08.05.2026 yildagi 135-8-121-Q/26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.05.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SURXONDARYO VILOYATI TERMIZ SHAHAR HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz shahridagi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 27, 47-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi nizomning 39, 41-bandlari, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”ning 3, 4, 8-bandlariga muvofiq, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Termiz shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 16-dekabrdagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida shahardagi har bir umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida” 01-/4576-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Termiz shahridagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarini mahalla fuqaro yigʻinlaridagi hudud va mikrohududlarga biriktirish roʻyxati 1-ilovaga muvofiq; Termiz shahridagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim ikki (oʻzbek va rus) tilida olib borilishini inobatga olgan holda, maktablarga hududlarni oʻqitish tili boʻyicha biriktirish 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Termiz shahar hokimining oʻrinbosari K.Ashurov, shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (Lavozimiga koʻra) hamda shahardagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlarining zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga 7 yoshga toʻladigan yilda toʻliq qamrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan doimiy monitoring olib borish va monitoring natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, shahardagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalar rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston mahallalari uyshmasining Termiz shahar boʻlimi (F.Abdumannotov), mahalla fuqarolar yigʻini raislari bilan birgalikda (Lavozimiga koʻra): maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qamrab olish jarayonida shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Termiz shahar hokimligi axborot xizmati (A.Qosimova) mazkur qarorni hokimlikning tegishli ijtimoiy tarmoqlariga hamda rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Termiz shahar hokimining 2022-yil 1-iyuldagi “Termiz shahrida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan shahardagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida” 237-8-121-Q/22-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari K.Ashurov hamda shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (Lavozimiga koʻra) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz shahar hokimi SH. U. LOLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Termiz sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135-8-121-Q/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.