08.05.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3266-5
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 08.05.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3266-5
Кучга кириш санаси
09.08.2026
Hujjat 09.08.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 8-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3266-5]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 24-iyundagi 357-V va 13-son qarori (roʻyxat raqami 3266, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3266/1110-son) bilan tasdiqlangan Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16 aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
357-B-5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi J. XATAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 15 aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 357-B-5-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 18-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benefitsiar mulkdor — mijozga nisbatan pirovard nazoratni amalga oshiruvchi yoki unga bevosita yoxud bilvosita egalik qiluvchi jismoniy shaxs(lar), shuningdek nomidan operatsiya amalga oshirilayotgan jismoniy shaxs;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paketli oʻtkazma — bir nechta alohida toʻlovlar yoki oʻtkazmalardan iborat boʻlib, ayni bir moliyaviy muassasaga (tijorat banklari, toʻlov tizimlari operatorlari, toʻlov tashkilotlari va boshqalar) yuboriladigan, yakunda bir shaxsga yoki turli shaxslarga moʻljallangan oʻtkazma.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xodimlarni ishga qabul qilishda nomzodlarning lavozimga munosibligini baholashga qaratilgan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha riskka asoslangan tekshiruv tartib-taomillari;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn oltinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn yettinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 171-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga” degan soʻzlar “175 million soʻmga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 312-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“312. Bazaviy hisoblash miqdorining 28 baravariga teng yoki undan oshgan summadagi yuborilayotgan ichki toʻlovlar va pul oʻtkazmalari boʻyicha maʼlumotlar joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (joʻnatuvchining nomi, manzili, soliq toʻlovchining identifikatsion raqami yoki mijozning identifikatsiya raqami, agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, uning raqami yoki operatsiyani joʻnatuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqami, jismoniy shaxslar uchun esa — uning ismi, familiyasi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va yashash joyi) hamda oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (oluvchining nomi, mamlakati va shahri, soliq toʻlovchining identifikatsion raqami yoki mijozning identifikatsiya raqami, agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, uning raqami yoki operatsiyani joʻnatuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqami, jismoniy shaxslar uchun esa — uning ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash joyi) oʻz ichiga olishi kerak, joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumot oluvchi bank tomonidan boshqa manbalar orqali olinishi mumkin boʻlgan holatlar bundan mustasno. Bu holatda joʻnatuvchi toʻlov tashkilotiga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini, shuningdek hisobvaraqning raqami yoki operatsiyani joʻnatuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqamini qoʻshib qoʻyish yetarli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov tashkilotlari bazaviy hisoblash miqdorining 28 baravaridan oshmagan summadagi ichki toʻlovlar va pul oʻtkazmalarini joʻnatuvchi haqidagi (joʻnatuvchi yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda ushbu hisobvaraqning raqami yoki operatsiyani joʻnatuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqami) va oluvchi haqidagi (oluvchi yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda ushbu hisobvaraqning raqami yoki operatsiyani joʻnatuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqami) maʼlumotlar bilan birga yuborilishini taʼminlashlari kerak.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagi mazmundagi 313 va 314-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“313. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari mijoz tomonidan bank kartasi orqali tovar yoki xizmat uchun toʻlov amalga oshirilganda bank kartasining raqamini joʻnatuvchi moliyaviy muassasadan oluvchi moliyaviy muassasagacha kuzatib borilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
314. Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari ayni bir joʻnatuvchidan xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha paketli oʻtkazma amalga oshirilganda, bunday oʻtkazmalar joʻnatuvchining hisobvaragʻi yoki operatsiyani joʻnatuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqamini oʻz ichiga olsa hamda paketli oʻtkazmada joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi zarur va aniq maʼlumotlar, shuningdek oluvchi toʻgʻrisida qabul qiluvchi mamlakatda uni toʻliq kuzatib borish imkonini beruvchi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, mazkur Qoidalarning 312-bandida belgilangan joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga doir talablarni qoʻllamasliklari mumkin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 34-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari (Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tomonidan taqdim etilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga ega mijozlar bundan mustasno);”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026 y., 10/26/3266-5/0472-son)