XALQ DEPUTATLARI QOROVULBOZOR TUMANI KENGASHINING
qarori
Xalq deputatlari Qorovulbozor tumani Kengashining 2025-yil 17-maydagi VII-12-54-2-38-K/25-sonli qarori ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Qorovulbozor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Sh. Avezovning 2025-yil 22-dekabr kunidagi 111-sonli xati bilan kiritgan taklifini muhokama qilib hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Qorovulbozor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Sh. Avezovning 2025-yil 22-dekabr kunidagi 111-sonli xati bilan kiritgan taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Qorovulbozor tumani Kengashining 2025-yil 17-maydagi VII-12-54-2-38-K/25-sonli qarorining ilovalariga oʻzgartirish kiritilsin va tumanda 2025-yil vegetatsiya mavsumida istemolchilarni suv talabi va ajratilgan suv miqdori (limit) toʻgʻrisida ekinlar kesimida maʼlumot 1-ilovaga, 2025-yil vegetatsiya mavsumida istemolchilarni suv talabi va ajratilgan suv miqdori (limit) toʻgʻrisida oylar kesimida maʼlumot 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini taʼminlash Qorovulbozor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Sh. Avezovga, qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi D. Yusupov va xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi B. Aslonov zimmalariga yuklatilsin.
4. Tuman hokimligining axborot xizmati I. Karimovga mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish vazifasi yuklansin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi B. ASLONOV
Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani,
2026-yil 28-fevral,
VII-24-20-2-38-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.