XALQ DEPUTATLARI QOROVULBOZOR TUMANI KENGASHINING
qarori
2026-yilda Qorovulbozor tumani boʻyicha “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Qorovulbozor tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuniga 9-ilova bilan 2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalari tasdiqlanganligi, shunigdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 387-sonli qarori 2-bandi «v» kichik bandida xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi hamda mazkur yigʻimlardan tushgan tushumlar toʻliq miqdorda tuman (shahar)lar budjetlariga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Yuqoridagilardan kelib chiqib 2026-yil uchun Qorovulbozor tuman hududida “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning miqdorlariga kiritiladigan oʻzgarishlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qorovulbozor tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Gʻ. Niyozov va tuman soliq inspeksiyasi (A. Latipov) bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
4. Tuman hokimligi axborot xizmati (I. Karimov), “Qorovulbozor tongi” gazetasi (B. Soliyev) hamda tuman hokimligi bosh yuriskonsulti (I. Shokirov) bilan hamkorlikda mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin hamda “Qorovulbozor tongi” gazetasida rasmiy eʼlon qilsinlar.
5. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan 3 oydan keyin kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Qorovulbozor tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Sh. Suvonov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi B. ASLONOV
Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani,
2026-yil 31-mart,
VII-25-26-2-38-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.