28.10.2025 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Serbiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BITIM

Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari davlat reyestrida 2025-yil 4-noyabrda roʻyxatga olingan, roʻyxat raqami 4608-RS-2025-H]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Serbiya Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari xalqlari oʻrtasida doʻstona aloqalarni kengaytirish, har ikki mamlakat hayoti, tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishishga koʻmaklashish istagini bildirib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm xalqlar oʻrtasida oʻzaro tushunishni mustahkamlash, doʻstona munosabatlarni rivojlantirish va yaxshi niyatni ifodalashning muhim vositasi ekanini anglagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar tenglik, oʻzaro manfaat va foyda tamoyillari asosida har ikki davlat xalqlarini ilm-fan, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish va madaniyat sohalaridagi yutuqlar, tabiat va diqqatga sazovor joylar, shuningdek, har ikki xalqning tarixiy yodgorliklari hamda madaniy anʼanalari bilan tanishtirish maqsadida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantiradilar va mustahkamlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar xalqaro turizmni rivojlantirish va turizm sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, sayyohlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻshma tadbirlarni tashkil etish bilan shugʻullanadigan oʻzbek va serb tashkilotlari oʻrtasida hamkorlikni oʻrnatish va rivojlantirishni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar jamoaviy va yakka tartibdagi turizmni rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning 1-moddasida belgilangan maqsadlarga erishish uchun Tomonlar quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni amalga oshirishga koʻmaklashadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- turizm sohasidagi davlat idoralari, turizm operatorlari hamda turizm tarmogʻining rivojlanishidan manfaatdor boshqa tashkilotlar va muassasalar oʻrtasida yaqin sheriklik va texnik hamkorlikni oʻrnatish hamda rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- xalqaro va ichki turizm sohasidagi tajriba almashish, shuningdek, xizmatlar (xizmat) sifatini oshirishni kafolatlovchi turizm biznesi sohasida marketing tadqiqotlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- gastronomik, sogʻlomlashtirish, ekologik, sport va boshqa turizm turlarini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- Tomonlar davlatlarining turizm resurslari hamda ushbu sohani tartibga soluvchi amaldagi qonunchilikka oid statistik maʼlumotlar va axborot materiallarini almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- sayyohlar oqimini jalb etish maqsadida reklama materiallari, bosma nashrlar, audio va video mahsulotlar tayyorlash, shuningdek, OAV orqali reklama kampaniyalarini oʻtkazish, turli koʻrgazmalar, seminarlar, treninglar hamda B2B formatidagi tadbirlarni tashkil etish orqali turizmga oid maʼlumotlarni keng targʻib etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- turizm sohasi kadrlarini tayyorlash va Tomonlar davlatlarining turizm korxonalarining kadrlarini oʻqitish, shuningdek, malaka oshirish maqsadida oʻquv safarlari va qisqa muddatli xizmat safarlarini tashkil etish orqali tegishli turizm muassasalari mutaxassislarini almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- turizm infratuzilmani rivojlantirish, turizm zonalar tashkil etish, katta va kichik mehmonxona hamda hordiq chiqarish majmualarini qurish sohasida tajriba almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- turizm sohasiga investitsiyalarni jalb etish, Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq turizm sohasida investitsiyalar uchun taqdim etilgan imtiyozlar toʻgʻrisida axborot almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- ikki davlat hududida tashkillashtiriladigan xalqaro turizm koʻrgazmalari va boshqa tadbirlarda Tomonlar sayohat kompaniyalari va tashkilotlarining ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- turizm sohasidagi xalqaro standartlarni Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon boshqa Tomon davlatiga turizm safarlari uchun chiqib ketayotgan oʻz davlati fuqarolariga xorijiy fuqarolar uchun chiqish, boʻlish va chiqib ketish tartibini belgilovchi ushbu davlatda amal qilayotgan qonunchilik toʻgʻrisida zarur maʼlumotlarni taqdim etish uchun tegishli choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlarining qonunchiligiga muvofiq, boshqa Tomon davlati hududida boʻlib turgan sayyohlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning xavfsizligini taʼminlash, shu jumladan, favqulodda holatlar yuz bergan taqdirda ularni evakuatsiya qilish choralarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar turizm masalalarida ixtisoslashgan olimlar, ekspertlar, jurnalistlarning oʻzaro almashinuviga, shuningdek, turizm faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlar oʻrtasidagi hamkorlikka koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Butunjahon turizm tashkiloti hamda boshqa xalqaro turizm tashkilotlari doirasida hamkorlikni rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon oʻz davlati hududida boshqa Tomonning turizm axborot markazlarini tashkil etishni ragʻbatlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Oʻzbek-Serb Hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiyasi doirasida faoliyat yuritadigan va vazifasi mazkur Bitim qoidalarining bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, shuningdek, turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadigan ishchi guruh tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar har bir Tomon tarafidan oʻz davlatining qonunchiligiga hamda tegishli soha uchun ajratilgan mavjud moliyaviy resurslar doirasida qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlarning yoki ularning davlatlarining ishtirokchisi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro roziligi asosida mazkur Bitimga ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan hamda alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish bilan bogʻliq har qanday nizo Tomonlar oʻrtasida oʻzaro maslahatlashuvlar va muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim Tomonlar Bitimning kuchga kirishi uchun zarur barcha ichki huquqiy tartib-taomillar bajarilganligi toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladigan bildirishnomalarning oxirgisi qabul qilingan sanadan soʻng oʻttizinchi (30) kunda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim besh (5) yil muddat davomida amal qiladi. Basharti Tomonlardan biri ushbu Bitimning amal qilishini tugatish niyati haqida joriy muddat tugashidan kamida uch oy oldin diplomatik kanallar orqali yozma ravishda bildirmasa, mazkur Bitimning amal qilish muddati navbatdagi besh yillik muddatlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitimning amal qilishining tugatilishi ushbu Bitim doirasida vakolatli organlar va (yoki) vakolatli tashkilotlar tarafidan tuzilgan shartnomalar va (yoki) bitimlarning amalga oshirilishiga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida, 2025-yil 28-oktabrda, ikki nusxada, oʻzbek, serb va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talqin qilishda tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)