XALQ DEPUTATLARI JONDOR TUMANI KENGASHINING
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-47-sonli qarorining Jondor tumanida ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-47-sonli qarori qabul qilingan. Ushbu qaror ijrosi boʻyicha tumanda asosiy maqsadli koʻrsatkichlar etib quyidagilar belgilangan:
Jondor tumanida 2026 — 2028-yillarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan maydonlar hajmini 14,109 jami gektarga yetkazish, shundan 100 gektar maydonda yomgʻirlatib sugʻorish, tomchilatib sugʼorish texnologiyasi 2456 gektar va 11653 gektar boshqalar, 300 gektar maydonda egiluvchan quvur sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish hamda 320 gektar maydonni lazerli tekislash.
Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va undan foydalanish boʻyicha Xitoyning Shinjon tajribasi asosida mutaxassis kadrlar malakasini tizimli oshirishni yoʻlga qoʻyish.
Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, suv tejovchi texnologiyalarni qurib beruvchi pudrat tashkilotlari tomonidan har bir loyihaga kamida 2 yillik kafolat muddati berilishi hamda 5 yil davomida servis xizmatlari koʻrsatilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishi belgilab qoʻyilgan.
Vegetatsiya davri uchun 862 ta suv istemolchilari boʻlib shundan suv bilan barqaror taʼminlangan 439 ta suv istemolchilari hamda 423 ta suv istemolchilari suv bilan taʼminlanmagan hududlarda joylashgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning roʻyxatini har bir suvdan foydalanuvchi kesimida batafsil koʻrib chiqilib roʻyxat asosida shakillantirilgan.
Jondor tumanida suv bilan barqaror taʼminlangan va taʼminlanmagan hududda joylashgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari roʻyxatlari ishlab chiqilib, Xalq deputatlari tuman Kengashiga tasdiqlash uchun kiritilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-47-sonli qarorining Jondor tumanida ijrosi toʻgʻrisida tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori D. Marupovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Jondor tumanida suv bilan barqaror taʼminlangan hududda joylashgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari roʻyxati 1-ilovaga, Jondor tumanida suv bilan barqaror taʼminlanmagan hududda joylashgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3.Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari-tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (Sh. Jumayev)ga:
suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va undan foydalanish boʻyicha Xitoyning Shinjon tajribasi asosida mutaxassis kadrlar malakasini tizimli oshirishni yoʻlga qoʻyish vazifalari yuklatilsin.
4. Tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori (D. Marupov)ga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-47-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
Jondor tumanida 2026 — 2028-yillarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan maydonlar hajmini 2250 gektarga yetkazish, shundan 100 gektar maydonda yomgʻirlatib sugʻorish, 300 gektar maydonda egiluvchan quvur sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish hamda 320 gektar maydonni lazerli tekislash;
2026-yil 1-oktyabrdan suv tejovchi texnologiyalarni oʻrnatish ishlari majburiy tartibda tasdiqlangan minimal talab va meʼyorlar asosida amalga oshirilishini taʼminlash;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Хalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
5. Tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi (L. Isayev), тuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori (D. Marupov)lar:
2027-yildan boshlab sholi yetishtiriladigan maydonlarning suvning kirish qismiga hamda baliqchilik xoʻjaligi tashkil qilingan yer maydonlarining suvning kirish va chiqish qismiga tadbirkorlik subyektlari oʻz mablagʻlari hisobidan «aqlli» suv oʻlchash va hisoblash vositalarini oʻrnatishi majburiy etib belgilanishi;
“Aqlli” suv oʻlchash va hisoblash vositalari oʻrnatilmaganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobarga oshirilgan miqdorda hisoblanishi;
2027-yildan boshlab, har yili suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi va subsidiyalar sugʻoriladigan yer maydonlarining suv bilan taʼminlanganlik holatidan kelib chiqib belgilanishi;
suv bilan barqaror taʼminlanmagan hududda joylashgan sugʻoriladigan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinganda, ajratiladigan subsidiyalarga 1,25 oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllagan holda hisoblanishi;
suv bilan barqaror taʼminlangan hududda joylashgan sugʻoriladigan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinmaganda, suv resurslaridan foydalanganlik uchun suv soliq stavkasi 2 barobar oshirilgan miqdorda qoʻllanilishi inobatga olinsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi (E. Tursunov) zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi L. BEHBUDOVA
Buxoro viloyati, Jondor tumani,
2026-yil 1-may,
VII-26-41-2-35-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.