Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining
qarori
Boysun tumanidagi “Yoshlar bogʻi” nomli istirohat bogʻi nomini “Shukur Xolmirzayev” nomiga oʻzgartirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining 2025-yil 17-noyabrdagi 11-01/121-sonli, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 30-dekabrdagi 07-18/13111-sonli hamda Respublika Kadastr agentligining 2026-yil 13-yanvardagi 02-19-525-sonli “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi davlat ekspertizasi xulosasi toʻgʻrisida”gi yigʻilish bayonlari Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 13-martdagi DKQ 03-03/20-26-sonli yigʻilishida muhokama etilib, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi hamda deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining 2025-yil 17-noyabrdagi 11-01/121-sonli, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 30-dekabrdagi 07-18/13111-sonli hamda Respublika Kadastr agentligining 2026-yil 13-yanvardagi 02-19-525-sonli “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi davlat ekspertizasi xulosasi toʻgʻrisida”gi yigʻilish bayonlari maʼqullansin.
2. Tumanda nomi oʻzgarayotgan istirohat bogʻi roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Kadastrlar palatasi tuman filiali (M. Joʻrayev), tuman statistika boʻlimi (A. Saidov) tuman hokimligi bilan birgalikda nomi oʻzgarayotgan istirohat, shuningdek, yangidan nomlangan istirohat bogʻini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi (F. Fayzulloyev), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (Z. Raxmonov) hududda yangi nomlangan istirohat bogʻining yangi nomi yozilgan koʻrsatkich va belgilar, peshlavhalarni zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich oʻrnatilishini taʼminlasin.
6. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari-davlat tili boʻyicha maslahatchisi (Y. Xoliyorov) mazkur qarorning “Boysun” gazetasida rasman eʼlon qilinishi hamda hokimlik veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
7. Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining 2022-yil 30-iyundagi VI-50-64-8-110-K/22-son “Tumandagi istirohat bogʻining nomini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (S. Bahovaddinov) hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (X. Allanov) zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi B. XAITOV
Surxondaryo viloyati, Boysun tumani,
2026-yil 25-mart,
VII-20-19-8-110-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.