan tasdiqlangan Kasbiy taʼlim agentligi tizimiga oʻtkazish orqali qayta tashkil etiladigan texnikumlar roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 20-may,
214-son
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 20-maydagi 214-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Kasbiy taʼlim agentligi tizimiga oʻtkazish orqali qayta tashkil etiladigan texnikumlar roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 46-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi “yashil” texnikumi”.
2. 80-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Andijon viloyati “yashil” texnikumi”.
3. 107-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Buxoro viloyati “yashil” texnikumi”.
4. 164-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jizzax viloyati “yashil” texnikumi”.
5. 208-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qashqadaryo viloyati “yashil” texnikumi”.
6. 211-pozitsiya chiqarib tashlansin.
7. Quyidagi mazmundagi 2421-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ | ||||
2421. | Karmana tumani | Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi | Navoiy viloyati “yashil” texnikumi | 540 |
”. |
8. 286-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Namangan viloyati “yashil” texnikumi”.
9. 365-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Samarqand viloyati “yashil” texnikumi”.
10. 377-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sirdaryo viloyati “yashil” texnikumi”.
11. 448-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Surxondaryo viloyati “yashil” texnikumi”.
12. 477-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent viloyati “yashil” texnikumi”.
13. 532-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoʻqon shahar 6-son texnikumi”.
14. 538-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fargʻona viloyati “yashil” texnikumi”.
15. 554-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soʻx tuman 1-son texnikumi”.
16. 594-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xorazm viloyati “yashil” texnikumi”.
17. 635-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent shahri “yashil” texnikumi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026 y., 10/26/3839/0532-son)