NAVOIY VILOYATI NAVBAHOR TUMANI HOKIMINING
QARORI
Navbahor tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha mikrohududlarni belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 27-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 39-bandi hamda 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori bilan tasdiqlangan Reglament talablarini bajarish maqsadida Navbahor tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab qabul jarayonlarini elektron davlat xizmati shaklida joriy etish belgilanganligi sababli maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim maktablariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)ni aniq belgilab olish hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Navbahor tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisidagi qarori loyihasi regulation.gov.uz elektron platform orqali 02.04.2026-yildan 17.04.2026-yilgacha ID 113605 bilan muhokamadan oʻtkazilganligi inobatga olinsin.
2. Navbahor tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim maktablariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimi oʻrinbosari (A.Tuxliyev), tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (A.Qarshiyev), tumandagi umumtaʼlim maktablari rahbarlari zimmasiga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish, shunigdek 2026-2027- oʻquv yilidan boshlab qabul jarayonlarini elektron davlat xizmati shaklida joriy etishida fuqarolar tomonidan ariza berilishida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
4. Davlat kadastrlari palatasi Navbahor tuman filiali rahbari A.Qurbonov tumandagi barcha maktablarga biriktirilgan mikrohududlardagi manzillar, fuqarolarni yashab turgan xonadon kadasrt hujjatlari manzillar birxillashtirishda hujjatlashtirish ishlarini tashkil qilish, kadastr hujjatlari yoʻq xonadonlarni hujjatlashtirish kabi vazifalari topshirilsin.
5. Belgilansinki, tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
6. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Navbahor tumani boʻlimi (S.Normamatov), mahalla fuqarolar yigʻini raislariga maktab yoshidagi bolalarni umumtaʼlim muassasalariga jalb etish jarayonida tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda umumtaʼlim muassasalariga amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
Tuman hokimligi axborot xizmati (E.Bobonazarov) hamda “Navbahor tongi” gazetasi tahririyatiga ushbu qarorni ommaviy axborot vositalari orqali yoritish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A.Tuxliyev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi А. RASHIDOV
Navoiy viloyati, Navbahor tumani,
2026-yil 8-may,
172-5-73-Q/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.