XALQ DEPUTATLARI Gʻozgʻon SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Xalq deputatlari Gʻozgʻon shahar Kengashining 2026-yil 10-martdagi “2026-yilda Gʻozgʻon shahri boʻyicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida”gi VII-19-19-5-210-K/26-sonli qarorini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazining 2026-yil 10-martdagi 22-06/1160-sonli xati hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-, 24-moddasiga muvofiq Xalq deputatlari Gʻozgʻon shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazining 2026-yil 10-martdagi 22-06/1160-sonli xati maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Gʻozgʻon shahar Kengashining 2026-yil 10-martdagi VII-19-19-5-210-K/26-sonli qaroriga quyidagi mazmundagi band kiritilsin:
“Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy muddatdan soʻng kuchga kiradi”.
3. Xalq deputatlari Gʻozgʻon shahar Kengashining 2026-yil 10-martdagi VII-19-19-5-210-K/26-sonli qarorining qolgan bandlari oʻzgartirishsiz qoldirilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Gʻozgʻon shahar Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlar, agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi M.Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ROʻZIYEV ZUXRIDDIN MUHIDDINOVICH
Navoiy viloyati, Gʻozgʻon shahri,
2026-yil 24-aprel,
VII-20-35-5-210-K/26-son